16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Adabiyot 👁 7,366

“MING BIR FARD”NING ZIYoSI

“MING BIR FARD”NING ZIYoSI

Keksalik – kim uchundir umrning sokinlik tomon evrilish pallasi, kimgadir huzur-halovat, rohat-farogʻat fasli. Lekin shunday insonlar borki, umrining bu manzilini eng goʻzal va farahli goʻshaga aylantirishga intilib yashaydilar, mehnatsevarlik ularning hayot mazmuniga aylanadi. Taʼbir  joiz boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov oʻz umrining nuroniylik faslini betakror ijod lahzalari ila bezab, adabiyot va sheʼriyat muxlislariga biri-biridan dilbar sheʼrlari jamlangan kitoblarini hadya etish bilan hayotini havaslarga munosib maʼnaviyat  chamanzoriga aylantirgan insonlardan.

Ustozimiz Saʼdulla Xoʻjaniyozov umrining 40-yildan ziyod davrini ijodga bagʻishlab, matbuotimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan ijodkorlardan. Jurnalist sifatida nohaqliklarga murosasiz, ezguliklarga doimiy hamroh boʻlib yashagan Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov umrining sokin fasliga kirganida yillar davomida yuragida asragan tugʻyonlari bilan sirlashmoqqa jazm etdi. Ana shu yurak tugʻyonlari shoir  ogʻamiz qalb koʻshkidan joʻshqinlik ila qogʻozga toʻkildi va 2014-yilda "Toʻrt tomirda joʻsh urgan  tugʻyon” nomi bilan bir ajib sheʼriy guldasta sifatida muxlislar qoʻliga borib yetdi. Shoir ogʻamiz qalbini junbushga keltirgan tugʻyonlar sheʼriyat shaydolarini xushnud etib turgan bir paytda u yuzlab insonlar dilida hayrat uygʻotib  "Hayot hadyalari” deb nomlangan ikkinchi kitobi bilan sheʼriyat davralariga kirib bordi.

Vo ajab! Bugun ustoz barchaning dilida  yana hayrat uygʻotdilar va bu hayrat tillarga koʻchdi:

– Eshitdingizmi, ustozning "Ming bir fard” deb nomlangan yangi kitobi chiqibdi!

– Oʻqidingizmi, ustozdan oʻrganish kerak bu hayot falsafasini!

Ustoz toʻlib-toshib menga hadya etgan "Ming bir fard”ni to oxirigacha oʻqib, tugatmay, qoʻlimdan qoʻymadim. Nazarimda har bir fard aro mening, uning va ularning, kimlarningdir hayoti, xulq-atvori jo boʻlganday, dilimda hayrat uygʻondi. Fardlarda ustoz neniki aytsa, nima haqda xulosa qilgan boʻlsalar, ich-ichimdan bir sas "toʻppa-toʻgʻri!” deb maʼqullayotganday tuygʻuni boshdan kechirdim. Mana, siz ham bir eʼtibor bering-da:

Har qanday zamonni egrilar buzgan,

Ne-ne azob bilan toʻgʻrilar tuzgan.

***

Qalbi pok odamning rohati kamdir,

Nopoklar dastidan koʻzida namdir.

***

Qaysar qiligʻidan omonlik topmas,

Moʻʼminga hech kimsa eshigin yopmas.

***

Hayot girdobidan chiqolmadim hech,

Qilgan xatolarim kech angladim, kech.

"Donolik daʼvom yoʻq, kutgum eʼtirof”, deb yozadi shoir  ogʻamiz kitobining ilk sahifasida. Lekin, axir donolar osmondan tushmaydi-ku, deya ustozning fikrini inkor etgim keladi mening. Yuqoridagi fardlarni oʻqib, siz ham hech boʻlmaganda ichingizdan kelayotgan ovozga quloq tutgan boʻlsangiz, mening fikrimga, albatta, qoʻshilasiz. Yaʼni, shoirning donoligiga, donishmandligiga! Nazarimda har bir fard kitobxon uchun bir soatlik tarbiya, dars. Bu darsni uqqan kitobxon oʻz aqlini charxlaydi, qilgan, qilayotgan xatolaridan xulosa chiqarishga, balki hayotda oʻzini oʻnglab olishga intiladi. Men bunga ishonaman. Sababi, kimdir kimga bir soat maslahat qilib uqtira olmagan yaxshilik yoʻlini kitob bir daqiqa ichida anglatib, qalbiga sirchlab bitishi mumkin. Demak, ustozning "Ming bir fard”i ming  bir kishining qalbidagi kirni yuvib, toza havo, yengil nafas baxsh etadi. Tozargan ming bir qalb yana shuncha dillarga ana shunday haroratli nafas bilan kirib boradi. Bu – "Ming bir fard” kitobining insonlar qalbiga yoʻl boʻlgani, koʻngillarni yaxshilik, ezgulik nurlari ila ziynatlagani!

 Ustozning niyati ham, oʻzi aytmoqchi:

"Soʻzlar mantigʻini olganlar uqib,

Chiqargusi bundan ezgu xulosa”.

Yaʼni, fardlardagi hikmatlar qaysidir koʻngilda "yilt” etgan nurni uygʻot-sa-yu, insonlar bir-birlarining qadr-qimmatini ulugʻlab yashasalar bas.

Ustozni ezgu niyatlarining yurtdoshlarimiz koʻngliga ziyo baxsh etgani bilan tabriklayman va ijodiga baraka tilayman.

Robiya YOʻLDOShEVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019