17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:02
Jamiyat 👁 1,620

JAHON QIZLARINI BIRLAShTIRGAN ANJUMAN

JAHON QIZLARINI BIRLAShTIRGAN ANJUMAN

Farzand tarbiyasiga oilada ona koʻproq vaqt ajratadi. Voyaga yetayotgan farzand olamga dastavval onasining nigohlari bilan qaraydi. Ona maʼnan yetuk boʻlsa, shubhasiz, oilada komil farzandlar ulgʻayadi. Shu bois, qiz bolaga boʻlgʻusi oila bekasi, kelajak avlodni kamolga yetkazuvchi shaxs deb qarash hamda qizlarda bu toʻgʻridagi tushunchalarni shakllantirib, maʼnaviyati boyitilib borilishi darkor.

Mamlakatimizda bu azaldan milliyligimizga xos jihatlar sanaladi. Shu bois, qiz bola tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratilib, qizlarning salomatligini asrash, erta turmushning oldini olish, puxta bilim berish, kasb-hunar oʻrganishi hamda oliy taʼlimni davom ettirishi yoki ish bilan bandligini taʼminlash yuzasidan  tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ammo, bu borada jahon miqyosida qator muammolar borligi insoniyat uchun tashvishlidir. YuNISEFning maʼlum qilishicha, jahon boʻyicha 31 mln. nafar maktab yoshidagi qiz taʼlim olmaydi. 17 mln. nafar qiz esa umuman maktabga bormaydi. Erta va majburiy nikoh, asosan, Afrika mamlakatlarida, Janubiy Osiyo mamlakatlarida uchraydi.

Butun jahon boʻyicha qizlarning kamsitilishi, jumladan ularning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratish maqsadida 2011-yil, 11-oktyabrda BMT Bosh assambleyasida Xalqaro  qizlar kuniga asos solindi va har yili bu sana jahonda keng nishonlanib kelinmoqda.

Mamlakatimizda ham Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan I  Respublika qizlar festivali tashkil etildi. Festival tumanimizda  ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Tumandagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Qiz bola – boʻlgʻusi oila bekasi, kelajagimiz egasidir” shiori ostida oʻtkazilgan I  Respublika qizlar festivalida tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi  faol yoshlari, uyushmagan qizlar, tuman XTMFMTTEB, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Festival munosabati bilan iqtidorli qizlarning ijod namunalaridan koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmada ishtirokchilar havaskor qizlar tomonidan yaratilgan rassomchilik, tikuvchilik va toʻquvchilik namunalari, maketlar va bukletlarni tomosha qildilar. Shundan soʻng, festivalga bagʻishlangan tadbir boshlanib, uni tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova ochib berdi. Tadbirda "Oʻzbek ayollarining tarixiy siymolariga munosib izdosh boʻlaylik”, "Reproduktiv salomatlik va erta turmushning salbiy oqibatlari”, "Qizlar koʻproq kitob oʻqisin” mavzularida Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist R.Yoʻldosheva, tuman Markaziy shifoxonasi bosh akusher-ginekologi M.Yusupovalarning maʼruzalari tinglandi. Maʼruzalardagi tarixiy siymolar, yaʼni Toʻmaris, Nodirabegim, Zulfiyaxonim kabilarning ezgu ishlari, ularga munosib boʻlish, salomatlikni asrash, erta turmush va erta tugʻruqning salbiy oqibatlari, boʻlgʻusi oila bekasi, boʻlgʻusi onaning maʼnaviyatli boʻlishida kitobxonlik, kitob mutolaasining ahamiyati haqidagi mulohazalar ishtirokchilarning bu boradagi tushunchalarini yanada boyitdi.

Tadbir davomida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi  tahririyati xodimlari va bir guruh ijodkorlar tashabbusi bilan tashkil etilgan "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti aʼzolari, havaskor ijodkor qizlar ishtirokida mushoira oʻtkazildi. Mushoirada ijodkor qizlar oʻzlarining turli mavzulardagi ijod mahsullarini ishtirokchilarga ifodali aytib berdilar. Shuningdek, tuman madaniyat ishlari boʻlimi tomonidan tarixiy siymolar – Toʻmaris va Nodirabegim obrazlari monologlari sahna koʻrinishida ijro etildi hamda havaskor sanʼatkorlarning qoʻshiq va raqslari tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi.

Festival yakunida tuman hokimi oʻrinbosari M.Ahmedova soʻzga chiqib, yoshlar davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakning munosib egalari va barkamol avlod boʻlish uchun doim intilishlari kerakligini taʼkidladi.

Festival juda zavqli va taassurotlarga boy boʻldi.

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026