17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 6,396

YuTUQLARDA HISSAMIZ BOR

YuTUQLARDA HISSAMIZ BOR

Tumanimizda paxta yigʻim-terim qizgʻin davom etayotgan bir pallada muxbirimiz moʻl paxta hosili yetishtirish va uni yigʻib-terib olish ishlarida faollik koʻrsatgan jamoalar rahbarlari bilan suhbat qildi.

Quyida ushbu suhbat mazmunini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Muxbir: – Ayni kunda tumanimiz qishloq xoʻjaligi mehnatkashlari davlatga paxta topshirishning shartnomaviy rejalarini bajarishib, gʻalaba nashidalarini surish arafasida.

Bunday yutuqlarimizda Siz rahbarlik qilayotgan jamoaning qanday hissasi bor?

Ilhom Polvonov, "Toshyop” ovulidagi "Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligi raisi:

– Men rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligida bu yil 27 gektar maydonda paxta yetishtirildi. Biz paxta yetishtirishda barcha agrotexnika qoidalariga toʻla amal qildik va pudratchilarimiz bilan hamkorlikni yanada yaxshiladik.

Fermer xoʻjaligimizda paxta yetishtirishda mehnat qiladigan 20 nafar pudratchining barchasi ham paxtachilikni yaxshi biladigan kishilar hisoblanishadi. Shu sababli ham dalalarimizga ekilgan paxta yaxshi parvarishlanib, moʻl hosil toʻplandi.

Hosilni yigʻib-terib olishda pudratchilarimizdan Oʻrozgul Hayitboyeva, Bozorgul Sherboyeva, uyushmagan aholidan Raʼno Rajabova va Sevara Oqmonovalar gʻayrat-shijoat koʻrsatdilar.

Shu bilan birga Mangʻit shahrining Yangiobod mahallasi aholisi ham paxta yigʻim-terimida bizga yaqindan yordam berdilar.

Paxta yigʻim-terimi davrida yordamga kelgan kishilarga tushlik paytida  issiq ovqat berishimiz va terilgan paxta uchun ish haqlarini oʻz vaqtida berib borganimiz ish unumining oshishiga sababchi boʻldi.

Biz ayni kungacha davlat xirmoniga 60 tonna oʻrniga 70 tonna paxta topshirdik. Dalalarimizda hali hosil moʻl. Qolgan paxta hosilini ham tez kunlar ichida yigʻib-terib olib, davlat xazinasiga topshiramiz.

Abdiqodir Tilovmurodov,  "Turkmaniston” MMTP raisi:

– Paxta xom-ashyosini yetishtirish mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasidagi asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham bu yil kelgusi yil hosili uchun qizgʻin mehnat jarayoni boshlanadi.

Xolimbeg ovuli hududida joylashgan 26 ta fermer xoʻjaliklarida paxta hosili yetishtiriladi. Bizning "Turkmaniston” muqobil mashina traktor parkimiz mana shu fermer xoʻjaliklarini zarur texnika va transport vositalari bilan taʼminlash boʻyicha xizmat koʻrsatib, ularning belgilangan rejalarini oʻz muddatida ado etishlariga yaqindan koʻmak beradi.

Bu yil bizning hamkorligimiz tufayli ovuldagi barcha fermer xoʻjaliklarida moʻl paxta hosili yetishtirildi. Paxtani ekishdan tortib, to paxta yigʻim-terimi davriga qadar 30 tadan ortiq texnikalarimiz, payvandlash, tokarlik, temirchilik va taʼmirlash tsexlarimiz fermer xoʻjaliklari uchun xizmat qildi.

Ovulimizdagi koʻplab fermer xoʻjaliklari davlatga paxta topshirish shartnomaviy rejalarini muddatidan oldin, oshirib bajarishga muvaffaq boʻldilar. Ulardan Sh.Avezov rahbarlik qilayotgan "Avezov Sherali” fermer xoʻjaligi 40 tonna, Gʻ.Jumatov rahbarlik qilayotgan "Gʻafur traktorchi” fermer xoʻjaligi 53 tonna, M.Annamurodov raislik qilayotgan "Qilich Niyozboy arna sohili” fermer xoʻjaligi 77 tonna, R.Sultonov rahbarlik qilayotgan "Usta Allayar” fermer xoʻjaligi 100 tonna paxta topshirishga erishdilar. Ularning bu yutuqlari bizlarni ham ruhlantirayapti.

Fermer xoʻjaliklarimiz dalalarida hali hosil moʻl. Biz ularga qolgan hosilni ham nest-nobud qilmay yigʻib-terib olishlariga, kelgusi yil hosiliga tayyorgarlik koʻrishlariga yaqindan yordam beramiz.

Allambergan JUMANIYoZOV suhbatlashdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026