16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:19
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,240

EKSPOPT MASALASIDA ENDI TOʻSIQ VA ChEKLOV BOʻLMAYDI

EKSPOPT MASALASIDA ENDI TOʻSIQ VA ChEKLOV BOʻLMAYDI

2017-yil 6-noyabrda qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori butun mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizda ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Ushbu Qarorga koʻra, eksport qiluvchi korxonalarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha oʻrnatilgan amaldagi tartib-qoidalarni yanada soddalashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan bunday mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirish nazarda tutilgan. Xususan, mamlakatimizdan eksportga yoʻnaltirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi, yaʼni 90 foizdan ortigʻi kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yordamchi xoʻjaliklarda, asosan, tomorqa yerlarida yetishtirilmoqda. Bu ishlab chiqaruvchilar chet el xaridorlari bilan shartnomalar tuzish va ruxsat beruvchi tartib-qoidalardan oʻtishi talab etilardi. Shu sababli, ular oʻz mahsulotlarini mustaqil ravishda eksport qilish imkoniyatiga ega emas edilar.

Prezidentimizning yuqoridagi Qarori esa bu kabi toʻsiq va cheklovlarga barham berdi. Endilikda tadbirkorlik subʼektlariga eksport shartnomasi tuzmasdan, ularning toʻlovi va yetkazib berilishi boʻyicha shartlarga rioya qilgan holda, invoys asosida meva va sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqi berildi.

Bundan tashqari, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, tashish va sotishda tabiiy yoʻqotish normativlari, shuningdek, ularning faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish tartibi ham belgilandi.

Oʻz tomorqasida, dehqon xoʻjaligi yoki issiqxona xoʻjaligida mahsulot yetishtirgan kishilarning barchasi ham oʻzi yetishtirgan mahsulotini chetga eksport qilishga vaqt ajratmasligi mumkin. Qarorda ana shunday vaziyatlarda eksport qilish uchun fuqarolardan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib olish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarning faoliyatini amalga oshirish borasida ham qulay shart-sharoit yaratish nazarda tutilgani ayni muddao boʻldi.

Qarorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha, shuningdek, tomonlar oʻrtasidagi debitor qarzdorlik borasida ham huquqiy sharoitlar yaratib berilgani dehqon va sohibkorlar, tadbirkorlar uchun muhim yangilik boʻldi.

Endilikda tumanimizning tadbirkor dehqonlari, tomorqa yer egalari oʻzlari yetishtirgan meva-sabzavot mahsulotlarini chet el xaridoriga hech qanday cheklovlarsiz eksport qilishlari, bu boradagi oʻz biznesini yanada kengaytirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Abduqodir TILOVMUPOTOV, «Turkmaniston» MMTP raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026