16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Adabiyot 👁 7,945

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

EL OGʻASI

(Amu elining aziz farzandi Rajabboy Yoʻldoshev xotirasiga)

Siz keldingiz rahbar boʻlib joʻshqin Amu boʻyiga,

Sherik boʻlib har doimo xalqning orzu-oʻyiga.

Bosh-qosh boʻlib, el-u yurtning qancha bayram, toʻyiga

Oʻn sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Hech qachon el unutmaydi, Sizday ulugʻ ogʻasin!

 

Qilichboy ham Doʻrman elda, Xolimbeg tomonlarda,

Izlaringiz qoldi ogʻa, har bogʻda, yovonlarda.

Nafasingiz kezib yurar yurtda otgan tonglarda,

Oʻn sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Qilichboyliklar unutmaydi, Sizday ulugʻ ogʻasin!

 

Boshladingiz el-u yurtni adolatli yoʻllarga,

Topshirdingiz har sohani eng ishonchli qoʻllarga.

Aylantirib har goʻshani chamanzor-u gulzorga.

Oʻn sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Doʻrman ovul unutmaydi, Sizday ulugʻ ogʻasin!

 

Kuyuk koʻpir, Xitoy yoqda, nomingiz bor har dilda,

Unutmagay Sizni hech kim Qangli, Qipchoq, «Choykoʻl»da.

Yaxshiliklar aro borsiz, Nazarxon Jumur elda,

Oʻn sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Amu elim unutmaydi, Sizday ulugʻ ogʻasin!

 

Ot izini toy bosadi, tulporlar omon boʻlsin,

Izlaringiz bosguvchi mard, oʻgʻlonlar omon boʻlsin.

Yosh boʻlsa-da har ishga bosh Sultonlar omon boʻlsin,

Oʻn sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Mangʻitliklar unutmaydi, Sizday ulugʻ ogʻasin!

 

Qalbimizda mangu borsiz, siz hamisha barhayot,

Elim, yurtim deb yashagan el ogʻasi – ulugʻ zot.

Qilgandingiz har qadamda yangi-yangi islohot,

Oʻn sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Amudaryom unutmaydi, Sizday ulugʻ ogʻasin!

Shamurod XOʻJANOV.

"Doʻrman” ovuli.

 

Sogʻindim...

(Onajonim, rahmatlik Saparboyeva Xaticha xotirasiga bagʻishlayman)

Hassa ushlab yurgan ayolni koʻrsam,

Sogʻinib eslayman aziz Onamni.

Bosgan izlaridan yurgim keladi,

Onajon, deya suyib opamni.

 

Pand-u nasihatin kanda qilmagan,

Xato qilsam tergab, quloq choʻzmagan.

Oʻzingiz ekansiz suyangan togʻim,

Sajdagohim mening, jannatim, bogʻim.

 

Bir kuni tush koʻrdim, koʻp vaqt oʻtib,

Hoji ona boʻlib kelib uyimga.

«Elingga el boʻlgin, uyingga ustun», –

Deya zarlar sochdi qaddu boʻyimga.

 

Farzandlar ichida mendan soʻradi,

Qurʼon tilovati, fotiha, barin.

Xudodan oʻtinchim, Sizdek Onaga,

Jannatidan bersin joylarning toʻrin.

Shukurullo Yusupov, «Gulzor» mahalla.

 

Yaxshilik qil!

Oʻzgalarga aslo qilma yomonlik,

Axir «qaytar dunyo» – deydilar buni.

Shu dunyoda topay desang omonlik,

Odamlarga yaxshilik qil, har kuni.

 

Oʻzgalarga aslo qilma yomonlik,

Qilgan yomonliging, oʻzingga qaytar.

Ozor bersang agar kimning diliga,

Yaratgan ham senga laʼnatlar aytar.

 

Sendan kechib ketar hatto doʻstlaring,

Sevgan yoring sendan ketar yiroqlab.

Ich-ichingdan yigʻlar yuraging sening,

– «Nega bunday ish qildim?» – deya soʻroqlab.

 

Buni vijdon azobi, deb qoʻyibdi,

Vijdoning qiynalar, har kun, har tongda.

Qiynalib, azobda yonmaslik uchun,

Odamlarga yaxshilik qil har onda!

Iroda Yerdosheva,  38-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Otajonim yodi

(Rahmatlik otam, oliy toifali shifokor Habibulla Sherimbetov xotirasiga)

Sizga jannat eshiklari ochilsin,

Poyingizga rayhon, gullar sochilsin.

Allohim dargohi kengdan ochilsin,

Tutgaysiz otajon, hurlarning qoʻlin!

 

Barchani birday hurmat qildingiz,

Ozor cheksangiz ham doim kuldingiz.

Bu dunyoning ishini qilib boʻldingiz,

Endi jannatlarda oromda boʻling!

 

Halollikni mudom shior qildingiz,

Dushmanni ham hatto mehmon qildingiz.

El-u yurtga beminnat xizmat qildingiz,

Endi jannatlarda rohatda boʻling!

 

Bolam, deb suydingiz jon-dilingizdan,

Shifo topdik otam, har soʻzingizdan.

Mehr suvin ichdik biz qoʻlingizdan,

Endi jannatlarda hurmatda boʻling!

 

Otajonim, rozi boʻling bizlardan,

Sizga tortgan barcha oʻgʻil-qizlardan.

Izlaringiz surmai-nur koʻzlarga,

Endi jannatlarning toʻrida boʻling!

 

Matluba qizingiz sogʻinchi bisyor,

Endi bizga boʻlsin doim Alloh yor.

Qolganlar umrini qil deb, baxtiyor,

Dorilbaqolarda hur, ozod boʻling!

Matluba ShERIMBETOVA,

Oʻzbekiston mahallasi.

 

Bobolarni yod Etib

Qalandarlik qonida bor,

Ezgu ishlar unga shior.

Yaxshi koʻz-la qarang, doʻst-yor,

Alisherning avlodiman –

Zulfiyaning izdoshiman.

 

Ijodi olamga doston,

Tan olmoqda butun jahon.

Yozaversam qolmas armon,

Men shoh Bobur avlodiman –

Uvaysiyning izdoshiman.

 

Sheʼrlaridan olib saboq,

Shaklin qilay radif, turoq.

Keng maʼnoli, yoʻqdir soʻroq,

Shoir Choʻlpon avlodiman –

Nodiraning izdoshiman.

Maftuna Qurbonboyeva,

«Choykoʻl» ovuli.

 

Shukur qilib yashaylik

Dildan shukur qilamiz,

Ozod, hur zamon uchun.

Quvonchlarga toʻlamiz,

Osuda osmon uchun.

 

Shunchalar baxtiyormiz,

Rizq-roʻzimiz butundir.

Halol mehnatga yormiz,

Dasturxonlar toʻkindir.

Farida MADAMINOVA,

35-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Globallashuv

Globallashuv nima?

Bu – hayot tezlashuvi.

Bu – yaxshi va yomonlik,

Illatlar bellashuvi.

 

Yomonlik illatlari,

Biri bu – terrorizm.

Yonida hamroh turar,

Diniy ekstremizm.

 

Shuning uchun barchamiz,

Ogoh, hushyor boʻlamiz.

Bu illatlar ustidan,

Albat gʻolib boʻlamiz.

Nodirbek Yangiboyev,

35-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Amudaryo qiziman

Gʻururlari togʻdek baland,

Imoni but sarvqomat.

Men istiqlol kuychisi,

Amudaryo qiziman.

 

Baxt ufurar yuzimda,

Qalam qosh-u koʻzimda.

Elimning el udumlarin,

Asrayman yuragimda.

 

Shoʻx jilgʻa-yu soylardek,

Pokiza tuygʻularim.

Yurtim, degan tugʻyonman –

Amudaryo qiziman.

Zuhra Ahmedova.

 

TENGDOShLARIMGA

Doʻstlar aytar: akang boʻlsa, boʻlmaydi,

Telefonda gaplashgani qoʻymaydi.

Mening jondan suygan bitta akam bor,

Qani, yana oʻn beshtasi boʻlsaydi...

 

Mana, kirdim oʻn sakkizga bir pasda,

Bir telefon ushlamadim qoʻlimga.

«Akajonim», – deya gapirdim asta, –

«Kitob olib bering, ushbu pulimga».

 

Telefonni nari qiling koʻzimdan,

Ijodkorman, chalgʻitadi soʻzimdan.

Internetni tushunmayman, desam gar,

Baʼzi doʻstlar kulishadi ustimdan.

 

Internetdan, mayli, topay kitobni,

Mayli, oʻqib keragimni olayin.

Uni oʻqib, oʻz kitobim varaqlab,

Bir olam zavq yuragimga solayin.

 

Doʻstlar aytar, tengingni top hozirdan,

Kitobni qoʻy, qolib ketding zamondan.

Akajoning aytganin qilaverma,

Sen boshqa-yu akang boshqa dunyodan.

 

Oʻsha vaqtda ustozlarim sabogʻin,

Birin-ketin yuragimga solaman.

Men oʻzbek qiziman, erka va shodon,

Akamning eng suyukli singlisiman.

 

Ibo-hayo boʻlsa agar har kimda,

Oʻsha asl Oʻzbekiston qizidir.

Oʻz akasin jondan suygan oyqizlar,

Mahallaning ham obroʻsi, yuzidir.

 

Kun keladi, ketaman yor-yor bilan,

Oʻzga uyning ostonasin oʻpaman.

Baxtim shu yer, taxtim shu yer boʻladi,

Oʻz onamni mehmon qilib kutaman.

 

Yurak sezar, hali koʻp sogʻinaman,

Ota uyning har bir qarich tuprogʻin.

Va tuprogʻin koʻzlarimga surtaman,

Kindik qonim tomgan asl qoʻrgʻonim.

 

Yoddan chiqmas, jajji-jajji qizlarga,

Oʻyin bilan darslar oʻtib berganim.

Yuragimga bir iliqlik baxsh etar,

Singlim sochin mayda qilib oʻrganim.

 

Va albatta sogʻinaman akamni,

U Zafarjon akam – yaqin insonim.

Oʻzga uyga kuzatuvchi ham oʻsha,

Oʻz uyimni yorituvchi chirogʻim.

 

Koʻnglingizga ogʻir olmang hech qizlar,

Aka-uka qadriga siz yetinglar!

Dildora RAJABOVA.

 

SAYR

«Mangu sayyoh» – qora bulutlar,

Tugʻib oldi homilasini.

Yomgʻirlarda koʻngil yuvaman,

Eshitaman shamol sasini.

 

Tabiatning nolalarini

Tinglayapman shu bugun faqat.

Bulutlarning qismati esa,

Sayr etmoq abad-ul abad.

Siroj OLIMOV.

 

DOʻSTIMGA

Yiqilsang-da, oʻrningdan tur,

Taslim boʻlma, oldinga yur.

Bunday yoʻllar hali ancha,

Yurmaganing bilmam, qancha?!

 

Bu yoʻllardan yurmoq uchun,

Sabr kerak, kerak bardosh.

Manzilingga yetmoq uchun,

Tezroq yurgin, boʻlaqol, shosh!

Salomat KARIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019