16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Adabiyot 👁 3,082

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

QALB XITOBI

Haq gapni deyay senga,

Vatandoshim, boʻl, ogoh.

Kulib-turib urmasin,

Yagʻriningga pichoq.

 

Ishonma vaʼdalarga,

Qarmoqqa ilinmagil.

Xayoliy jannatlarga,

Badargʻa qilinmagil.

 

Hurliqo yon-veringda,

Umid-la shahid boʻlma.

Gullaring ochilmasdan,

Nihollik chogʻing soʻlma.

 

Olmasin ota-onang,

Qilmishing jazosini.

Koʻrsatmasin jigarning,

Bemavrid azasini.

 

Ogohlik – donolig-u,

El-yurtga sadoqatdir.

Hushyorlikni yoʻqotmoq,

Dahshatdir, qabohatdir.

 

Ushbu gaplarim magʻzin,

Uqqanlarga shon-sharaf.

Sergaklik otin minib,

Yashaylik har yon qarab.

 

Vatan gullab-yashnagay,

Barcha yashaymiz omon.

Yomonlarga ergashsak,

Tahlikalidir har on.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

 

Vatanimga dil Izhori

Xalqimning matlabi – tinchlik. Bagʻri keng,

Xorazmiy, Beruniy, Sinoga kim teng?!

Navoiy der «Ogoh sen Sen – shoh sen Sen»,

Buxoriydan sobit islomiy irfon,

Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!

 

Qizlaring ilmda yaktoi jahon,

Ibo-hayoda ham xurshidi tobon.

Polvon oʻgʻlonlaring dovrugʻi doston,

Bari bu – Istiqlol yaratgan imkon.

Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!

 

Xalq bilan muloqot – Oliy tadbir bu,

Ong-u shuurlarga uygʻoq taʼsir bu.

Kelgusi avlodga iqbol, taqdir bu,

Buyuk evrilishni tan olur jahon,

Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!

 

Sultoning «Dunyoni kuzat» – deb turar,

«Nuqsonni yashirma, tuzat» – deb turar.

«Tadbir, ijodga yoʻl, ruxsat» – deb turar.

Olam aro tenging yoʻq, jannatmakon,

Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!

Tursunboy ABDULLAYeV.

 

Vatanni sevmoq kerak

Yurtdoshim, shu elda tutibsan makon,

Boʻlsa vijdon toza, pok qalbda imon.

Toki yurak urar, borki tanda jon,

Avvalo Vatanni sevmogʻing kerak.

 

Hurlik boʻlsa elda ozodsan sen ham,

Oilang tinch-omon, roʻzgʻoring bekam.

Doʻstlaring qatorda, har ishda hamdam,

Shukur ila Vatanni sevmogʻing kerak.

 

Bunda har oila Vatandan zarra,

Ogʻzibir boʻlsalar oson har marra.

Shunga shukur qilib hatto ming karra,

Shu aziz Vatanni sevmogʻing kerak.

 

Oʻzingni mardlikda bilsang yagona,

Sergak tur – tinch boʻlsin shu Vatan-ona.

Axir Kaʼba kabi Vatan bir dona,

Demakki, Vatanni sevmogʻing kerak.

 

Yelkaga rizq ortib, tinmayin bir zum,

Mavj urar Amudek daryoi azim.

Demak, moʻldir toʻyu tantana, bazm,

Shuning-chun Vatanni sevmogʻing kerak.

 

Vatanga egalik ajib saodat,

Undan faxr tuygʻusin qilgin sen odat.

Har bayramda emas, har kun, har soat,

Albatta, Vatanni sevmogʻing kerak.

Ahmad NAFASOV.

 

AYIRMASIN

Yolgʻizlik bir Allohga xos,

Qadamingni oʻylab bos.

Bir-biringga qoʻying ixlos

Yakdillikdan ayirmasin.

 

Turmush asli baland-pastdur,

Oila eng muqaddasdir.

Sevgingizdan ayirmasin,

Qanotingiz qayrilmasin!

 

Dunyoda koʻp dogʻi hasrat,

Dillarda alam qatma-qat.

Ezgu erur tinchlik faqat,

Tinchlikdan hech ayirmasin.

Farhod Avaz.

 

Yarashur

Oʻzbekiston jahon uzra dovrugʻin soldi,

Oʻz erkini, oʻzligini qoʻliga oldi.

Oʻtgan kunlar tarix boʻlib, orqada qoldi,

Vatanimga kelgan yaxshi zamon yarashur.

 

Ona yurtim ataladi – boyliklar koni,

Oq paxtasi – iftixori, shuhrati, shoni.

Dehqonlari koʻkragida yoʻqdir armoni,

Oʻzbegimga baland-baland xirmon yarashur.

 

Koʻp millatli xalqlarining yuragi toza,

Mehmon kelsa kutib olar, dasturxon yoza.

Non shahri deb, Toshkent boʻldi Sharqda ovoza,

Diyorimga kelsa aziz mehmon yarashur.

 

Bugun oʻzbekning osmoni tiniq, begʻubor,

Oy-yulduzi mangu tursin, koʻrmayin ozor.

«Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor»,

Ona yurtga oy-yulduzli osmon yarashur.

 

Qoʻshiq bitsa, Shomuroding Oʻzbekistonga,

Mustaqil deb tan olingan nurli boʻstonga.

Bir kun kelib aylanajak, gul-gulistonga,

Boʻstonimga qoʻshiq emas, doston yarashur.

Shomurod XOʻJANOV.

 

HURRIYaT

Hurriyat, ongimning oftobi, nuri,

Musaffo tonglarga oshno shuuri,

Qadamni tashlarman qaddimda turib.

Bogʻaro atirlar turar ufurib.

 

Borarman baxtlaring baxsh maydonida,

Nurlar bu – jomimning jonajoni-da!

Koʻrmagan yoʻllarim chorlay boshladi,

Qushlari qoʻshila sayray boshladi.

 

Qaramlik qaygʻusi qaytganda, shu dam,

Ayrilib qolgandi dillar tuygʻudan,

Yurgandik chiqolmay mudroq uyqudan,

Begona hattoki maqsad - orzudan.

 

Bugun-chi, dunyoni kezarmiz qushday,

Buzgʻunchi kaslardan hadikka tushmay,

Mehrimiz nurafshon maskandan koʻchmay,

Yasharmiz doʻstlikda sadoqat oʻchmay.

 

Muborak, mardona yigirma olting,

Raqamni shunchaki atamam, oltin!

Gʻalamis, hasadgoʻy kaslar  yoʻqolsin,

Vatanning ertasi yoshlarda qolsin.

 

Ajdodlar merosi avlodga halol –

Bayroqni manguga tutsin bemalol!

Jumaboy HIDOYaTOV.

 

Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!

(Muvashshah)

Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston,

Ilohim, shu ezgu shior qoʻllasin.

Dono rahnamomiz topsin sharaf-shon,

Obod turmushimiz mangu gullasin.

Yiroq boʻlsin sendan gʻurbat, zalolat,

Intilish, orzular, tole boʻlsin yor.

Necha Qonun istiqboldan dalolat,

Gullayver Vatanim, tinchlik senga yor!

 

Buyuk kelajakka poydevor boʻlsin.

Oʻzbekiston – kelajagi buyuk yurt

Lafzi halol elsan, basharga suyuk,

Gar moziyga boqsam, chiqmagan manqurt.

Aslo kam boʻlmagan xalqing bor buyuk.

Yigitlaring misli Alpomish, Farhod.

Mard-u maydon xalqim, oʻzingga beksan,

Istiqloling bois qadrini topgan,

Zamin-u zamonda qomati tiksan.

 

Serquyosh zaminsan, ziyoga konsan,

Yetti iqlim aro shonli dostonsan,

Necha allomang bor jahonga ustoz,

Ilm ahliga oftob boʻlgan makonsan,

 

Oʻzbekiston – kelajagi buyuk diyor,

Zalvorli tarixing bunga poydevor.

Bugun jadal taraqqiyot yoʻling bor –

Yetuklikka yetaklovchi shul dastur!

Kuchga-kuch qoʻshadur, madorga-mador,

Ilohim, abadiy boʻlsin hur yoʻling,

Saʼy-harakating boʻlsin badastur,

Tilak tilab Hayratiy ochar qoʻlin:

Ollohim, asrasin sening jon-taning,

Niyati xalq baxti boʻlgan Vatanim.

Tojiboy Doʻsanov.

 

VATAN

Vatan, bagʻring quyoshday,

Issiq mehr beradi.

Qalbi dardga toʻlganlar,

Sen-la shodon kuladi,

Fidoying boʻlay oʻzim,

Iqboling boʻlay oʻzim.

 

Erta tongdan turgandim,

Nonning isi kelyapti.

Anov bogʻda bolari,

Gul changini teryapti,

Bogʻboning boʻlay oʻzim,

Tuprogʻing boʻlay oʻzim.

Dildora RAJABOVA.

 

Amudaryom

Qalbi daryodayin toʻlib-toshgan el,

Mehrga, tashnaga bagʻrin ochgan el.

Musaffo samoda quyoshi mudom,

Yerga saxovatli nurin sochgan el,

Dengizsan, ummonsan orzuli dunyom –

Mehr maskanimsan ey, Amudaryom!

Goʻzalsan hattoki Parijlardan ham,

Musaffo osmoning tinch boʻlgay har dam.

Senga qulluq aylar har oʻgʻil-qizing,

Mangu porlab tursin hayot yulduzing!

Dengizsan, ummonsan orzuli dunyom –

Mehr maskanimsan ey, Amudaryom!

Shahlo QUROLOVA,

62-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019