16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:04
Jamiyat 👁 2,985

FUQAROLIK JAMIYaTI VA EKOLOGIK NAZORAT

FUQAROLIK JAMIYaTI VA EKOLOGIK NAZORAT

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq atrof-muhitni, ona tabiatimizni koʻz qorachigʻidek asrash, uni bus-butun holicha kelajak avlodga bekamu koʻst yetkazish masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi ishlar mustahkam huquqiy asoslarga ega. Xususan, Konstitutsiyamizda ham yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylik, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasida ekanligi belgilab qoʻyilgan.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida ham mazkur yoʻnalishga alohida toʻxtalib, "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish lozimligini koʻrsatib oʻtgan edi.

Maʼlumki, joriy yilning 4-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan kiritilgan "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi. Qonun loyihasi joriy yilning 13 iyul kuni  matbuotda eʼlon qilindi va ayni kunlarda uning keng muhokamasi oʻtkazilmoqda.

Qonun loyihasida "ekologik nazorat” tushunchasiga "tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari talablarining buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga va ekologik nazorat subʼektlarining atrof muhitni muhofaza qilish maqsadlarida, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va takror koʻpaytirish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda  ishtirok etishlariga qaratilgan choralar tizimi” deya taʼrif berilgan.

Ekologik nazoratning turlari esa davlat ekologik nazorati, idoraviy ekologik nazorat, ishlab chiqarish ekologik nazorati, jamoatchilik ekologik nazoratidan iborat.

Qonun loyihasida ekologik nazoratga olinishi lozim boʻlgan obʼektlar, ekologik nazoratni amalga oshiruvchi subʼektlar koʻrsatib oʻtilgan.  Shuningdek, qonun loyihasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolar yigʻinlarining vakolatlari aniq belgilangan holda, ekologik nazoratni tartibga solish va boshqarish mexanizmi batafsil yoritilgan. Qolaversa, ekologik nazoratning barcha turlarini amalga oshiruvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari aniq koʻrsatib oʻtilgan.

Jamoatchilik ekologik nazorati — fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan ekologik nazorat turidir. Shunisi eʼtiborliki, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish huquqi Oʻzbekiston ekologik harakatining uslubiy koʻmagi bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga berilmoqda.

Qonun loyihasining 13-moddasi "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamoatchilik ekologik nazorati sohasidagi vakolatlari” deya nomlangan. Mazkur moddada taʼkidlanganiyek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (fuqarolar yigʻini) oʻz vakolati doirasida:

- tegishli hududda atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini hamda ushbu masalalar boʻyicha oʻz qarorlari ijrosi nazoratini amalga oshiradilar;

- nodavlat notijorat tashkilotlariga atrof muhit ifloslanishi va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi mumkin boʻlgan, fuqarolarning sogʻligʻi va hayotiga xavf soluvchi favqulodda vaziyatlarni kuzatib borish va erta oldini olish, aniqlashning samarali tizimi yaratilishida, shuningdek jamoatchilik ekologik nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda, jamoatchi inspektorlar institutini shakllantirish va ularning oʻquvini tashkil etishda koʻmaklashadilar;

- ekologik nazoratning boshqa turlarini amalga oshirilishida ishtirok etadilar;

- ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni kiritish hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadilar;

- atrof muhitni muhofaza qilishni taʼminlash masalalariga oid qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishida ishtirok etadilar;

- Qoraqalpogʻiston Respublikisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar ijroiya hokimiyati organlari, tegishli hududda joylashgan muassasa va tashkilot rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish va hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitadi va ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladilar;

- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari, jamoatchilik ekologik ekspertizasining xulosalari boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritadilar.

Qonun loyihasida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish masalalari boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining va uning mansabdor shaxsining murojaati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi shartligi belgilab qoʻyilgan.

Ushbu qonunning qabul qilinishi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik holatni  yaxshilash, tabiiy resurslarni saqlash sohasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning oʻzaro ham-jihatlikda harakat qilishining huquqiy mexanizmlarini taʼminlaydi. Hujjatning hayotga tatbiq etilishi tabiatni muhofaza qilish sohasida aholining fuqarolik ekologik, huquqiy ongi hamda faolligi, fuqarolik jamiyatining ilmiy doiralar va davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligining oshishiga xizmat qiladi.       

Poʻlat Qurboniyozov,

"Qipchoq” OFY raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019