16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:29
👁 2,284

Obod turmush yili yangiliklari

Obod turmush yili yangiliklari

Kelajakka tikilgan sarmoyalar

Istiqlol yillarida taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratilib, yoshlarimizning jismonan va maʼnan sogʻlom boʻlib yetishishlari uchun barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda. Birgina tumanimizda "2004-2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umumilliy dasturi” doirasida 72 ta taʼlim muassasasida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Joriy yilda 2 ta maktabda kapital rekonstruktsiya va 3 ta maktabda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 1 milliard 763 million soʻm mablagʻ ajratildi. Bu kabi ishlar kelgusida har tomonlama yetuk va barkamol avlod timsolida oʻz samarasini berishi shubhasiz.

Ravon yoʻllar – obodlik timsoli

Maʼlumki, Joriy yilda "Urganch shahri-Mangʻit shahri -Turkmaniston Respublikasi chegarasi" davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻlining 75,5-79,0 km oraligʻida smeta baxosi 4 milliard 270 mln soʻmlik, rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha yoʻl ostidan oʻtuvchi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari yangilandi, yoʻl chetiga toʻsiqlar qoʻyildi. Yoʻl boʻyiga simyogʻochlar va yoritkichlar oʻrnatilib, yoʻlni yoritish tizimi barpo qilindi. Shuningdek, yoʻl boʻyidagi piyodalar uchun yoʻlaklar yangidan qurilib, mavjudlari mukammal taʼmirlanmoqda.

30-avgust kuni yoʻlsozlar yoʻlning qora qoplamasini yotqizish ishlarini boshladilar. Ularning fidoyi va samarali sehnatlari bois tez kunlarda Mangʻit-Gurlan yoʻlining shaharga kirish qismi zamonaviy talablarga javob beradigan koʻrinishda foydalanishga topshiriladi.

Axborot-kommunikatsiya sohasi rivoji yoʻlida

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya sohasi tobora takomillashib, jahon standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlanmoqda. Bu borada tuman telekommunikatsiya tarmogʻida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Korxona bugungi kunda 4 mingdan ortiq abonentga xizmat qilmoqda. Abonentlarga yanada qulaylik yaratish va ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish maqsadida 2004-yilda analog telefon stantsiyalari zamonaviy raqamli telefon stantsiyalariga almashtirilgani ayni muddao boʻldi.

Ayni kunlarda korxona CDMA standartida ishlovchi uyali va simsiz statsionar telefon apparatlarini aholiga qulay narxlarda yetkazib bermoqda. Shuningdek, Uzonline internet provayderiga ulanish borasida qator imtiyozlar berilib, mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan joriy yil 30-sentyabrgacha tarmoqqa ulangan abonent (jismoniy shaxs)larga 2200 megabayt bepul internet trafigi berilmoqda.

(Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyaga ega)

Sport – sogʻlom turmush garovi

Yurtimizda yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, ularning jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tumanimizdagi 3 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida yoshlarimizning sport bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, tuman umumtaʼlim maktablaridagi 40 dan ortiq maxsus sport zallari, 250 ga yaqin sport maydonchalari ham shu maqsadga xizmat qilmoqda. Tumanimizdagi sport majmualarida 3000 nafardan ortiq yosh sportchilar sportning turli toʻgaraklariga qatnashib kelmoqda.

Mahalla – oʻzini oʻzi boshqarishning noyob usuli

Bugungi kunda tumanimizda 43 ta fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasida boʻlgan 30 dan ziyod ijtimoiy yoʻnalishdagi vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.

Tumanimizdagi namunali mahalla fuqarolar yigʻinlari Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan turli tanlovlarda gʻoliblar safida kelmoqda. "Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan "Eng namunali fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” tanlovining tuman va Respublika bosqichlarida birinchi oʻrinlarni egallagan Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini tanlovning mamlakat bosqichiga qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan edi. Endilikda ushbu fuqarolar yigʻinining ish tajribasidan koʻpchilik oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrnak olmoqda.

Sportchiga eʼtibor

"Hech narsa mamlakatni sport kabi tez dunyoga tanita olmaydi”, degan edi muhtaram Prezidentimiz. Yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalangan, oʻz ustida tinimsiz ishlab, malaka va tajribalarini, kuch va imkoniyatlarini oshirib borayotgan tumanimiz sportchilari bugun Respublika, mamlakat va dunyo miqyosidagi katta musobaqalarda ishtirok etib, gʻolib boʻlmoqdalar, sovrindorlar safidan joy olmoqdalar.

Ana shunday muvaffaqiyatga erishgan sportchilardan biri Elyor Masharipov sportning dzyu-do turi boʻyicha dunyo miqyosida erishgan natijalari uchun mustaqillik bayrami arafasida tuman hokimligining faxriy yorligʻi va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019