16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:55
Fan va taʼlim 👁 3,558

DARSLARIMIZ YaNADA MUKAMMAL BOʻLADI

DARSLARIMIZ YaNADA MUKAMMAL BOʻLADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq endilikda taʼlim muassasalarida chet tillarni oʻrgatishga  eʼtibor kuchaydi. Qarorni taʼlim jarayoniga tadbiq qilish uchun tayyorgarlik ishlari barcha taʼlim muassasalarida boshlanib ketdi.

Bizning 40-sonli umumtaʼlim maktabimizda ham qaror asosida sinflar uchun maxsus xonalar ajratish va ularni jihozlash , bolalarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish, taʼlim sifatini yanada yuqori bosqichlarga koʻtarish va darslarga puxta tayyorgarlik koʻrish kabi ishlar boshlab yuborildi. Qarorga asosan joriy oʻquv yilidan boshlab 1-sinf oʻquvchilari chet tilida oʻyinlar oʻynaydi, ogʻzaki soʻzlashadilar, 2-sinfdan esa alifbo oʻqish va grammatikani oʻrganishga kirishadilar.

Albatta boshlangʻich taʼlim kelgusi taʼlim bosqichlarining asosi boʻlib xizmat qiladi. Maktabimizda ingliz tilini oʻrganishga bagʻishlangan burchak tashkil qilindi. Burchakka har yangi soʻzlar tarjimasi bilan yozib boriladi va mavzuga mos qiziqarli maʼlumotlar, krossvordlar ilib boriladi.

Albatta taʼlim tizimidagi islohotlardan koʻzlangan maqsad yurtimizning porloq kelajagini taʼminlash, maʼrifatli, mustaqil fikrlaydigan tashabbuskor yoshlarni voyaga yetkazishdan iboratdir.

2012-2013 oʻquv yilida "Dars muqaddas” tadbirining davomi sifatida "Oʻrgan-oʻrgat” tadbiri joriy etildi. Ushbu tadbirda maktabimiz oʻqituvchilari jadval asosida ochiq darslar tashkil qildilar. Ingliz tili fanidan esa 8 "V” – sinfda Ollaniyozova Amina "Klassik musiqa va raqs” mavzusida, 7 "V”–sinfda men "Reklama bu ....” mavzusida namunali ochiq darslar oʻtib berdik. Dars jarayonida biz yangi pedagogik texnologiyalardan va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib dars olib bordik. Darslar juda qiziqarli boʻlib oʻtdi.

Shuningdek 2012-yilning 11-may kuni respublika miqyosida uzluksiz taʼlimni tashkil etish boʻyicha koʻrgazma boʻlib oʻtdi. Bu tadbirda ham faol ishtirok etib, koʻrgazmali qurollardan, kartochkalardan va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanib, 31-maktabning 7-sinflarida "Orzular mamlakatiga xush kelibsiz” mavzusida dars oʻtdim.

Darsni bir nechta maktablardan oʻqituvchilar kelib kuzatdilar va oʻz tavsiyalarini berdilar. Darslarimizni mukammal tashkil etish uchun kelgusida ham harakat qilaveramiz.

 

Saida KARIMOVA,

40-sonli maktab ingliz tili fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026