17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:58
Jamiyat 👁 6,524

Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!

Buyuk kelajakni yaratishda xalq asosiy kuch hisoblanadi. Tarixdan maʼlumki, mamlakatni yuksaltirishda aksariyat davlatlar xalq bilan birgalikda koʻp ishlar amalga oshirgan. Bu asrlar davomida oʻz isbotini topgan haqiqatdir.

Mustaqillikka erishilgandan keyin, Oʻzbekistonda ham koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Va, albatta, bu islohotlar xalq bilan hamjihatlikda amalga oshirildi.

Joriy Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ham bu hamjihatlikni uzviy davom ettirish maqsadida koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaro bunga jalb etilmoqda. Yaqinda 10-sentyabr kuni tumanimizga ham Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, Mudofaa vazirliklari, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, "Oʻzbekkino” milliy agentligi, hokimliklar hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan  tadbir munosabati bilan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda taniqli boʻlgan shoir, aktyor, xonandalardan iborat targʻibot guruhi tashrif buyurib aholi va asosan yoshlar bilan uchrashib "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” mazmunidagi tadbirini oʻtkazdilar. Tadbir jarayonida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yaqinda nashr etilgan "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” kitobi mazmun-mohiyati, undagi gʻoyalar va uni amalga oshirishda xalq bilan hamjihatlikning ahamiyati, islohotlar jadalligining ortishiga har bir inson hissa qoʻshishi lozimligi haqida keng tushunchalar berildi.

Tadbir – asosan yoshlar faoliyat koʻrsatadigan joylarda, yaʼni 40-sonli maktabda, NDPi qoshidagi 3-sonli akademik litseyida,  Qipchoq ovuli hududidagi 21-sonli musiqa va sanʼat maktabi, Amudaryo agrobiznes qishloq xoʻjalik kolleji, 9-sonli musiqa maktabi, Amudaryo Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejlarida yoshlar oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazish bilan boshlandi.

- Uchrashuv bizga juda katta ruh berdi, - deydi 21-sonli musiqa va sanʼat maktabi direktori Nuraddin Yoqubov tadbirdan soʻng. – Ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarimiz targʻibot guruhi bilan tashrif buyurgan Oʻzbekiston Drama teatri aktyori Shohruh Kamolov va Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Bozorboy Nazarimbetov, estarada qoʻshiqchisi Doniyorbeklarning yurt kelajagini yaratishga  munosib hissa qoʻshish har birimizning burchimiz ekanligi haqidagi soʻzlarini hayajon bilan tingladilar. Umid qilamizki, ishtirok etgan har bir yosh yuragidagi Vatanga boʻlgan mehr-muhabbati yanada mustahkamlandi va bunyodkorlik ishlariga hissa qoʻshishga ishtiyoqi yanada ortdi.

 Uchrashuvlarda xalq nazaridagi insonlar – Oʻzbekiston kino sanʼatida oʻz oʻrniga ega aktyor va kino rejissyor Hilol Nasimov, Oʻzbekiston Davlat drama teatri aktyori Shohruh Kamolov, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Bozorboy Nazarimbetov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoir va tarjimon Asror Moʻminov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq shoiri, "Amudaryo” jurnali bosh muharriri Asror Moʻminov va boshqalar hamda koʻpgina taniqli xonandalar ishtirok etdilar.

- Amudaryolik yoshlardagi shijoat, dadillik, qiziquvchanlik bizni juda toʻlqinlantirdi. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini tizimli amalga oshirish borasida va yurt istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qator islohotlarni yuritishda oʻzlarining oʻrni haqida toʻliq tushunchaga egaligiga biz suhbat davomida ishonch hosil qildik va bundan mamnun boʻldik. Chunki, ertaga jamiyatimizni mana shu yoshlar istiqbolga yetaklaydi, - deydi Oʻzbekiston Drama teatri aktyori Shohruh Kamolov.

Muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvlarda tuman yoshlari faol ishtirok etib, el nazaridagi bu insonlardan oʻzlari qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan yoshlar yurt kelajagini yaratishda, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda har bir inson, ayniqsa yoshlar harakati, shijoati muhim oʻrin tutishini ruhan his qildilar.

Tadbir tumandagi Vaxum aholi punktidagi oʻyingohda taniqli xonandalar ishtirokidagi gala kontsert namoyishi bilan davom ettirildi. Ularning yurtga sadoqat, Vatanga cheksiz muhabbatni tarannum etuvchi qoʻshiqlari tuman ahlining ruhiyatiga koʻtarinkilik bagʻishlab katta taassurot qoldirdi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.


Mavzuga oid fotolavhalar bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026