16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,001

Ulkan xirmonga munosib hissamiz

Ulkan xirmonga munosib hissamiz

Amudaryo tumani iqtisodiy salohiyati bagʻoyat kuchli, yaratuvchanlik, bunyodkorlik imkoniyatlari nihoyatda keng tuman sifatida respublikamizda taniqlidir. Ayniqsa amudaryolik usta paxtakorlar har yili zalvorli "oq oltin” xirmonini yaratishlari bilan koʻpchilikni hayratga solib kelmoqda. Qisqa muddatda, yaʼni, sentyabr oyi ichidayoq paxta tayyorlash boʻyicha yillik shartnomaviy rejani ortigʻi bilan bajarish hazilakam gap emas. Bu albatta amudaryolik paxtakorlarning benihoya ishchanligi, mehnatsevarligi, oʻz kasbining mohir ustalari, fidoyilari boʻlganligi tufayli qoʻlga kiritilayotgan zafarli yutuqlar, ulkan muvaffaqiyatlardir.

Yana mening amudaryoliklarga qoyil qoladiganim ularning yuksak odamiyligi, nihoyatda oliyjanobligi va mehmondoʻstligi, gʻoyat bagʻrikengligidir. Buni tumanning  qaysi xonadoniga, qaysi goʻshasiga bormang, dildan chuqur his qilasiz.

Mana soʻnggi oʻn uch yildan buyon amudaryoliklar bilan bizning Ajiniyoz nomidagi NDPI professor-oʻqituvchilar va talabalar jamoasi oʻzaro hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik qamrovi keng boʻlib taʼlim-tarbiya sohasidagi tajriba almashuvlar taʼlim jarayonlaridagi yangi pedagogik texnologiyalar, taʼlim jarayonlarida zamonaviy  axborot telekommunikatsiya texnologiyalari yangiliklarini, yutuqlarni tatbiq etish borasidagi pedagogik uslubiy tajribalar olib borish, qoʻllanish izchilligini, muntazamligini va davomiyligini taʼminlash taʼlim-tarbiya sohasidagi hamkorligimizning asosini va mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Bunga yorqin misol sifatida Mangʻit shahrida joylashgan bizning homiyligimizdagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyning oʻqituvchi pedagoglar va oʻquvchilar jamoasi bilan bizning yaqin hamkorligimizni koʻrsatishimiz mumkin. Mazkur akademik litsey intellektual salohiyatining yildan-yilga bosqichma-bosqich  oshib borayotganligi,  taʼlim-tarbiya borasida boy tajribalar toʻplanayotganligi va soha boʻyicha quvonarli yutuqlar qoʻlga kiritilayotganligi mana shu hamkorliklarimizning eng yaxshi samaralari, eng ulkan muvaffaqiyatlarimizdir. Mana shunday samara, mana shunday muvaffaqiyatlar natijasida oʻquvchilar kelgusida bilimdon va malakali kadrlar boʻlib maydonga chiqadi. Bunday kadrlar elimizning yanada yuksak taraqqiy etishi uchun, yanada gullab yashnashi uchun juda zarurdir.

Endi hamkorlikning amaliy oʻzaro yordam jihatlariga toʻxtaladigan boʻlsak, oliy taʼlim dargohimizdagi talabalar – navqiron yoshlar juda katta bunyodkor jismoniy kuch hisoblandi. Talabalar bizda besh ming nafarga yaqin boʻlib, ularning toʻrt ming nafardan ortigʻi ayni kunda amudaryolik paxtakorlar bilan yonma-yon turib paxta yigʻim-terim ishlarida yaqindan yordam berishmoqda. Ularning shu kunga qadar tergan "oq oltin” durdonalari 5 ming tonnadan oshib ketdi. Bu bilan talabalarimiz va professor-oʻqituvchilarimiz amudaryolik paxtakorlar erishgan bugungi ulkan mehnat gʻalabalariga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar.

Talabalarimiz tumanda faoliyat koʻrsatayotgan 261 ta fermer xoʻjaliklarining deyarli barchasidagi yigʻim-terim ishlarida faol qatnashmoqdalar. Ayniqsa institutimizning fizika-matematika, tabiatshunoslik, oʻzbek tili va adabiyoti, boshlangʻich taʼlim, tarix fakultetlari professor-oʻqituvchilari hamda talabalari paxta yigʻim-terimida peshqadamlik koʻrsatib, terim surʼatining oshirilishiga oʻzlarning munosib hissalarini qoʻshmoqdalar. Mavjud 9 ta fakultet ichida va fakultetlararo oʻzaro musobaqalar tashkil etganligimiz ham oʻzining yaxshi samarasini berib, "oq oltin” xirmonlarining kun sayin yuksalishini taʼminlamoqda. 20-sentyabr kuni, dastlabki oʻn kunlik yakuni boʻyicha "Toʻlqin” ovulidagi Rufat Ahmedov boshqarayotgan "Ahmad goʻja” fermer xoʻjaligi paxtazorlarida mavjud 9 ta fakultetning eng ilgʻor terimchi talabalari va professor-oʻqituvchilari kun boʻyi oʻzaro musobaqalashib, eng peshqadam epchil terimchi talabalar va professor oʻqituvchilar aniqlandi. Musobaqa natijasiga koʻra professor-oʻqituvchilar orasida intitutning botanika kafedrasi oʻqituvchisi Karimboy Eshchonov 168 kilogramm paxta terib faxrli 1-oʻrinni egallab gʻolib boʻldi va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlandi.

Shunday qilib, paxta yigʻim-terimining ayni dolzarb davrida professor-oʻqituvchilarimiz va talabalarimiz amudaryoliklarning navbatdagi yuksak marrasi – 43 ming tonnalik sarbaland "oq oltin” xirmonini bunyod etishda yaqindan yordam berish uchun har bir soat, terim surʼatiga baraka kiritmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, barcha paxtakorlarimizni dastlabki yuksak xirmon va 1-oktyabr – oʻqituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan qizgʻin tabriklab, ularga sihat-salomatlik va mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.

Quvondiq Qodirov,

Ajiniyoz nomidagi NDPI maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori.  
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019