16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:34
Adabiyot 👁 7,011

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

ONA TILIM, SENDAN FAXRLANAR EL

Yassaviy nazdida topolgan kamol,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

Tanilib, olamga koʻrsatgan visol,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Ulugʻ bobolarning nazari tushgan,

Donolar, fozillar ijod etishgan.

Asrdan-asrga mahkam tutashgan,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Mahmud Qoshgʻariydek buyuk faylasuf,

«Devoni Turkiy»ni qilgandir tavsif.

Tarixga, oʻtmishga bogʻlangandir ip,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Mashhur bitiklaring merosdir oʻzi,

Oʻtmishga taqalar hayot ildizi.

Soʻfiy Olloyorning hikmatli soʻzi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Turkiygoʻy Navoiy bashorat qildi,

Besh doston – buzilmas imorat qurdi.

Bu esa sharafdan dalolat erdi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Ona tilim, bu kun qudrating oshdi,

El aro dovrugʻing – qiymating oshdi.

Oʻzbek deb tanilding – hurmating oshdi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Shoirlar nazdida soʻzlaring guldir,

Bitikda har satr – izlaring guldir.

Sen borki, davlatim, diyorim guldir,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Oʻz tilin bilmagan elin sevolmas,

Kimki eldan yiroq, erkin yurolmas.

Oʻzga bir tillarning zavqin surolmas,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Onalar allasin qilsa xirgoyi,

Chaqaloq yuzida kulgi – chiroyi.

Sensan faqat malham, dardga davoyi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Soʻzlar ziynatidan kamol topgan til,

Koʻngil bisotidan visol topgan til.

Buyuk meroslarni yaratolgan til,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Dilsayyor bu oqshom quvonib boqdi,

Soʻzlar marjonidan gul-chechak taqdi.

Qalbimda ilhomim daryodek oqdi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

Xudoybergan JUMAMURODOV.

 

EʼTIROF

(Nilufar Xolboyevaga)

Eng yuksak mavqega qilib muyassar,

Koʻp tuygʻu joy olgan bizning siynadan.

Borliqning gultoji deya insonni,

Haqning oʻzi shular bilan siylagan.

 

Biri – qalblardagi mehr tuygʻusi,

Doim olgʻa undab borguvchi quvvat.

Hayot goʻzalligin taʼminlab turar,

Yaxshilar koʻnglida boʻlgan muruvvat.

 

Ular bor – gʻaflatdan uygʻonar dillar,

Koʻz ochar hattoki mudragan dunyo.

Shundan alloma-yu mumtoz shoirlar,

Mehrni bilganlar oftobday goʻyo.

 

Asli yaxshilarning qalblari bilan,

Tabiatda yaxlit bir bogʻlanish bor.

Shu sababdan yer ham tekis aylanar,

Hamda qayta-qayta keladi bahor.

 

Turmush mashaqqatin yuklab yelkaga,

Oila, roʻzgʻori tashvishin tortib.

Mehribon insonlar ilm-u hunarin,

Shogirdlarga berar oʻzidan ortib.

 

Ularning qalbida Vatan degan soʻz,

Bogʻliqdir shogirdlar iqboli bilan.

Shu sababdan ne-ne mungli koʻngilning,

Hayotda munosib oʻrni topilgan.

 

Ustozlar tufayli bardavom hayot,

Va koʻhna tarixdan shu narsa ayon:

Fidoyi insonlar bor ekan, shaksiz,

Yangi iqtidorlar boʻlar namoyon.

Ahmad Nafasov.

 

Tarqoq xayollar

Yana ilhom ogʻushida mast...

Qalbim rangin toʻkkum qogʻozga.

Nechun  faqat oʻzim-chun yashash,

Nima berdim aziz onamga?

 

Tilda erur balki bor sevgim,

Gunoh ona, sizni bilmaslik.

Hayot – qachon arziyman axir,

Armonim chin farzand boʻlmoqlik.

 

Yuragimda orzu va kurash,

Ruhim ichra samoviy qudrat.

Lek tirikman oldingda doim,

Boshim egik, etolmayman rad.

 

Menga ayon, hali oldinda,

Barin xira sezib turibman.

Sheʼrdan boʻlak baxtim, azizim,

Darddan ortiq neni olursan...

 

Istagayman, isyon koʻzlarim,

Koʻzingizga toʻqnash kelmasin.

Haqdan sinov kelsa ham mayli,

Izimizda armon kulmasin.

 

Ezgulikdan bezab guldasta,

Yorugʻlikni aylagum tilak.

Kelajakdan kulgu taralsin,

Qutlugʻ tonglar boʻlsin muborak!

Shahzod Anvar.

 

Kech soʻralgan uzr

Bugun boshim egib soʻrayman uzr,

Qancha gunohlarim borligi uchun.

Shunda yoshingizni artasiz pinhon,

Kechiring, koʻzingiz namligi uchun.

 

Dilingiz qanchalar ogʻritdim, bilmam,

Aytganingiz qancha qilolmadim ham.

Qoʻydim sizdan qancha besoʻroq qadam,

Kechiring, sochingiz oqligi uchun.

 

Bilmadim, kechalar uxlamay bedor,

Tebratdingiz yotgan beshigim takror.

Men bugun shu haqda oʻyladim ilk bor,

Kechiring, beorom umringiz uchun.

 

Sizni qancha aldadim, baʼzida chin,

Mening gunohimdir balki keksalik.

Aybimdir yuzingiz qoplagan ajin,

Kechiring, har chiziq, ajinlar uchun.

 

Bugun sheʼr yozyapman, boʻsh soʻzlar bilan,

Oqlanarmi shunda farzandlik burchim.

Bunga umrim yetmasligin bilaman,

Kechiring, soʻzimning kamligi uchun.

Nodira YaNGIBOYeVA.

 

Sevdim, desam...

Sevdim, desam yolgʻon demanggiz,

Yolgʻon boʻlsa tigʻsiz soʻyinglar.

Xayolimni obqochdi bir qiz,

Unga meni maqtab qoʻyinglar.

 

Orqasida yurmayin daydib,

Ishonchimni oqlab qoʻyinglar.

Men haqimda yaxshi gap aytib,

Shu qizga bir maqtab qoʻyinglar.

 

Menga boʻlsa aytar soʻzinggiz,

Toʻy kunimga asrab qoʻyinglar.

Oʻsha qizga tushsa koʻzinggiz,

Meni biroz maqtab qoʻyinglar.

 

Unga ayting Majnunlarga xos,

Telbalarga doirligimni.

Faqat sizdan bitta iltimos,

Aytib qoʻymang shoirligimni!

Komronbek Kamol,

M.Yusuf nomidagi jamoat fondi tomonidan oʻtkazilgan «Yosh ijodkorlar» festivalining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi gʻolibi.

 

ZULFIYaXONIM QIZLARI

Siz shunchalar orastasiz,

Har yumushda sarishtasiz.

Barchinoy-u Kumushdeksiz,

Zulfiyaxonim qizlari!

 

Quvonch-shodlik yuzingizda,

«Doim olgʻa» soʻzingizda.

Atlas koʻylak egningizda,

Zulfiyaxonim qizlari!

 

Arzigaysiz havas qilsa,

Yoʻllaringiz gulga toʻlsa.

Hamma qizlar sizdek boʻlsa,

Zulfiyaxonim qizlari!

 

Yursam deyman izingizdan,

Mardlik yuqsin qalbingizdan.

Harorat bor soʻzingizda,

Zulfiyaxonim qizlari!

Inobat ODILBOYeVA.

 

Hayot falsafasi

Tiniq osmon...

Samoda sayr qilib yurardi burgut,

Falakning gardishin qarangki shu on.

Qaydandir paydo boʻldi qop-qora bulut.

 

Shunda... Chaqmoq chaqib dovul boshlandi,

Qushlar pana joyda saqlardi sukut.

Vaqt oʻtmay osmonning koʻzi yoshlandi,

Lekin magʻrur uchib yurardi burgut.

 

Qushchalar qochardi burgutni koʻrib,

Hayvonlar panada jonin saqlardi.

Burgut-chi, u oʻtkir koʻzlarin tikib,

Oʻljasini izlab, magʻrur boqardi.

 

Shu payt eshitildi kuchli bir tovush,

Burgut qoyalardan tushib kelardi.

Oʻrmonni larzaga soluvchi bu qush,

Oddiy bir ovchiga magʻlub, qulardi...

Muhayyo Oʻrinboyeva,

70-sonli maktab oʻqituvchisi. Koʻchat eking!

 

Koʻchat ekib, bogʻ yarating,

Chor-atrofga nur tarating.

Bu dunyoni yashartirib,

Yangi olamlar yarating.

 

Har niholni quyosh quchib,

Tongda qushlar qoʻnib, uchib.

Toza havolarni sochib,

Ona yurtga nur tarating!

Doniyor BOZORBOYeV,

8-sonli IDUM oʻquvchisi.

 

Ota-onam – davlatim

Dunyolar kerakmas, yonimda tursa,

Quvonsam, quvonib, baxtimni koʻrsa.

Onam jannatimdir, otam – davlatim,

Ular borligidan gullaydi umrim.

 

Doʻstlarim tursalar yonimda, tikka,

Oʻshal dam yetgaydir boshlarim koʻkka.

Ota-onam koʻrib doʻstlar himmatin,

Quvonsalar, shudir tengsiz davlatim.

 

Ota-onam doim boʻlsa yonimda,

Hayot zavqi joʻsh uradi qonimda.

Ular erur boshim uzra oftobim,

Ota-onam mening tengsiz davlatim.

Maftuna MURODOVA.

 

Yoʻllar

Har kimni har manzil tomon chorlaydi,

Unda baxt quyoshi mudom porlaydi.

Zamon oʻtaverar hech toʻxtamaydi,

Bepoyon orzuga chorlaydi yoʻllar.

 

Bogʻ-u boʻstonlarda ochilar gullar,

Gullarni koʻrganda yayraydi dillar.

Ajib bir hislarni tuyar koʻngillar,

Joʻshqin orzularga chorlaydi yoʻllar...

Shahlo QUROLOVA,

62-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019