16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Fan va taʼlim 👁 3,920

BOLAJONLAR UChUN YaNGI, KOʻRKAM BINO

Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi va ularning komil insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun yetarli sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bu oʻz navbatida ijobiy samara koʻrsatib, yoshlar har sohada yutuqlarga erishib kelmoqdalar va yurtimizni dunyoga tanitmoqdalar.

Taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlar davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelayotganligi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qator farmon va qarorlarida oʻz ifodasini topmoqda.

Ayniqsa, maktabgacha taʼlim muassasalari yosh avlod tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Muassasada tarbiyalanayotgan bolajonlar maktab yoshiga yetgunga qadar koʻp narsalarni oʻrganib olishga ulguradi. Oʻzini tutish, tozalik, jismoniy tarbiyadan tortib, nutq oʻsishi, oʻqish va savodga tayyorgarlik kabilarning hammasini bola maktabgacha taʼlim muassasasida toʻliq oʻzlashtirib oladi. Bolalarda mustaqil shaxs tushunchasi shakllanib, qobiliyatlari ochiladi. Maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarni tarbiyalash, oʻqitish, nazorat qilish, parvarishlash va sogʻlomlashtirishni taʼminlaydi.

Tumanimizda ham maktabgacha taʼlim muassasalari  uchun yangi va barcha sharoitlarga ega binolar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. "Chordara” mahallasida joylashgan 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi eski binoda faoliyat koʻrsatayotgan edi. Shu yilning may oyida "Temir beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan muassasa uchun yangi va koʻrkam bino qurilishi ishlari boshlab borildi. Qurilish uchun 1 milliard 100 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi. Barcha sharoitlarga ega va zamonaviy taʼlim muassasasi binosi qurilishi oktyabr oyida yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Qulay jihozlangan yangi bino 50-oʻringa moʻljallangan boʻlib, barcha talablarga javob beradi.

Yaqinda mazkur muassasa yangi binosining ochilish marosimi oʻtkazildi. Marosimda tuman hokimi oʻrinbosari Ulugʻbek Polvonov, "Temir beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari, xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari va mahalla faollari ishtirok etdilar.

Maktabgacha taʼlim muassasasi yangi binosining foydalanishga topshirilishi "Chordara” mahallasi ahli va jajji bolajonlarning cheksiz quvonchiga sabab boʻldi. Ishonamizki, yangi binoda oʻz faoliyatini boshlagan muassasada tarbiyalanayotgan bolajonlar kelajak bunyodkorlari va komil insonlar boʻlib voyaga yetadilar.

O.Xudoyberganova, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019