17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:02
Jamiyat 👁 1,724

«MUShUGIM YOʻQOLIB QOLDI, TOPIShGA YoRDAM BERING!» yoxud Prezident qabulxonalari ermakmi?

«MUShUGIM YOʻQOLIB QOLDI, TOPIShGA YoRDAM BERING!» yoxud Prezident qabulxonalari ermakmi?

HAYoT BARHAYoTLIK UChUN KURAShDIR

Ha, inson dunyoga kelib, es-hushini tanigandan soʻng el-yurt uchun manfaat yetkazishga, oʻz intilishlari bilan hayotda oʻz oʻrnini topishga harakat qiladi. Odamzotning qilgan ezgu amallari, nainki, tirikligida, hattoki, vafotidan soʻng ham eʼtirof etilaveradi, qadrlanaveradi. Demakki, har birimiz bu dunyoda oʻz-oʻzimizdan avlodlarimizga xotira qoldirib ketamiz. Uning qanchalik  yorqin va eʼzozli boʻlishi umrimiz davomida qilgan saʼy-harakatlarimizga bogʻliq.

Xalqimga bir nafim tegmagan kunni

Umrim hisobiga qoʻsha olmayman, – deya yozgan edi  Masʼud Saʼd Salmon.

Ha, bizning zamondoshlarimiz orasida ham oʻz mehnat faoliyati bilan barhayotlikka tamal boʻlgulik ezgu ishlarni amalga oshirayotgan, umummanfaati uchun fidoyilik qilayotganlar juda koʻpchilikni tashkil etadi. Uzoqqa bormay, tumanimizning ikki-uch yil oldingi holati bilan bugungi qiyofasini bir solishtirib koʻrsangiz, yer bilan osmoncha farqni – oʻzgarish, yangilanish, bunyodkorliklarni koʻrasiz. Agar turmush tarzimizni solishtirib baholaydigan boʻlsak, dorilomon zamonda yashayotganimizga sidqidildan iqror boʻlasiz.

Shunday saodatli kunlarni bizga muyassar qilgani uchun Yaratganga hamdu sanolar aytib, shukr qilmoq, bardavom qilmogʻini soʻrab iltijolar qilmoq har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. Chunki inson haqiqiy baxtni shukronalik bilan yashashda, el-yurtga astoydil xizmat qilishda topadi.

"PORTALGA YoZAMAN!.. PORTAL NIMA OʻZI?”

Hech qayerda ishlamaydigan, bolalari nafaqasiga va ayolining ertadan kechgacha bozorda birovning kartoshkasini, birovning piyozini koʻtara olib, maydalab sotganidan qoladigan pulga oilasi tirikchiligi oʻtib turgan M. ismli shaxs xonadonining eshigini "Amudaryotumangaz” filiali nazoratchilari qoqishdi. Erinibgina televizor oldidan zoʻrgʻa uzilib, ularning chaqirigʻiga koʻra bir-bir odimlab, ohista kelayotgan barvasta erkak ularga yeb qoʻyguday oʻqrayib, zarda bilan:

– Ha, nima gap? – deb soʻradi.

– Xonadoningizdagi tabiiy gaz hisoblagichini koʻrmoqchi edik. Iltimos, daftarchangizni, hisoblagichni koʻrish uchun biror stulmi, bersangiz, – deyishdi nazoratchilar.

– Nimasini koʻrasizlar? – yana jerkidi xonadon sohibi.

– Bizdagi maʼlumotga koʻra ancha qarzdorsiz. Hisob-kitob qilib koʻraylik. Qarzingizni uzing, iltimos, mana terminal, plastik kartadan oʻtkazsangiz ham boʻladi toʻlovingizni.

U sal boʻsh kelsam, nazoratchilar qarzingni toʻla, deb qistalang qilishadi deb oʻyladi-da, asabiy qiyofaga kirdi.

– Hech qayerda ishlamasam, ish topilmasa, plastik karta nima qilsin menda? Bir soʻm ham pulim yoʻq, hech qanday qarz ham toʻlay olmayman. Qani, koʻzimdan qorangizni oʻchiring!

– Unday boʻlsa, xonadoningizni tarmoqdan ajratib qoʻyishga majbur boʻlamiz.

Nazoratchilar gapini tugatar-tugatmas xonadon sohibi ularning ustiga bostirib kela boshladi:

– Qani, qoʻlingda boʻlsa, oʻchir gazingni, qani, oʻchirib koʻr! Bir yoshga toʻlmagan goʻdak bor uyning gazini tarmoqdan ajratib qoʻyishga kim huquq berdi sizlarga? Qarab turinglar, portalga yozib, rasvongizni chiqarmasam...

Prezident aholining dardini tinglang, yordam bering, deb turganida sizlar uchta yosh bolasi bor uyni tabiiy gaz tarmogʻidan ajratib qoʻyaman, deb meni qoʻrqitmoqchi boʻlyapsizlarmi? Koʻrsatib qoʻyaman...

Nazoratchilar ketib boʻlishganidan keyin ham oʻzini bosolmay, bunday "nohaqlik”ni hazm qilolmay, anchagacha ularning izidan magʻzava agʻdargan erkak daʼfatan esiga kelgan savolning yechimini topolmay, ancha oʻylandi, keyin beshinchi sinfda oʻqiydigan oʻgʻlidan soʻradi:

– Odamlar "portal, portal”, deydi, portalga yozaman, desang, choʻchiydi, portal nima oʻzi?

Oʻgʻil yelka qisdi. Otasi portalning nima ekanligini bilmaganda... oʻgʻilga yoʻl boʻlsin!

Bundan sakkiz oycha muqaddam boʻlib oʻtgan voqeani u anchagacha maqtanib aytib yurdi-yu, biroq portal nima ekanligini boshqalardan soʻrab, oʻz obroʻsini toʻkkisi kelmay, tilini tiydi.

Mangʻit shahri mahallalaridan birida devor-darmiyon qoʻshni yashab kelayotgan tengdosh ikkala ayol va erkak yillar davomidagi oʻzaro nizo-janjallarini oqilona hal etish, hayot achchiq-chuchugini, zavqini birga totish, bir-biriga suyanchiq boʻlib yashash oʻrniga bir-biriga «portalga yozaman», deya poʻpisa qilishdi. Shunday ham qildi, oʻtkirroq biri. Goʻyoki, uning oilasini sigʻishtirmayotganini, bolalari koʻchaga chiqsa, qoʻshnisining bolalari urib, haqorat qilib xoʻrlashayotganini, qoʻshnisi mollarini ularning oʻtiradigan yozgi supasiga atay yaqin bogʻlab qoʻyganini, xullas, qattiq jabr koʻrayotganini, natijada jonidan toʻyib ketganini, oʻz joniga qasd qilishga farzandlarini koʻzi qiymayotganigacha...

Bu holatlarni kuzatgan kishining xayoliga beixtiyor hazrat mir Alisher Navoiy bobomizning:

Ogʻziga kelganni demak – nodonning ishi,

Oldiga qoʻyganni yemak – hayvonning ishi, – degan hikmatli soʻzlari keladi.

Bugungi kundalik hayotimizda koʻpchilik odamlarning oʻzaro munosabatdagi arzimagan kelishmovchiliklarda ham bir-biriga "portalga yozaman”, deya poʻpisa qilishlari xuddi koʻchada oʻynab yurgan bolalarning bir-biri bilan janjallashib qolishganida "dadamga aytaman, onamga aytib beraman”, deya poʻpisa qilishlariga oʻxshaydi, niyatlari biri-biridan ustun boʻlish, xolos.

ORTIMIZDA TOGʻDAY SUYaNChIQ

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti, mustaqil Oʻzbekiston davlatining asoschisi I.Karimov vafotidan soʻng, Bosh Vazir Sh.Mirziyoyev Prezidentlik vazifasini vaqtincha ado etib turgan vaqtlarida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi hamkorlikni yaxshilash maqsadida Bosh Vazir Virtual qabulxonasini ishga tushirgan edi. Virtual qabulxonaga qisqa muddatda tadbirkorlik subʼektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid boʻlgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, sogʻliqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yoʻl-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan koʻplab murojaat kelib tushganligini inobatga olib, 2016-yilning 28-dekabrida Yurtboshimiz yana bir muhim hujjatga imzo chekdilar: "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmon qabul qilindi. Yuqorida qayd qilingan virtual qabulxona faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan bogʻliq ishni tashkil etishda, ularni koʻrib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator kamchiliklar borligini koʻrsatganligi bois, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining fuqarolar qabulxonasi negizida Prezident Xalq qabulxonasi, har bir viloyat, tuman, shaharda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ularning zimmasiga aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilishga qaratilgan koʻplab masʼuliyatli vazifalar yuklandi.

Bugungi kunda har bir viloyat va tumanlardagi bunday Xalq qabulxonalari "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilga amal qilgan holda faoliyat  yuritmoqda. Biroq bu davlatimiz rahbari xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish imkonini yaratgan Xalq qabulxonalari, Prezident Virtual qabulxonasi boʻlar-boʻlmas gaplarni tashiyveradigan, har kimning oʻzi hal etishi mumkin boʻlgan masalalar bilan ham eshigini qoqaveradigan maskan emas.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, davlat rahbari, davlat idoralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qiluvchi Prezident Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari Oʻzbekistondan boshqa hech bir mamlakatda yoʻq. Har bir murojaatning nazoratga olinishi esa yana ham ahamiyatlidir.

Odatda oldinlari biror korxona, idoraga ishimiz tushsa, eng avval tanish qidirardik, iltimosimizni tanishimiz orqali aytsak, ishimiz osonroq va tezroq bitardi, ungayam kafolat yoʻq edi. Uzoqqa bormay, bir misol aytay: Mangʻit shahrining "Olmazor” mahallasida istiqomat qiluvchi H.S. "Agrobank” tuman filialiga isteʼmol krediti uchun 2014-2015-yillar mobaynida ikki  marta ariza (bir olam hujjatlar bilan) bergan. «Tezda hal qilamiz», degan vaʼdaga ishongan fuqaro avval kunda, keyin haftada bankka qatnayverib, bezor boʻlganidan oxiri umidini uzib, xabarlashmay ham qoʻygan. Buningdek misollarni hayotimizda har qadamda uchratishimiz mumkin edi.

Shukrki, muhtaram Yurtboshimiz bizga imkon eshiklarini keng ochdilar, dardimizga quloq tutib, tashvishimizni hal etishga koʻmaklashadigan   Virtual qabulxona, Xalq qabulxonalari samarali faoliyat yuritmoqda.

2017-yilning 21-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga bir millioninchi murojaat roʻyxatga olindi.

Ularning ayrimlariga amaliy yordamlar koʻrsatilgan, ayrimlari quyi darajadagi  ijrochilar tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Xullas, hech biri eʼtibordan chetda qolmayapti. Fuqarolarimiz shu raqamning oʻzidanoq Virtual qabulxona xodimlarining ishi nihoyatda tigʻiz va masʼuliyatli  ekanligini anglashlari qiyin emas.

Demoqchimanki, portal "Mushugim yoʻqolib qoldi, topishga yordam bering”, "Mahalla oilamga moddiy yordam puli bermayapti” yoxud "Qoʻshnim meni hurmat qilmayapti” qabilida birovga tazyiq oʻtkazishga yo tahdid qilish uchun xizmat qiluvchi vosita emasligini anglashlari, hali aytganimday, hech bir mamlakatda yoʻq imkoniyatni bizga yaratib bergan muhtaram Yurtboshimiz gʻamxoʻrligining qadriga yetishlari, aql va farosat bilan oʻz turmushlarini oʻzlari oqilona toʻgʻri yoʻlga solishlari lozimdir.

Azizlar! Bugun butun dunyo ahli havas va hayrat bilan qarayotgan Oʻzbekiston deya atalmish jannatmakon goʻshamizda ota-bobolarimiz asrlar davomida ahil, doʻst-birodar boʻlib yashab kelishgan. Oyogʻimiz ostidagi shu muqaddas tuproq ne bir talotoʻplarning, erk va ozodlik uchun olib borilgan kurashlarning guvohidir.

Yaratganga beadad shukronalar boʻlsinki, bugun bu zaminda  hur va farovon yashamoq baxti bizga nasib etdi. Hayot qiyinchiliklariga uchraganlarga beminnat mehr qoʻlini choʻzib turuvchi, ezgulik yoʻlidagi har qanday intilishlarni qoʻllab-quvvatlaydigan Yurtboshimiz bor, keksa-yu yoshni oʻz muhofazasiga olib, fuqarolarning toʻlaqonli turmush kechirishini, mehnat qilishini, qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi davlatimiz bor.

Shular haqida oʻylaganimizda, yuqoridagi kabi bemaʼni iltimos va istaklar bilan Prezident Virtual qabulxonasiga  murojaat qilayotganlarga gʻamxoʻrlikka nonkoʻrlik qilmang, degimiz keladi. Aksincha, ajdodlarimiz hoki yotgan yurtimizni yanada ravnaq toptirishga hissamizni qoʻshish – har birimizning burchimiz ekanligini unutmaylik!

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://qalampir.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026