17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 03:12
Siyosat 👁 7,301

MUROJAATLARGA EʼTIBOR INSON OMILIGA EʼTIBORDIR

MUROJAATLARGA EʼTIBOR INSON OMILIGA EʼTIBORDIR

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan, shu yilning 12-sentyabridan  kuchga kirgan "Jismoniy  va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Yangi tahrirdagi Qonunning ishlab chiqilishi va qabul qilinishidagi asosiy oʻzgarishlardan biri uning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga ham tatbiq etilishidir. Avvalgi Qonunda davlat organlariga murojaat qilish kafolatlari aks etgan boʻlsa, endilikda buning doirasi kengaytirildi. Yaʼni, endi davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkilotlariga murojaatlar ham Qonun himoyasida boʻladi.

Qonunga kiritilgan yangiliklardan biri – murojaatlarni koʻrib chiqishning asosiy printsiplari belgilab qoʻyilganidir. Yaʼni, murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish, murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi, murojaatlarni koʻrib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yoʻl  qoʻyilmasligi kabi maxsus printsiplar bilan toʻldirildi. Shuningdek, murojaatlarni "toʻliq koʻrib chiqish” degan  alohida rahbariy talab kiritildi.

Bu jismoniy va yuridik shaxslarning bitta murojaatida uchrashi mumkin boʻlgan bir-necha masalani ham toʻliq koʻrib chiqish kafolatlarini mustahkamladi.

Yangi tahrirdagi Qonunning 2-bobida  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining virtual qabulxonalarini tashkil etish tartibi oʻz aksini topgan.

Endilikda elektron murojaat uchun elektron raqamli imzo  talab  qilinmaydi. Shuningdek, Qonunda ogʻzaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, jumladan, davlat organlarining, tashkilotlarning ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali ham berilishi mumkinligi belgilab qoʻyildi.

Qonunga kiritilgan "Murojaatlar boʻyicha ish yuritish”, deb nomlangan yangi moddada davlat organi, tashkilot yoki ularning rahbarlariga kelib tushgan murojaat oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkazilishi kerakligi belgilandi.

Murojatlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Har bir murojaat orqasida inson, taqdiri, uning dard-u tashvishlari bor. Shu boisdan ham murojaatlarga eʼtibor – inson omiliga  eʼtibordir.

 Murojaatlarga munosabat tubdan oʻzgarib, eʼtibor tobora kuchayayotgani xalqimizning davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar oldida, jamiyat oldida masʼul ekanligini, xalq manfaati ustuvorligini oʻz hayotlarida yaqqol his qilishlariga, pirovardida, davlatimizdan minnatdor boʻlib yashashlariga imkoniyat yaratmoqda.

Rustam ROʻZMETOV,

xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari.

(Foto - http://xushnudbek.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026