16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Adabiyot 👁 5,929

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Men yetmasam...

Bugun xush kayfiyat bilan uygʻondim,

Boshqacha koʻz bilan boqdim olamga.

Ajoyib orzular bilan chulgʻandim,

Men yetmasam, nasib etar bolamga.

 

Shukur, oldingidan koʻp oʻzgarish bor,

Yurtboshi islohot qilmoqda qator.

Har nuqsonga boʻlganini eʼtibor,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Arzimas ishga ham shuni deb chora,

Amaldorlar sira olmasa pora,

Toʻkin kun kechirsa beva-bechora,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Gazning xavfi dilga solmay koʻlanka,

Benzinlarga toʻla tursa kolonka,

Mayli pulga, yo plastik, talonga,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Haq sinovi toʻgʻri kelib hissangga,

Dard balosi kirsa birdan jussangga,

Davolashsa, qaramasdan kissangga,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Onalik baxtidan ochilib gul-gul,

Kelinlar roddomda tugʻsalar bepul,

Kuyovlar iqboli kulgan kunni, shul –

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Shofyorlar yetishsa bir kunga yorqin,

Qancha mashinani sindirgan oldin,

Yoʻqolsa abadiy yoʻldagi "gʻalting”,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Koʻrsatma boʻlmasa tosh qotgan rahbar,

Tashabbus koʻrsatib ishlasa agar.

Boʻstonga aylanar qishlogʻ-u shahar,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Oldi-sotdi ishi boʻlsa qay joyda,

Amal qilsa Rasul aytgan qoida.

Ham savob ishlasa, ham olsa foyda,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Avtobus kam, shukur - koʻpdir taksilar,

Lekin insofsizi minganni shilar.

Bir kuni tartibga tushganin shular,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Ovqatlanish payti kelgani mahal,

Svet degan qurgʻur oʻchadi har gal,

Bunga ham topilgan paytni bir amal,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Aholiga arzon yoqilgʻi uchun,

Kelsa koʻmirning oʻrniga kukun.

Oxiri sifatli koʻmir kelgan kun,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

 

Orzu-umid olgʻa undovchi narsa,

Bariga Yaratgan imkoniyat bersa,

Kamchiliksiz kunga bir kun yetkarsa,

Men koʻrmasam, nasib etar bolamga.

Ahmad Nafasov.

 

Kuz saxovati

 

Kecha bahor edi, keyin yoz fasli,

Ketma-ket navbatda keldi saxiy kuz.

Koʻnglimda entikish, hayajon nazmi,

Bogʻlar boyligini etadi koʻz-koʻz.

 

Dalalar bagʻrida «oq oltin» sayli,

Kuzning himmatidan koʻngillar toshgan.

Zamindan gʻalvirin koʻtargan payti,

Mavsum xirmonlari togʻlardan oshgan.

 

Yurtim, qutlugʻ boʻlsin hosil xirmoning,

Fayz-u tarovatdan obod har makon.

Zuhra ashʼor bitdi, yoʻq hech armoni,

Istiqbol yoʻlida hur Oʻzbekiston!

Zuhra Ahmedova.

 

Vaqt

Armonlarning girdobida toldiradi,

Xazonlarning toʻzonida qoldiradi.

Koʻz yoshlarning daryosida choʻktirib,

Goh kuydirib, gohida kuldiradi.

 

Menman degan bahodirlar tang qolar,

Toʻlib-toshgan daryolar qurib qolar.

Dilidagin aytolmayin necha bor,

Vaqtga asir tillar ham jimib qolar.

 

Yoʻqdan aslo hech narsa bor boʻlmaydi,

Yaralmaydi yangilik, giyoh unmaydi.

Oqil inson oʻz umrining soʻnggida,

Oʻz ishiga vaqtni guvoh qilmaydi.

 

Oʻtgan vaqtni ortga qaytarib boʻlmas,

Vaqt oʻz muhrin bosgan tarixda oʻchmas.

I.Firsik, Beruniy mahallasi.

 

Qaytmasman...

Charchadim sevgida, men ha deb sinib,

Endi qiziqmayman bu manzaraga.

Koʻksimga sigʻmasa yurak depsinib,

Parvo qilmam, dilim yiqsa zilzila...

 

Endi ishonchning ham sindi qiymati,

Ketishga yoʻl koʻp-ku, lek oyoq singan.

Faqat... Unutgani koʻzim qiymaydi,

Chunki sevgi qalbga ertaroq singgan.

 

Balki ahmoqdirman, seni yoqtirgan,

Telbadek men sendan koʻp ketib, qaytdim.

Bevafo koʻzingda yaltirab turgan,

Makkora hislarni koʻrganim aytdim.

 

Aytganda, yoqmadi senga toʻgʻri gap,

Buni anglatmoqqa urindim qancha.

Ishonch-u sabrim ham bormoqda, tugab,

Sen kutgan hayotga hali bor ancha.

 

Mayli, sen yuraver, oʻz xayolingda,

Oʻzingga haqdirsan, qushday erkinsan...

"Bir kun paydo boʻlar, deya yoʻlimda”,

Kutganingda esa... ortga qaytmasman!

Sardor Otajonov, QDU talabasi.

 

Ketma, bolalik

Sen ketsang, koʻzlarim ortimda qolar,

Shoʻx-shodon damlarim mungʻayib tolar.

Sevimli oʻyinlar begona boʻlar,

Meni tashlab ketma, aziz bolalik.

 

Begʻubor, qaygʻusiz kunlarim bilan,

Koʻchani changitgan doʻstlarim bilan.

Quvlashmachoq oʻynab qolgim keladi,

Sening quchogʻingda, aziz bolalik...

Mohira YOʻLDOShEVA,

70-sonli maktab oʻquvchisi.

Yurtim

Yurtim goʻzalligi goʻyo,

Taraldi jahon aro.

Bahordan olib ziyo,

Yashillandi bu dunyo.

 

Xalqimiz juda ahil,

Har bir kunidan mamnun.

Yuzlarida tabassum,

Har goʻsha goʻzal, obod.

 

Hech qachon koʻz tegmasin,

Yurtimning jamoliga.

Dunyolar havas qilsin,

Yosh avlod kamoliga.

Dilnoza Bozorboyeva,

40-sonli maktab

oʻquvchisi.

Xatolar

Har kuni osmon toʻla,

Yulduzlarga boqaman.

Oymomoga dil toʻla,

Sirlarimni aytaman!

 

Yulduzlar kulib turar,

Qadamimga nur sochib.

Oymomo men-la yurar,

Goʻyo quchogʻin ochib.

 

Baʼzan yigʻlar yuragim,

Ortimda koʻp xatolar.

Kelmaydi hech soʻzlagim,

Bosib kelsa xatolar.

Raʼno IsmOilova,

Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

Kitob

Sevib oʻqiyman har on,

Unda bilim bisyordir.

Oʻrgatar avval odob,

Koʻnglim oftobi – kitob.

 

Ertaklari xilma-xil,

Ongim oʻsar yilma-yil.

Undan olaman bilim

Va beradi zoʻr taʼlim.

Irodaxon

Bekimbetova,    

           30-sonli maktab

               oʻquvchisi.

Vatan

Vatan – mening faxrimdir,

Poydevorim, taxtimdir.

Musaffo osmonimdir,

Onamdir, Oʻzbekiston!

 

Maysa boʻlay poyingda,

Gullayin  har joyingda.

Oqib oʻtay soyingda,

Jonajon Oʻzbekiston!

Sardorbek KENJABOYeV,

20-sonli maktab oʻquvchisi.

VATAN,

YaShOLMAM SENSIZ

Vatan — onajonimsan,

Aziz, ulugʻ, betakror.

Seni yodga olgan chogʻ,

Mavjlanar koʻnglim takror.

 

Vatan, yasholmam sensiz,

Sensan dunyoda tengsiz!

Vatan — mehr oʻchogʻim,

Erkim, hayotim oʻzing.

 

Oltinga teng beshigim,

Aytgan bayotim oʻzing.

Vatan, yasholmam sensiz,

Sensan dunyoda tengsiz!

 

Vatan — oilam, maktab,

Qiblagohim sendursan.

Qorachiqday asrayman,

Jannatlarga tengdursan.

 

Vatan, yasholmam sensiz,

Sensan dunyoda tengsiz!

Sharaflab sheʼrlar bitay,

Mehrim payvasta etay,

 

Bir farzand boʻlib men ham

Vatan, noming tanitay.

Vatan, yasholmam sensiz,

Sensan dunyoda tengsiz!

Husnidabonu IKROMOVA,

Nukus shahridagi Mudofaa Vazirligiga qarashli 16-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Baxt

Men hayotim davomida,

Necha rahbarlarni koʻrdim.

Sovetlarning tuzumida,

Baxtga yetmay qancha yurdim.

 

Oʻzbegimning baxti kuldi,

Hayotidan rozi boʻldi.

Fuqarolar dardin soʻrab,

Shijoatkor boshchi keldi.

 

Yurtboshimiz boʻlgay omon,

Tuzmoqda u yangi zamon.

Yuraklarni quchdi ishonch,

Hayotimiz dorilomon.

Erkin IsmOilov,

«Xizr eli» mahallasi.

Vatan

Dunyoda yagonam oʻzingsan Vatan,

Onamday xush zabon soʻzimsan Vatan.

Muqaddas, moʻʼtabar, ota makonim –

Dunyoda yagona Oʻzbekistonim.

 

Erkin va obod chamanim oʻzing,

Jonimday suyganim, jahonim mening.

Tilim burro qilgan togʻday imkonim –

Jahoniy toj-taxtim – Oʻzbekistonim!

Mahliyo BOLTABOYeVA,

9-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019