16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:45
Siyosat 👁 4,109

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturining 2017-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturining 2017-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi QARORI

"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturining 2017-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida

"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturining 2017 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevning axborotini tinglab va muhokama qilib, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi

Q A R O R    Q I L A D I :

1. "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturining 2017-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturi asosida 2017-yil birinchi yarim yilligida muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etilsin.

3. Tuman hokimligi (S.Yoʻldashev)ga:

- tuman hokimligi va hokimlik boʻlimlarida fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida sayyor qabullar va aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazish, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar rahbarlarining aholi oldida hisobot berishi tizimini amaliyotga joriy etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash;

- tuman iqtisodiyotining barqaror surʼatlar bilan oʻsishini taʼminlash, qishloq xoʻjaligida yerdan unumli foydalanish, davlat kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish;

hududlarni, ayniqsa ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan ovul va mahallalarni, chekka aholi punktlarini kompleks, jadal rivojlantirish, tijorat banklarining faol ishtirokida yangi ish oʻrinlari yaratilishini taʼminlash, byudjetga tushumlar, shu jumladan, naqd pul mablagʻlari tushumini oshirish va shu asosda pensiyalar, nafaqalar va boshqa birinchi darajali toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish;

- muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, aholi hayoti sharoitlari va sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon va qulay uylar qurish ishlarini oʻz vaqtida yakunlash va foydalanishga topshirish;

- taʼlim, ijtimoiy taʼminot va sogʻliqni saqlash sohasini, shu jumladan onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada rivojlantirish, oilalar mustahkamligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning iqtidorlari va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ularning hayotda munosib oʻringa ega boʻlishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- jamiyatda hukm surayotgan oʻzaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash, mahalla, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari, faxriylar tashkilotlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish vazifalari topshirilsin.

4. Muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida masʼuliyatni yanada oshirish, aholi bilan muntazam ravishda ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tamoyiliga amal qilgan holda xalqning davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga hissa qoʻshish vazifalari topshirilsin.

5. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlariga tegishli tuman Kengashi deputatlari va hududdagi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish vazifasi topshirilsin.

6. Tuman Kengashi deputatlariga qabul qilingan qonunlar, farmonlar va boshqa qonun hujjatlari bajarilishi, davlat organlariga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi boʻyicha ular ishining samaradorligi, ular tomonidan fuqarolarning murojaatlariga munosabat bildirilishi yuzasidan deputatlik nazoratini oʻrnatish vazifasi topshirilsin.

7. Ushbu qaror "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinsin.

8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Gʻ.Yeshniyozov zimmasiga yuklatilsin.

9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Xalq deputatlari Amudaryo

tuman Kengashi raisi:                                     S.Yoʻldashev

 2017-yil 29-iyul,

№ 128/35-05

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019