18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 01:19
Jamiyat 👁 1,342

“BIZNING SAVDO RASTALARIMIZDA SIFATSIZ GOʻShT SOTILMAYDI”

“BIZNING SAVDO RASTALARIMIZDA SIFATSIZ GOʻShT SOTILMAYDI”

Har qanday mamlakat ijtimoiy hayotida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlan talabini qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash xalq farovonligini yuksaltirishning muhim omili sanaladi.

Davlatmiz mustaqillikka erishgan ilk kunlaridanoq ushbu sohaga qaratilgan ulkan eʼtibori, qishloq xoʻjaligida olib borilgan islohotlarning samarasi bugun hayotimizda oʻz ifodasini topmoqda. Yaʼni aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻla qondirish, bozorlarimizda narx-navoning barqarorligini saqlashdek muhim ijtimoiy masala hal etilmoqda.

Ayni kunlarda yurtimizning, tumanimizning bozorlariga borgan kishi xuddi yoz pishiqligi davridagidek xohlagan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini saralab olish imkoniga ega, toʻkinlik, maʼmurlikka beixtiyor shukrona aytadi, shu totli neʼmatlarni bunyodga keltirayotgan insonlarni duo qiladi.

Xalqimizning halol rizqi sotilayotgan shunday peshtaxtalardan baʼzi nobakor insonlarning shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish holatlari ham sodir boʻlayotganligidan ommaviy axborot vositalari orqali xabardor boʻlgan tumanimiz aholisi orasida ham turli fikr-mulohazalar uygʻonayotganidan koʻz yumolmaymiz. Bu yerdan gap “Sharshara” kolbasa tsexida eshak goʻshtini mol goʻshtiga aralashtirib, mahsulot tayyorlash holati, Toshkent shahri bozorlariga uyushgan jinoiy guruhning har oyda 5 tonnadan 15 tonnagacha oʻlimtik va kasallangan mollar goʻshtiga ishlov berib savdoga chiqarib kelgani haqida borayapti.

Shularni eʼtiborga olib, bu boradagi tumanimizdagi ahvol bilan gazetxonlarni tanishtirish maqsadida tuman Veterinariya boʻlimi boshligʻi Rustam Xudoyorovni suhbatga chorladik:

- Tuman Veterinariya boʻlimi tomonidan aholining goʻsht va goʻsht mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida asosan tumanimizda yirik shoxli mollar goʻsht uchun soʻyilmoqda. Soʻyiladigan mollar odam va hayvonlar uchun xos boʻlgan kasalliklarga qarshi soʻyishdan oldin veterinariya koʻrigidan oʻtkaziladi, yaʼni buning uchun soʻyiladigan qoramollarning qoni olinib, brutsellyoz kasalligiga tekshiriladi. Undan keyin soʻyiladigan qoramollarning veterinariya mutaxassislari tomonidan tana harorati oʻlchanadi. Urgʻochi qoramollarning boʻgʻoz-qisirligi aniqlanadi va ijobiy natija olingandan keyin maxsus kushxona yoki soʻyish maydonchasida soʻyishga ruxsat etiladi. Maxsus kushxona yoki soʻyish maydonchasida soʻyilgandan keyin veterinariya mutaxassislari tomonidan qoramolning ichki organlari veterinariya koʻrigidan oʻtkaziladi. Bunda taloq, jigar, qoramol kallasi va muskulli goʻshtlarda tekshirishlar oʻtkaziladi. Bu vaqtda organlarda oʻzgarish boʻlmasa, goʻsht tamgʻalanib, sotish uchun veteranariya shifokori tomonidan maʼlumotnoma beriladi. Agarda yuqorida koʻrsatilgan organlarda oʻzgarishlar boʻlsa, goʻsht qayta tekshirishdan oʻtkaziladi va yaroqsiz deb topilgan goʻsht yoʻq qilib tashlanadi.

Goʻsht sotish doʻkonlari 2 ta xonadan iborat, yaʼni sotish va nimtalash xonalari bor. Goʻsht sotish doʻkoni veterinariya-sanitariya talablariga javob berishi nazorat qilib boriladi. Buning uchun goʻsht doʻkoni toza boʻlishi, qoʻl yuvish uskunasi boʻlishi, sotuvchi va xodimlar tibbiyot koʻrigidan oʻtgan boʻlishi hamda maxsus kiyimda boʻlishi kerak.

Tumanimizda qishloq xoʻjalik hayvonlarini odam va hayvonlar uchun xos boʻlgan kasalliklardan himoya qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya Qoʻmitasi tomonidan belgilab berilgan reja asosida veterinariya tadbirlari olib borilmoqda. Asosan oʻtgan 2017-yil davomida 34640 bosh qoramol oʻta xavfli kasalliklar hisoblangan bruyetsllyoz kasalligiga serologik tekshirildi. 21400 bosh qoramol tuberkullyoz kasalligiga allergik tekshirildi, quturish kasalligiga profilaktik emlash 10620 bosh qoramolda, oqsil kasalligiga profilaktik emlash 53206 bosh qoramolda, kuydirgi kasalligiga profilaktik emlash 125998 bosh qoramolda, qorason kasalligiga profilaktik emlash 14850 bosh qoramolda oʻtkazildi va bundan tashqari yuqumli kasalliklarga qarshi diagnostik, kaprologik tekshirishlar oʻtkazildi.

Tuman veterinariya boʻlimi tomonidan olib borilayotgan veterinariya tadbirlarining samaradorligi sababli hududimizda qishlok xoʻjaligi va uy hayvonlari orasida yuqumli kasalliklar qayd qilinmadi. Bundan keyin ham veterinariya mutaxasislari tomonidan belgilangan reja asosida ishlar olib boriladi va bozorlarimiz rastalarida sifatli goʻsht va goʻsht mahsulotlari sotilishiga oʻz hissamizni qoʻshamiz.

 

R.XUDAYaROV, Veterinariya boʻlimi boshligʻi.

Oygul Rajabova yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026