16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:26
Salomatlik 👁 1,715

Ichimlik suvimiz tozami?

Ichimlik suvimiz tozami?

Savol: -Biz vodoprovod suvidan isteʼmol qilamiz. Isteʼmol qilayotgan ichimlik suvimiz tozami? Vodoprovod suvi qanday zararsizlantiriladi?

Javob: - Suv-obi hayot, usiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Suv inson va hayvonlar, oʻsimliklar dunyosi, xullas butun borliq uchun zarur boʻlgan tabiatning inʼomi. Suv –tabiatdagi eng oddiy qoʻshilma boʻlib, ikki atom hidrogen, bir atom oksigendan iborat.

Inson sihat-salomatligini saqlashda suvning ahamiyati juda katta. Organizmdagi fiziologik va moddalar almashish jarayonlarida aktiv qatnashadi. Maʼlumki odam tanasining 65 foizini suv tashkil qiladi. Organizmda 6-8 foiz suv yoʻqotilsa harorat koʻtariladi, teri qizarib yurak urishi , nafas olish tezlashadi, muskullar charchaydi, bosh aylanadi. 10 foiz miqdorda suv yoʻqotish organizmni ogʻir holatga tushirib qoʻyadi, 15-20 foiz suv yoʻqotish oʻlimga olib borishi mumkin. Suv katta issiqlik hajmiga ega, organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning hammasi, modda almashinish jarayonlari suvning ishtirokida oʻtadi. Suvning yana bir xususiyatlaridan biri, hujayralarning tsitoplazmasini va toʻqimalararo suyuqliklarini past haroratda, ularni muzlab qolishdan asrab qolish ehtimoli bor. Ichimlik suvi hech qanday toʻyimli xususiyatga ega boʻlmasada u organizmdagi hamma hayotiy jarayonlarni taʼminlaydi, ovqat hazm qilishda, moddalar almashinishida, toʻqima sintezida qatnashadi.

Ichimlik suvining koʻp qirrali xossalari va tarkibiy qismi aholining sogʻligiga, gigiyenik maqsadlar uchun, oziq-ovqatlar tayyorlash uchun foydalanganda xavfsiz, zararsiz boʻlmogʻi shart. Aholining kommunal xizmati uchun anchagina chuchuk suv sarflanadi. Masalan, kundalik organizmning fiziologik talabi 2,5-3 litrga, havo harorati koʻtarilganda 3-4 litrga, jismoniy mehnat havo harorati koʻtarilganda bajarilsa, suv isteʼmoli 6-8, goho 10 litrga yetishi mumkin. Tananing tozaligini saqlash uchun kunda jon boshiga 30-40 litr, uy xonalarining tozaligini saqlash uchun 10-15 litr, hojatxona uchun (kanalizatsiyali uylarda) 18-25 litr, daraxtlarni sugʻorishga 32-35 litr suv sarflanadi. Jami suv sarfi 1 kishi uchun 130-140 litr, katta shaharlarda esa 350-600 litr suv sarfi kuzatiladi. Har bir inson 70 yoshga kirganiga qadar 64-77 m3 suvni isteʼmol qilar ekan.

Bu – suv va suvdan foydalanish haqidagi tushunchalar edi. Endi men yuqoridagi savolga javob berishga harakat qilaman.

Markazlashgan vodoprovod suvi bilan taʼminlash maqsadida koʻpincha ochiq yuza suv havzalaridan foydalaniladi. Bizning tumanimizda ham vodoprovod suvi manbai Mangʻit arna kanali hisoblanadi. Ochiq suv havzalaridan olinadigan suv aholiga toza holatda yetib borishi uchun ularning sifati turli usullar bilan yaxshilanadi. Ular tindiriladi, koʻzga koʻrinmas osilmalardan tozalanadi. Mangʻit arna kanalidan suv nasos yordamida tuman suv tarmoqlari filiali hududidagi maxsus tindirgichlarga haydab beriladi. Tindirgichlar 3ta boʻlib, suv tarkibidan osigʻliq moddalar yoʻqotilib tindiriladi. Tindirgichlarda tindirilgan suv maxsus berk hovuz-rezervuarlarga tushadi. Pezervuarlardagi suvni yuqumli kasalliklar chaqiruvchi mikrob va viruslardan tozalash uchun suvga maxsus dezinfektsiya moddalari qoʻshiladi. Dezinfektsiya moddalari sifatida suyuq xlordan foydalaniladi. Suvni toʻla-toʻkis zararsiz holatga keltirish uchun suvdagi xlor miqdori yetarli boʻlishi zarur. Xlor suvga tushgach, faqat mikroblar bilan reaktsiyaga kirishmay, balki organik moddalar bilan ham reaktsiyaga kirishadi. Suvdagi bakteriyalarni oʻldiradi hamda suvdagi moddalarning xlor bilan toʻyinishini taʼminlaydi. Zararsizlantirilgan suv tarkibidagi xlor miqdori har soatda tekshirib turiladi va maxsus jurnalga qayd qilinib boriladi. Suv sinamalari tuman suv tarmoqlari filialidagi kimyoviy va bakteriologik laboratoriyalarga olib borib tekshiriladi va meʼyorda ushlab turiladi, zararsizlantirilgan suv tarmoqqa uzatiladi. DSENM xodimlari tomonidan grafik asosida vodoprovod tarmoqlaridan suv namunalari olinib boriladi. Olingan suv namunalari DSENM ning sanitariya-gigiyena va bakteriologik laboratoriyalarida tekshirilib, natijalari mutaxassislar tomonidan taxlil qilib boriladi.

Savolga Amudaryo tuman DSENMning kommunal gigiyena boʻlimi mudiri Ilhom Yusupov javob berdi.

Maqola “Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyatining Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Salomatlik – tuman boylik” nomli loyihasi doirasida tayyorlandi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026