17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:36
Jamiyat 👁 3,741

TARGʻIBOT TADBIRLARIMIZ OʻZ SAMARASINI BERMOQDA

TARGʻIBOT TADBIRLARIMIZ OʻZ SAMARASINI BERMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasida nazarda tutilgan "Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish” jinoyati iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiritilgan boʻlib, bunday jinoyatlar sud amaliyotida juda koʻp uchraydi.

"Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish” jinoyatining obʼekti aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida boʻlgan oʻzganing mulki hisoblanadi.

Oʻzlashtirish deganda aybdor shaxsning oʻziga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida boʻlgan mulkni gʻayriqonuniy ravishda ushlab turib, keyin uni oʻz foydasiga olishini tushunish lozim.

Rastrata deganda qonunga xilof ravishda oʻzganing mulkini sotish, sarflash, isteʼmol qilish, hadya qilish va shu kabi yoʻllar bilan begonalashtirish tushuniladi.

Talon-taroj rastrata shaklida oʻzlashtirishdan shu bilan farq qiladiki, oʻzlashtirishda talon-taroj qilingan mulk qonuniy egasiga qaytarilishi mumkin, rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilingan mulk aybdorda boʻlmaydi, u allaqachon sotilgan, hadya qilingan, isteʼmol qilingan boʻlib, bunda mulk egasiga talon-taroj qilingan narsalarning faqatgina qiymati qaytariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi koʻrsatilgan. Qonunning ushbu ragʻbatlantiruvchi normasi jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilib kelinmoqda.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan 2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining yuqorida aytilgan 167-moddasi bilan ayblanib, sudga berilgan 11 nafar shaxsga oid 8 ta ish mazmunan koʻrilgan boʻlsa, 2016-yilda 33 nafar shaxsga oid 13 ta ish, joriy 2017-yilning birinchi yarim yilligida esa 6 nafar shaxsga oid 3 ta ish mazmunan koʻrilgan boʻlib, ushbu jinoyat 2016-yilda 2015-yilga nisbatan oʻsgan boʻlsa, 2017-yilning birinchi yarim yilligida pasayish jarayoni kuzatilmoqda.

Ushbu jinoyat turining kamayishida jinoyat sodir etilgan hudud yaʼni ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlarida va mehnat jamoalarida sayyor sud majlislari oʻtkazilayotganligi, shuningdek, keng jamoatchilik oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilayotgani muhim omil boʻlmoqda.

T.TURAKULOV,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi sudyasi.

(Foto - http://xushnudbek.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026