16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:26
Salomatlik 👁 2,777

BRUTsELLYoZ HAYVONLARGA XOS KASALLIK, LEKIN INSONGA HAM YuQIShI MUMKIN

BRUTsELLYoZ HAYVONLARGA XOS KASALLIK, LEKIN INSONGA HAM YuQIShI MUMKIN

Brutsellyoz qishloq xoʻjalik va uy hayvonlari oʻrtasida keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Bu kasallik bilan odam ham kasallanadi. Odamlarda xastalik koʻproq surunkali kechadi va bemorning uzoq muddatga ish qobiliyatini yoʻqotishiga va hatto, nogironlikka olib keladi.

Respublikamizda chorvachilik keng rivojlangan. Chorva hayvonlari brutsellalarga oʻta sezuvchan hisoblanadi. Kasallik koʻproq mayda shoxli hayvonlardan yuqadi. Brutsellyozga chalingan hayvonlar oʻz vaqtida sogʻlom hayvonlardan ajratilmasa, kasallik koʻpayishiga zamin yaratiladi. Shuningdek, kasallik koʻpchilik boʻrdoqichilik fermer va shaxsiy xoʻjaliklarda, mayda va yirik shoxli hayvonlar birgalikda saqlanganda ham osongina yuqadi. Bunday sharoitlarda infektsiya mayda shoxli hayvonlardan yirik shoxli hayvonlarga yuqib, oxir-oqibat fermer xoʻjaligi xodimlari, sut sogʻuvchilar, choʻponlar, traktorchilar va boshqa xodimlarning kasallanishiga sabab boʻladi.

Hayvonlardan brutsellalar tashqi muhitga soʻlak, sut, qon, jinsiy aʼzolar suyuqligi, platsenta va chala tugʻilgan qoʻzichoq, buzoq orqali ajraladi va tevarak-atrofni ifloslantiradi. Mayda shoxli hayvonlardan kasallik asosan xizmatchilarga hayvonlarni boqishda va parvarish qilish natijasida yuqadi.

Kasallikning yashirin davri 3 haftadan 6 haftagacha davom etadi. Kasallik asta-sekin va bilinar-bilinmas darajada boshlanadi. Koʻpincha xastalik 30 kungacha, goho esa 2 oygacha davom etadi. Bemorlarda haroratning koʻtarilishi, et uvishishi, asabiylashish va mushaklarda ogʻriq turishi kuzatiladi. Shuningdek, teri va tashqi shilliq parda rangining oqarishi va kamqonlik, haroratning oshib ketishi, tilni oq karash qoplashi ham kuzatiladi. Kasallikka xos belgilardan biri haroratning oshishi boʻlib, harorat 7-12 kungacha pasaymaydi.

Kasallikning yarim oʻtkir turida yuqoridagi klinik belgilardan tashqari, limfa bezlarining kattalashishi, jigar va taloqning shishi roʻy beradi. Harakat va tayanch aʼzolarida artralgiya, oyoqning yirik boʻgʻimlarida ogʻriq sezilishi, qoʻl boʻgʻimlarida artrit belgilari va boʻgʻimlar harakatining cheklanishi kuzatiladi. Uyqusizlik, bosh ogʻrishi yuzaga keladi. Jinsiy va tanosil aʼzolarida baʼzi kasalliklar, ayollarda hayz koʻrishning buzilishi, bola tushishi, va muddatidan ilgari tugʻish hollari roʻy beradi.

Kasallikning asosiy manbaini hisobga olgan holda turli xil qishloq xoʻjalik hayvonlarini brutsellyoz bor yoʻqligi boʻyicha laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish va hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Brutsellyozga nisbatan laboratoriya tekshiruvi manfiy natija bergan hayvonlarni tezda brutsellyozga qarshi emlash lozim.

Kasallik manbaini oʻz vaqtida aniqlash va kasal boʻlgan hayvonlarni ajratib qoʻyish, xoʻjalik ishchi xodimlari orasida profilaktik choralar koʻrish, mabodo, kasallik aniqlansa, ularni darhol tekshirish va tegishli davo tayinlash zarur. Tibbiyot va veterinariya xodimlari orasida oʻzaro axborot berishni yoʻlga qoʻyish, epizootik va epidemiologik nazoratni kuchaytirish, bemor aniqlangan oila, shaxsiy xoʻjaliklar, fermer xoʻjaliklari va hayvonlar mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarning ishchilarini brutsellyoz bor-yoʻqligiga qarshi tekshirish kabi choralar talab qilinadi.

Kasallikning oldini olishda xom sut va sut mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik, ovqat tayyorlash jarayonida goʻsht mahsulotlariga yetarlicha termik ishlov berish, hayvon terisi va juniga ishlov berishda zarur texnologik qoidalarga rioya etish talab qilinadi.

Dilfuza Rahimova, revmatolog-shifokor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026