16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Fan va taʼlim 👁 3,300

Maʼno yashiringan xatti-harakatlar

Maʼno yashiringan xatti-harakatlar

Darsda oʻquvchilardan tabassumingizni, ochiq chehrangizni qizgʻanmang, axir ular sizdan faqat bilim emas, balki insoniy munosabatlarni ham kutadi.

Dunyoda shunday bir kasb egasi borki, doim u kuzatuvda boʻladi. Yana uning faoliyatida uchraydigan ayrim koʻrinishlar namuna boʻladi yoki unga taqlid qilinadi. Uning yuz qiyofasi, imo-ishoralari, xatti-harakatlari, nutqi, notiqligi, kiyinishi, umuman barchasini har birimiz kuzatamiz va baholaymiz.

Demak, bu faoliyat turi bilan shugʻullanadigan insonlar hammaga oʻrnak boʻlarkan, agarki ular maʼnaviy-axloqiy tomondan shunga loyiq boʻlsalar.

Biz tilga olgan insonlar nima uchun bunchalik eʼzozlanadi, hurmat qilinadi, qadrlanadi, sababi tez oʻzgaruvchan holatlarda turli xil koʻrinishdagi xatti-harakatlar oʻsib kelayotgan avlodga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmaydi. Ha, tarbiyalanayotgan yosh avlod bunday holatlarga uchraganda kimga murojaat qiladi, kimdan tushuntirishni soʻraydi, albatta, bu muallim. Negaki, aynan Siz, aziz muallim, ibrat namunasi boʻlib, bolaning ham ichki dunyosini, ham madaniyatini, ham ularni namoyon etish usullarini tarbiyalaysiz.

Bunday ibrat boʻlish oʻqituvchi imijiga bogʻliq. Imijni yaratish har bir insonning oʻziga munosabatidan boshlanadi. Imijga boʻlgan munosabat qandayligidan qatʼiy nazar u har bir pedagogda mavjud.

Oʻz imiji ustida ishlash, avvalo, tashqi koʻrinishda, oʻzini tutishda, turli imo-ishoralarni qoʻllashida, muomala madaniyatida namoyon boʻladi.

Albatta, muallim taqlid uchun namuna. Psixologlarning fikricha, taassurotning shakllanishi uchun bir necha soniyalar kifoya qilar ekan va u haqida «Menga yoqadi», «U judayam yoqimtoy» singari nomuqim toʻxtamga kelishi mumkin. Muqim fikr esa 30-soniyadan 40 daqiqagacha boʻlgan muddatda shakllanar ekan. Bu vaqt esa pedagog oʻz rolini qoyilmaqom oʻynashi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashi uchun yetarlidir.

Muallimga imijini yaratishda arzimas narsalar boʻlmaydi. Olimlarning taʼkidlashicha, pedagogning ijobiy qiyofasi va jozibasi oʻquvchilarga psixoterapevtik taʼsir oʻtkazadi va taʼlim samaradorligini oshiradi.

Muallimning ijobiy qiyofasi va jozibasidan tashqari ovoz – imijning tovushli ifodasi hamda tabassum va samimiy nigohi muloqotga imkon yaratishini bilishi zarur.

Biz bilamizki,qattiqqoʻl va talabchanlik yoki muloyim va mehribon boʻlish - har bir oʻqituvchining xohishi, bunda asosan, xulq-atvor va harakati bilan bola ruhiyatiga zarar yetkazmasligi, aksincha unga namuna boʻlishi darkor. Agar darslaringizda sizni qanoatlantirmaydigan holatlar boʻlsa, bu shaxsingizni takomillashtirishga ragʻbatlantiradigan yana va yaxshi jihatlarni izlayotganingizni va eng asosiysi, toʻgʻri yoʻlda ekanligingizni anglatadi.

Xulosa shuki,oʻqituvchilik dunyodagi eng sharafli kasblardan biri boʻlib, uni tanlashning oʻzi jasoratdir.

Tamara KENJAYeVA,

tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019