18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:39
Jamiyat 👁 1,197

ADABIYoTIMIZNING BARXAYoT SIYMOSI

ADABIYoTIMIZNING BARXAYoT  SIYMOSI

Har bir millatni jahonga tanitguvchi ulugʻ farzandlari boʻladi. Agar adabiyotni oladigan boʻlsak, oʻzbek mumtoz adabiyotimiz shohsupasida beqiyos iqtidor egasi Navoiy siymosi koʻz oldimizga keladi. Chunki Navoiygacha ham, undan keyin ham uning isteʼdodi darajasidagi inson hali dunyoga kelmagan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida inqilob yasagan shoir toʻgʻrisidagi haqiqatni oʻz davridayoq A.Jomiy “Xiradnomai Iskandariy”, Bobur “Boburnoma”, Xondamir “Makorim ul-axloq”, Muhammad Haydar Mirzo “Tarixi Rashidiy” asarlarida aniq-ravshan yozib qoldirishgan.

Navoiyning qaysi bir asarini mutolaa qilsak, bebaho bitiklarda insoniy tuygʻular, ezgu fazilatlar, obodonchilik va bunyodkorlik haqidagi fikrlar mujassamligini anglaymiz.

Hazrat Navoiy yurt tinchligi, Vatan obodligi, xalq farovonligi uchun yoshlarni bilim olishga, mehnat qilishga daʼvat etib, ilm komillikka eltuvchi kuch ekanini uqtiradi. Buyuk shoir ulugʻ murabbiy sifatida yoshlarni bilim olishga chorlaydi:

Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,

Qarilik chogʻi sarf qilgʻil ani.

Yoshlikda egallangan ilm-u hunar qudrati bilan betakror goʻzalliklar yaratilishini, ilm gavhari ong-u shuurimizni toabad ziynatlab, toshga oʻyilgan naqsh kabi boshqalarning ham hayotiga ziynat bagʻishlashini uqtiradi ulugʻ hazrat.

A.Navoiy asarlarining deyarli barchasi komil inson tarbiyasiga qaratilgan.

Hayot – betakror muattar gulshanki, inson ana shu gulshanga tarovat bagʻishlab turguvchi gul. Yaʼni, A.Navoiy aytmoqchi:

Ochilgʻon bu gulshanda inson guli,

Ne inson guli, bogʻi rizvon guli...

Insonning vujudi sharaf libosi ila ziynatlangan, boshi ulugʻlik tojiga sazovor, qalbi – sirlar uyi, chehrasi – pok ruh jilvagohi boʻlmish toza oynadir. U insonga taʼrif berishda uni buyuk olam, buyuk ijodkor, buyuk bunyodkor darajasida eʼzozlaydi. Shoirning shaxsida esa insonga oʻzi bergan taʼrif-u sifatlarning barchasi mujassam edi. Navoiyni abadiyatga daxldor qilgan asosiy xislatlari ham uning butun umri davomida umumbashariy gʻoyalar – insonparvarlik, axloqlilik, aqliy va hissiy komillikka intilib yashaganidir. Buyuk zot oʻzi taʼkidlaganidek:

«Har ne elga kom erur, kechti Navoiy baridin».

Navoiy insonda uch fazilat: tavozeʼ (kamtarlik), ato (minnatsiz ehson-hadya) va avf (kechirimlilik) sifatlari boʻlishi kerak deb hisoblaydi. U oʻzining har kuni, har lahzasini ongli ravishda el xizmati uchun sarfladi va buni eng ulugʻ kamolot darajasiga yetishish deb bildi. Oʻz zamonasining davlatmandi va amaldori boʻlgan Navoiy mol-dunyosining ikki foizini oʻz shaxsiy ehtiyojlariga sarfladi. Qolgan 98 foizini – har yili ikki ming kishiga ust-bosh ulashishga, yuzdan ortiq bino va inshootlar, shifoxona, masjid, madrasa, koʻprik, ariq-kanallar, band-toʻgʻonlar qurishga, oddiy kishilardan olimlargacha mablagʻ, hovli-joylar bilan taʼminlashga sarfladi. Elga qilingan yaxshilik – moddiy-maʼnaviy ehsonlardan ulugʻroq savob boʻlmaydi. Shuning uchun shoir boshqa amaldorlarga ham murojaat qilib, ularni taʼmagirlikdan tiyilishga, elga moddiy koʻmak berishga chaqirdi.

Navoiyning umr boʻyi bunyod etgan bino va inshootlari haqida zamondoshi Bobur Mirzo: “Muncha binoi xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoqqa muvaffaq boʻlmish boʻlgʻay”, degan boʻlsa, uning ilm-fan ahllariga ham moddiy, ham maʼnaviy homiyligi haqida: “Fazl ahli va hunar ahliga Alisherbekchalik murabbiy va homiylik qilgan odam dunyoda boshqa topilmasa kerak. Sozda peshqadam boʻlgan ustoz Qulmuhammad, Shayx Noyi va Husayin Udiy bekning tarbiyasi hamda homiyligi bilan shuncha kamol topib, shuhrat qozondilar. Ustoz Behzod va Shoh Muzaffar tasvirda bekning saʼy-harakati bilan maʼlum va mashhur boʻldilar”, – deya hayratlanib yozadi.

Xalqimizning yana bir buyuk farzandi, atoqli shoirimiz Abdulla Oripov: “Qilich tigʻi yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher”, deb yozganidek, Navoiyning butun dunyoga mashhur boʻlishida oʻzining mislsiz isteʼdodi bilan birgalikda oʻlmas adabiy qahramonlarining, saxovatpeshalik bobidagi ishlarining ham katta oʻrni bor, albatta. Jahon ahli tan olishining isboti sifatida esa buyuk bobokalonimizning haykallari dunyoning ikki tomonida – Tokio va Moskvada qad rostlab turganligini aytish mumkin.

Biz oʻzimizni Navoiy vorislari deb hisoblar ekanmiz, ulugʻ hazrat merosidan bahramandlik baxti har bir adabiyot ixlosmandiga nasib etishini taʼminlash sharafli burchimizdir.

Ahmad NAFASOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026