16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Adabiyot 👁 1,548

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

OʻZBEKISTON

Nurli kelajakka yoʻl olgan karvon,

Yoʻling boʻlsin osoyishta va ravon.

Tinchlikni qiroat etadi zabon,

Mangu ertak kabi tilda dostonim –

Jahon ichra buyuk Oʻzbekistonim!

Oltin, kumush, qora oltin koning bor,

Xirmon-xirmon paxta, gʻalla–doning bor.

Dasturxonlar toʻla issiq noning bor,

Mangu ertak kabi tilda dostonim –

Jahon ichra buyuk Oʻzbekistonim!

Toʻmaris-u, Barchinoyday magʻrursan,

Yuraklarda qaddi baland gʻurursan,

Zulmatni yoritgan eng yorugʻ nursan,

Mangu ertak kabi tilda dostonim –

Jahon ichra buyuk Oʻzbekistonim!

Yuksak marralarni koʻzlading, yurtim,

Farovonlik tomon yuzlanding, yurtim,

Ezgu soʻz, ezgu oʻy izlading, yurtim,

Mangu ertak kabi tilda dostonim, -

Jahonni lol etgan Oʻzbekistonim!

Gulmira Rahmatullayeva,

64-sonli maktab oʻquvchisi.

Sizdek inson yoʻqdir, bobojon

Sizdek inson yoʻqdir bobojon, buyuk,

Siz biz uchun doim azizsiz, suyuk.

Berdingiz yurtga yuksak maʼnaviyat,

Huquqiy jamiyat, oliy qadriyat.

Aziz Bobojonim, mingdan-ming rahmat!

Xalq manfaatini oʻylab har doim,

Har gʻarib koʻngilga berdingiz yordam.

Adolat yoʻlini etib bardavom –

Qoldirdingiz bizga mustaqil Vatan.

Aziz Bobojonim, mingdan-ming rahmat!

Endi mustaqilmiz, ravon yoʻlimiz,

Obod boʻlayotir oʻng-u soʻlimiz.

Xalqimiz tinch-totuv, mahalla obod,

Yurt shaʼnin koʻtarar barkamol avlod.

Aziz Bobojonim, mingdan-ming rahmat!

Nursuluv TOʻQLIBOYeVA,

Amudaryo agrobiznes kasb-hunar

kolleji oʻquvchisi, «Yosh muxbirlar» toʻgaragi aʼzosi.

TURNALARNI SOGʻINIB...

Kuz faslida “quv-quv” lab,

Turnalar ketib qoldi.

Mening dilim huvullab,

Xayr-xoʻsh aytib qoldim.

Qay yurtga ketishdilar,

Yurtimdan ketib netar?

Bilsam, qorli qish fasli,

Toʻgʻri kelmaskan asli.

Mayli, omon boʻlinglar,

Issiq yurtga yetinglar.

Fasli bahor kelganda,

Yana qayting, oʻlkamga!

Dilshodbek BIDOShEV, 11-sonli maktab oʻquvchisi.

Qish kechasi

Qish kechasi. Hammayoq oppoq,

Qor tagida qirlar, dalalar.

Hali kechki sovuq tushmayoq

Yaxlab qolar goʻyo havolar.

Koʻkda bedor oy-u yulduzlar,

Qishbobo ham hech uxlay olmas

U tonggacha qishloq aylanib,

Oynalarga gul chizib tolmas.

Sevara Safarboyeva, Amudaryo akademik

litseyi oʻquvchisi.

UNUTMAYMIZ!

Sezilmoqda jahon shodligi,

Farzandlardir Vatan boyligi,

Ulgʻaymoqda koʻp Navoiylar

Ular endi dunyo borligʻi.

Gʻazallari dillarga orom

Ulashadi har bir soniya.

Navoiyga quloq tutinglar,

Yetaklaydi ilm koniga.

Gullar eking, tuproqni oʻpib,

Ilhom berar xushboʻy hidlari

Asrlarni qoldirib ortda,

Kelayapti shoir nomlari.

Sizdir oʻsha tabarruk inson,

Donolarning donosidirsiz

Ruhingiz shod boʻlsin har qachon

Unutmaydi oʻgʻil-qizingiz.

Dildora RAJABOVA,

«Bogʻ» mahallasi.

MIR ALIShER BOBOMLAR

Har bir soʻzi hikmatli,

Hayot yoʻli ibratli.

Har koʻngilga azizlar,

Mir Alisher bobomlar.

Gʻazal mulkin sultoni,

Goʻzal har bir dostoni.

Soʻz aro buyukdirlar,

Mir Alisher bobomlar.

Dunyoga dong taratgan,

“Xamsa”ni u yaratgan.

Qush tilin ham bilganlar,

Mir Alisher bobomlar.

Irodaxon BEKIMBETOVA, 30-maktab oʻquvchisi.

GUL KABI

Bil, Navoiydan bagʻoyat manfaat

Koʻp erur koʻngil qoʻyib uqsang faqat.

Oʻqisam boʻldi dema, takror koʻr,

Yuzaki yuzlanma-chin yuz bor koʻr.

Yod tutib yurgin oʻgit – pandin yaqin,

Qaydadir qaymoq asar andin yaqin.

Hikmatin qalbda avayla mulk kabi,

Joningga jonon aylab gul kabi!

Jumaboy HIDOYaTOV,

«Jayxun ilhomlari» NNT aʼzosi.

TABIATNI ASRAYLIK!

Inson oʻzi shunaqa,

Istaganin bajarar.

Tabiatga gohida,

Hatto ozor yetkazar.

Baʼzilar behudaga,

Daraxtlarni kesadi.

Soʻlim bogʻlar qoʻynida,

Xazonlarni yoqadi.

Bogʻchada va maktabda,

Oʻrgatishar odobni.

Meʼyor bor tabiatda,

Degan ilm-u kitobni.

Qancha koʻp oʻqisa-da,

Ayrimlar hech uqmaydi.

Kuzda, bahor faslida,

Bitta koʻchat ekmaydi.

Axlat tashlar suvlarga,

Uyib qoʻyar yoʻllarga.

Bogʻlarda yoqib xazon,

Zahar sochar dillarga.

Keling, doʻstlar birlashib,

Koʻp-koʻp koʻchat ekaylik.

Aql bilan oʻylashib,

Sof havo yarataylik!

Otanazar AHMEDOV,

64-sonli maktab oʻquvchisi.

Anor

Men anorman, durdona,

Magʻzim toʻq, dona-dona,

Bagʻrim toʻla darmon bor,

Zoʻr mevaman dorivor.

Boshimda bordir tojim,

Misli yoqut marjonim.

Dasturxon ziynatiman,

Bogʻbonning himmatiman.

Shahlo Ibrohimova,

14-sonli maktab oʻquvchisi.

ISLOM BOBOM

Buyuklar ichra buyuk,

Bobomlar ichra suyuk.

Islom bobom qurgan Yurt–

Barcha yurtlardan buyuk.

Suratingiz xonamda,

Boqib turar muloyim.

«Aqlli boʻl, bolam», deb,

Uqtirasiz Siz doim.

Yaxshi oʻqib, bobojon,

Ishonchingiz oqlayman.

Yoʻlimizda zoʻr imkon,

Izlanishdan tolmayman!

Mahliyo BOZORBOYeVA, 78-maktab oʻquvchisi.

UMID

Umidlar koʻksida yuraman uchib,

Orzular osmoni bagʻriga chorlar.

Ishonchlar yelkanin mahkamroq tutib,

Uchaman, yoʻlimda porlar chiroqlar.

Sen menga eslatma oʻtgan kunlarni,

Ortimda qolsin u mudhish tush kabi,

Seni koʻrganimda mudroq hislarni,

Uygʻotib, kel yana navbahor kabi.

Sogʻinchdan soʻz aytsin oʻshanda koʻzlar,

Shirin xotiralar dillarni silab.

Muhabbat shavqidan yashnasin yuzlar

Yaxshilar kelsinlar baxtimiz tilab.

Adolat Sultonova, Melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji kimyo fani oʻqituvchisi.

TABIATNI ASRAYLIK!

Inson oʻzi shunaqa,

Istaganin bajarar.

Tabiatga gohida,

Hatto ozor yetkazar.

Baʼzilar behudaga,

Daraxtlarni kesadi.

Soʻlim bogʻlar qoʻynida,

Xazonlarni yoqadi.

Bogʻchada va maktabda,

Oʻrgatishar odobni.

Meʼyor bor tabiatda,

Degan ilm-u kitobni.

Qancha koʻp oʻqisa-da,

Ayrimlar hech uqmaydi.

Kuzda, bahor faslida,

Bitta koʻchat ekmaydi.

Axlat tashlar suvlarga,

Uyib qoʻyar yoʻllarga.

Bogʻlarda yoqib xazon,

Zahar sochar dillarga.

Keling, doʻstlar birlashib,

Koʻp-koʻp koʻchat ekaylik.

Aql bilan oʻylashib,

Sof havo yarataylik!

Otanazar AHMEDOV,

64-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019