16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Siyosat 👁 5,654

SEKTORLAR FAOLIYaTI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL QILINMOQDA

Mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish maqsadida qisqa davr ichida koʻplab qaror, farmonlar hamda dasturlar hayotga tatbiq etildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning shu yil 8-avgustdagi "Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ham yurt farovonligi va istiqboli, aholi uchun munosib turmush tarzi yaratilishida muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Maʼlumki, yurtimizda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun jadal oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Mana shu jarayon oʻz oʻrnida mutlaqo yangi tizim joriy etishni taqozo etmoqda. Chunki, hujjatda taʼkidlanganidek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti. Darhaqiqat, sohalardagi mavjud, hal etilishi zarur boʻlgan hayotiy muhim masalalarning oʻz vaqtida yechim topmayotgani amaldagi ish uslubini oʻzgartirishni va bu borada yangi uslubni joriy etishni talab etayotgan edi.

Mazkur hujjatda ijroiya va vakillik hokimiyati organlari amaldagi ish uslubini oʻzgartirgan holda aholi oʻrtasidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularga oʻz vaqtida barham berish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini doimiy va manzilli oʻrganish borasida tizimli faoliyatni tashkil etish nazarda tutilgan.

Ayni paytda hududlar sektorlarga boʻlinib, hujjatda koʻrsatilganidek, yangi uslubdagi faoliyat koʻrinishida bu vazifalar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Sektorlar ishi "Mahalla-tuman (shahar)-viloyat-respublika” tamoyili asosida olib borilmoqda. Asosiy ishlar eng quyi boʻgʻin – mahallada bajarilishi zarur boʻlganligi bois, xonadon va obʼektlarga birma-bir kirilib, aholi bilan bevosita muloqotlar belgilangan vaqtda amalga oshirilmoqda. Natijada aniqlangan muammolar bevosita joyida bartaraf etilmoqda. Joyida hal etishning iloji boʻlmagan kamchilik va muammolarni esa "yoʻl xaritalari”ga kiritib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Mazkur hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017-yil 11-avgustda 565-sonli qarori va uning asosida tuman hokimining 25-avgustdagi 531-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga asosan ishchi guruhlar tuzildi va 4 ta sektorlarga boʻlinib, hududlarga tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar boʻlimi va soliq inspektsiyasi boshliqlari rahbar etib belgilandi. Hududlarni kompleks  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar ishini tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan Nizomga koʻra, toʻrt sektorga aholining eng muhim masala va muammolarini yechish yuzasidan keng vakolatlar berildi hamda masʼuliyat va javobgarliklari oshirildi.

Har bir sektor boʻyicha shtablar, masʼullar tarkibi, nazorat guruhlari tashkil etilib, ular oʻz faoliyatlari doirasida aholi hayotidagi turli xil muammolarni hal etishga, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, kredit olish, mehnat bandligi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy koʻmak berilishini yoʻlga qoʻyish kabilarga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Tuman hokimi S.Yoʻldashev rahbarlik qilayotgan 1-sektor hududiga "Toʻlqin”, "Choykoʻl”, "Qipchoq”, "Qangli” ovul fuqarolar yigʻinlari hamda "Bosuv”, "Daryo boʻyi”, "Uyshin”, "Beshtom”, "Qumyop”, Oybek nomli, "Olmazor” va "Gulzor” mahallalari kiradi.


Hududda 7384 xonadon boʻlib, ularda 49056 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Hududda ehtiyojmand oilalar soni 311, aʼzolari ishsiz boʻlgan oilalar 308, yakka-yolgʻiz yashovchilar 69, aʼzolari nogiron boʻlgan oilalar 268 tani tashkil etadi. Sektor hududida 10 ta koʻp qavatli uylar, 38 ta ijtimoiy soha obʼektlari joylashgan. Sektor tarkibiga biriktirilgan ishchi guruh masʼullari xonadonlarga, ijtimoiy soha obʼektlariga tashrif buyurib, aholi bilan bevosita muloqotlar oʻtkazmoqdalar. Mavjud kamchiliklar aniqlanib, koʻpchiligi joyida bartaraf etilyapti. Aholiga qiyinchilik tugʻdirayotgan muammolarga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga harakat qilindi. Barcha xonadonlardagi sharoit oʻrganilib, hududdagi 300 xonadonda kredit olishga zarurat borligi aniqlandi. Bu oilalarga yordam koʻrsatilib, jami 2 mlrd. 151 mln. 200 ming soʻmlik kredit mablagʻlari olishiga koʻmaklashildi. Kredit loyihalari baliqchilik, issiqxona qurish, parrandachilikni, chorvachilikni rivojlantirish va savdo-sotiqni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan boʻlib, mablagʻlarni olgan xonadonlar shu kunlarda oʻz ishlarini yoʻlga qoʻymoqdalar.

Sektor masʼullari tomonidan hududni 2018-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari manzilli roʻyxati ishlab chiqilib, 112 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan. Buning natijasida ishsizlar sonini kamaytirishga erishish koʻzda tutilgan.

Tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga uchinchi sektor biriktirilgan boʻlib, hudud 12 ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarini qamrab olgan. Xonadonlar soni 7690 tani tashkil qilib, ularda 50 mingdan ziyod aholi  yashaydi. Sektor aʼzolari tomonidan har bir xonadon va ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni oʻrganish uchun reja ishlab chiqildi hamda shu paytga qadar rejadagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Aholi bilan muloqotlar va uchrashuvlar jarayonida bolalar bogʻchasi, sport maydonchalari, dorixonalarga hududda ehtiyoj borligi aniqlandi hamda bu boʻyicha bildirilgan takliflar inobatga olinib, rejaga kiritildi. Asosan tomorqachilik bilan shugʻullanadigan aholiga tomorqa ishlarini yuritishda oqar suvni keltirish qiyin-chilik tugʻdirayotganligi sababli, tegishli tashkilotlar yordamida bu muammolar bartaraf etildi. Bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan aholi bandligini taʼminlashga ham eʼtibor qaratilib, ish bilan taʼminlanmagan aholi tadbirkorlikka keng jalb etilmoqda. Jumladan, sektor hududida 957 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan boʻlib, ular sanoat sohasi, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, boʻsh turgan davlat obʼektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirish, qurilishlardagi mavsumiy va vaqtincha ishlar, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish kabilar orqali yaratilishi koʻzda tutilgan.

– Hududdagi ishlar belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda, – deydi 3-sektorga rahbarlik qilayotgan tuman ichki ishlar boʻlimi  boshligʻi D.Ibragimov. – Sektor shtabi aholining kelib-ketishiga qulay boʻlgan joyda, yaʼni Melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji binosida joylashgan. Shtab kerakli jihozlar bilan taʼminlangan. U yerda sektorga jalb etilgan mutaxassislar faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shu kunga qadar tuman miqyosida yechiladigan 752 muammo joyida bartaraf etildi. Respublika miqyosida yechiladigan muammolar esa "Yoʻl xaritasi”ga kiritildi. Hududdagi 1300 dan ziyod kam taʼminlangan oilalarga kreditlar berish, parranda tarqatish, moddiy yordamlar ajratish kabi amaliy yordam koʻrsatildi. Tumandagi tijorat banklaridan 1 mlrd. 856 mln. soʻmlik kredit mablagʻlari 294 nafar fuqarolarga ajratib berildi. Jumladan, "Boyovul” mahallasida joylashgan koʻp xonadonli, ikki qavatli uylar fasadlari taʼmirlandi va 8 nafar kam taʼminlangan fuqaroga yangi biometrik pasportlar berildi.

Sektor ishchi guruhi hududdagi sanoat korxonalariga ham tashrif buyurib, ularni eksport faoliyatiga jalb qilish hamda sohadagi mavjud kamchilik va muammolarga yechim topish, ularning joyida hal qilinishiga erishilmoqda.

Boshqa sektorlardagi kabi toʻrtinchi sektor hududida ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlar muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Sektor hududiga "Nazarxon”, "Toshyop”, "Namuna” ovullari hamda "Chordara”, "Boʻston”, Beruniy nomli, Navoiy nomli mahallalar kiradi. Shtab Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji binosida joylashgan boʻlib, u yerda yetarli sharoit yaratilgan. Hududdagi 4165 xonadonda 28833 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Undan tashqari, 6 ta koʻpqavatli uylar, 21 ta ijtimoiy soha obʼektlari mavjud. Ehtiyojmand oilalar soni 212, aʼzolari ishsiz oilalar 308, aʼzolari nogiron oilalar 386 tadan iborat.

– Toʻrtinchi sektor hududiga biriktirilgan ishchi guruh bilan birgalikda uyma-uy yurib, barcha xonadonlarda boʻldik. Oʻrganish jarayonida 80 ga yaqin muammo borligi aniqlandi. Ularning 29 tasi joyida bartaraf etildi. Qolgan 51 tasi esa qisqa muddatlar ichida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etildi. Ishsiz aholining bandligiga koʻmaklashish maqsadida koʻpchilik oilalarga kredit berilishida amaliy yordam koʻrsatilib, issiqxona qurish, parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish kabi maqsadlarga jami 1 mlrd. 417 mln. 770 ming soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi. Sektorimiz hududida yashovchi aholi muammolari bartaraf etilayotganidan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va xalq manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, islohotlardan nihoyatda mamnun, – deydi 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi B.Kamolov.

Bu sektorda ham hududni kelgusi yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari manzilli roʻyxati ishlab chiqildi. Yangi loyihalar ishga tushirilgach, hududdagi ishsizlar soni keskin kamayishi kutilmoqda.

Mamlakatimizda inson manfaatlariga alohida eʼtibor qaratilib, davlat organlarining xalq bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilmoqda. Har bir inson dard-u tashvishiga davlat ahamiyatidagi muammo sifatida qaralib, amaliy yordam koʻrsatilayotgani ularning adolatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda. Bu esa xalq bilan muloqot qilishda joriy etilgan yangi tizimning samara koʻrsatayotganidan dalolat beradi.

Ozoda XUDOYBERGANOVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019