16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:20
Adabiyot 👁 424

“Navoiy siymosiga ulugʻ ehtirom” nomli tadbir boʻlib oʻtdi

“Navoiy siymosiga ulugʻ ehtirom” nomli tadbir boʻlib oʻtdi

Alisher Navoiy - oʻzbek xalqining ulugʻ shoiri va buyuk mutaffakiri boʻlib, uning nomi dunyoning eng mashhur shoirlari qatorida tilga olinadi. Navoiy butun ijodiy faoliyatini insoniyatning baxti uchun kurashga, xalqning osoyishtaligi, obodonchilik ishlari, sanʼat hamda adabiyot taraqqiyotiga bagʻishladi.

Ulugʻ mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʻ bobokalonimizga ehtirom koʻrsatish, asarlarini oʻrganish, uni dunyoda keng targʻib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.

9-fevral sanasi buyuk siymo tavalludi sifatida har yili keng miqyosda nishonlanadi. Barcha taʼlim muassasalarida ababiy-badiiy kechalar tashkil qilinadi.
Xususan, tumanimizdagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida ham Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabatiga bagʻishlangan badiiy kecha boʻlib oʻtdi.
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, bunday tadbirlar tashkil qilinishi ulugʻ bobokalonimizning boy adabiy merosini oʻrganish va targʻib etishni keng yoʻlga qoʻyish, oʻquvchi-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda oʻtkazilgan “Navoiy siymosiga ulugʻ ehtirom” deya nomlangan tadbirda maktabning 6-sinf oʻquvchilari ajoyib chiqishlar qildilar. Badiiy kecha 6-“B” sinf oʻquvchilari hamda sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Dilnoza Xudoyberganova tashabbuskorligida boʻlib oʻtdi. Tadbirni maktabning maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Baxtiyor Nasrullayev ochib berdi hamda mutafakkir isteʼdodi va ijodi haqida iliq fikrlar bildirdi.
Badiiy kecha boshida oʻquvchilar buyuk siymo mashaqqatli hayoti hamda betakror ijodi xususida qiziqarli maʼlumotlar bayon qildilar.

Darhaqiqat, Alisher Navoiy ham sheʼriyatda, ham nasrda mislsiz maʼnaviy meros qoldirdi. Uning asarlarini butun jahon xalqlari sevib mutolaa qiladi. Navoiy ijodining gultoji, turkiy tilda yozilgan ilk “Xamsa” asari beshta dostonni oʻz ichiga olib, bular “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabbai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlaridir.

Shuningdek, Navoiy asarlarining barchasida asosiy mavzusi komil insonni tarbiyalash boʻlib, bunga esa faqatgina ilm oʻrganish orqaligina erishish mumkinligi taʼkidlandi.

Darhaqiqat, xalqimizning ulugʻ mutafakkiri, maʼrifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida eʼtibor bergan. U har bir asari orqali farzandlarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, oʻrganilgan ilm va hunarni xalq, Vatan ravnaqi yoʻlida sarf qilish zarurligini uqtirgan.

Badiiy kechada oʻquvchilar Alisher Navoiy gʻazallari, ruboiylaridan parchalar aytdilar. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan Navoiy va Guli suhbati, Husayn Boyqaro va Navoiy suhbati sahna koʻrinishlari ijro qilindi. Kechada ishtirok etayotganlar sahna koʻrinishlarini maroq bilan tomosha qildilar. Ayniqsa, sinf qizlari ijrosidagi “Bibixonim” raqsi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Tadbirda nafaqat oʻquvchilarning, balki ishtirok qilayotgan boshqa fanlar oʻqituvchilarining adabiyotga va badiiy soʻz sanʼatiga boʻlgan qiziqishlari yanada oshdi.
Badiiy kecha barchada katta taassurot qoldirdi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019