16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Adabiyot 👁 4,639

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

KITOBGA YuZ BOSIB

Bu dunyoda javohir koʻp, teray desang,

Umrni bandi aylar xoʻb havas bersang.

Biroq bir gapga mehring toʻk, aziz farzand,

Kitobdan katta boylik yoʻq, qadim aytgan!

 

Kitob – gavhar, soʻzi boʻlgay saboq har chogʻ,

Shami oʻchmas ziyo bedogʻ, zehn-la boq.

Anga befarq yashar boʻlsang demaslar sogʻ,

Ani doʻst tanlasang kunlar oʻtur oppoq!

 

Bilim koni – quyosh uldir, quruq qoʻymas,

Elim ilmiga bosh shuldir, senam boʻylash.

Berib ishqing qushin qoʻndir, sevib soʻylash,

Betiga yuz bosib tiz choʻk, chuqur oʻylash!

Jumaboy HIDOYaTOV.

 

Aqlim hayron

Soch oʻstirmay qoʻydi qarang, qalamqoshlar,

Aqlim hayron: bu qandayin zamon boʻldi?

Bir gap aytay, ming afsuski, zamondoshlar,

Yer supurgan sochlar bizga armon boʻldi.

 

Ertaklarda qolmish endi uzun sochlar,

Momolardan qolgan meros oyoqosti.

Soch yelkadan oʻtdi tamom, kesib tashlar,

Gul qizlarning yelkalarin shayton bosdi.

 

Tarixlardan soʻz ochsamki, tilim kuyar,

Qoʻzgʻagum yoʻq Momohavo gʻazabini.

Koʻrmoqlikka or etib, oʻz koʻzin oʻyar,

Qargʻamasin deyman nasl-nasabini.

 

Qora zulfi  har bir qizga koʻrk emasmi,

Yo shunchalik bezdimikan kokillardan.

Koʻrgan kishi momolaring kim demasmi,

Kechdimikan or atalmish sohillardan?

 

Men bir shoir koʻnglimdagi borim aytdim,

Sochim bilan ne ishing bor, demang qizlar.

Bu safar-ku shu joyida tugar baytim,

Yana yozgum, yana sochni kessangizlar.

Komronbek Kamol,

M.Yusuf nomidagi jamoat fondi tomonidan oʻtkazilgan «Yosh ijodkorlar» festivalining Oʻzbekiston

Respublikasi boʻyicha gʻolibi.

 

Oʻzbekiston

Men seni sevaman, ey Oʻzbekiston,

Har bir goʻshang boʻlsin bogʻ-u guliston.

Bayrogʻing koʻtargan fidoyilaring,

Madhingni aylaydi dunyoga doston!

 

Harbiylar tayyordir boʻlmoq-chun fido

Bobolar tilida shukrona, duo.

Ajdodlarim qoldirgan tarixdan sado,

Ulugʻvor maskanim – Oʻzbekistonim!

 

Bulbullar sayraydi bogʻlaring aro,

Gullaring yashnaydi chamanzor aro.

Farzanding omondir tinchliging ila,

Olam ichra yagona Oʻzbekistonim.

 

Jannatim, jahonim, mening Vatanim,

Alloh nazar solgan Oʻzbekistonim.

Soʻnggi nafasgacha boʻlmasman ayro,

Senga jonim fido, senga jon fido.

Manzura Eshimova.

 

Asl farzand el deb turajak

Oʻgʻlonlari qalqon bu yurtning

Kelajagi porloq boʻlajak.

Atlas doʻppi kiygan qizlarga

Butun dunyo havas qilajak.

 

Ajdodlari ulugʻ elimda

Avlodlari davom boʻlajak.

Erkinlikdan kamar belinda,

Xalqim dunyo tursa, turajak.

 

Qarilari ochgan qoʻllardan,

Duolardan nur yogʻilajak.

Obod turmush, porloq yoʻllari -

Chorlab turar yorqin kelajak.

 

Senda jilov, senda bor imkon,

Asl farzand el, deb turajak.

Vatan ozod, musaffo osmon -

Qaldirgʻochlar javlon urajak!

Oxunjon ABDULLAEV,

QDU oʻzbek filologiyasi fa-kulteti 3-bosqich talabasi.

 

Diydor zavqi

Mana, yana uchrashib,

Diydorimizga toʻydik.

Koʻrgach, bir-birimizni,

Dardni unutib qoʻydik.

 

Yana hazil-huzullar,

Boshlanadi, kulamiz.

Ammo bu daqiqalar,

Qaytmasligin bilamiz.

 

Istaymiz, yana-yana,

Diydor koʻrishmoqlikni.

Maktab davridagi,

Yolgʻon urushmoqlikni.

 

Garchi bebosh, shaddodmiz,

Unutmaymiz sinfdosh!

Unutib boʻlarkanmi,

Axir qalam-qoshlarni!

Maftuna RAHIMOVA, 16-sonli maktab oʻquvchisi.

 

DASTURXON

Uyga kelganda mehmon,

Oyim yozar dasturxon.

Dasturxonning ustida,

Doim turar shirmoy non.

 

Dasturxonda neʼmatlar,

Chiroy berar, koʻrk berar.

Bularni yaratguncha,

Qancha inson ter toʻkar.

 

Dasturxon toʻkin-sochin,

El-yurt yashar farovon.

Serfayz dasturxonlarim,

Koʻrib hayratda jahon.

Shahlo QUROLOVA, 62-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Abror polvon boʻladi

Qoʻshnimiz chaqalogʻi –

Barchaning erkatoyi.

Soʻzlasang tushunganday,

Kulaverar quyoshday.

 

Ismidir uning Abror,

Maʼnosidir pokdomon.

Ota-onang baxtiga,

Boʻlgin doimo omon!

 

Erkalatar bobosi,

Davomchi avlodim, deb.

Quvonadi buvisi,

Qoʻlidan qoʻymaydi hech.

 

Begʻuborsan shoʻx-shodon,

Sen bilan dillar obod.

Nurafshondir xonadon,

Oilani quchgan baxt.

 

Kelajakda sen botir,

Pahlavon oʻgʻlon boʻlgin.

Har ishda yurtga suyanch,

Va mard-u maydon boʻlgin!

Yulduz MADADOVA, 44-sonli maktab oʻquvchisi.

 

BAXT

Men baxtni qaydan izlayin,

Osmondanmi yoki yerdanmi?

Tutqich bermas qayon kezmayin,

Niyatimni baxt sezganmi?

 

Baxtni koʻrgan bormi, insonlar,

Tasvirlangiz, uning suratin?

Men bir bora toʻqnashgan onlar,

Bilib olar edim siyratin.

 

Men soʻradim bir kuni oydan,

Baxt nimadir oʻzi dunyoda?

Baxt shudir, sening uchun kim,

Borligingga aytsa shukrona.

Sevara Sidabullayeva.

Sogʻinch

Onajonim mehribonim,

Siz mening yagonamsiz.

Sizni juda sevaman,

Mehrda durdonamsiz.

 

Sizni mudom sogʻinib,

Har kun oyga qarayman.

Oy yuzida koʻray deb,

Nomingiz takrorlayman.

Xolida TOJIMURODOVA, 40-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019