16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Siyosat 👁 3,189

ISTIQLOL QUYoShING PORLASIN, ELIM!

ISTIQLOL QUYoShING PORLASIN, ELIM!

Mamlakatimizda istiqlol tongi otganiga mana bu yil roppa-rosa yigirma ikki yil toʻlmoqda. Bu nurli tong yogʻdusidan butun mamlakatimiz nurafshon boʻldi. Qalblarimiz istiqlol quyoshi nurlari bilan munavvar boʻlib, erkinlik, ozodlik va hurriyat kabi asriy orzularimiz roʻyobga chiqdi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatining poydevori qoʻyilib, yangi rivojlanish, taraqqiyot va gullab-yashnash davri boshlandi. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida taraqqiyot yoʻlining beshta tamoyili asosida "Oʻzbek modeli” – Oʻzbekiston taraqqiyoti strategiyasi ishlab chiqilib, izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi va mamlakatimizning barcha sohalari hamda jabhalarida tub islohotlar oʻtkazilib, jamiyatimiz qiyofasi tubdan yangilandi. Nihoyatda koʻlamdor va benihoya keng miqyosda oʻtkazilayotgan chuqur islohotlar ayni davrda oʻzining yuksak samaralarini berib, mamlakatimiz keng va ravon rivojlanish hamda barqarorlik yoʻliga tushdi hamda jahon hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrniga ega boʻldi.

Darhaqiqat, mustaqil mamlakatimiz bosib oʻtgan yigirma ikki yillik tarixiy rivojlanish davri-istiqlolimiz solnomasiga zarhal harflar bilan bitilgan barcha tarmoq va sohalardagi mislsiz muvaffaqiyatlar va yutuqlar davri boʻldi. Endilikda mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan yilga yuksalib, shaharlarimiz va qishloqlarimiz qiyofasi yangi chiroy, yangi koʻrk bilan yuz ochib yanada goʻzallashdi, tanib boʻlmas darajada boshdan oyoq oʻzgardi, yangilandi. Bunday chiroyli oʻzgarishlar va yangilanishlarni tumanimiz misoli va qiyofasida ham yaqqol koʻrishimiz mumkin. Qishloqlarimizda shu kungacha 227 ta yangi namunaviy loyihadagi uy-joylar qad rostladi. Yangi maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va shifo maskanlari, yangi ishlab chiqarish korxonalari, maʼmuriy, madaniy-maishiy va servis xizmati binolari, yangi buyum bozori qurilib ishga tushirildi. Bunga minglab yakka tartibda qurilgan va qurilayotgan yangi uy-joylarniyam qoʻshsak, tumanimiz keng koʻlamdagi qurilish - bunyodkorlik maydoniga aylanganini koʻramiz.

Shu maʼnoda istiqlol nafaqat erkinlik va hurriyat, rivojlanish va yuksalish, balki, bunyodkorlik va yangilanish ham demakdir. Bizlarning har birimiz, qariyosh barchamiz mana shu mislsiz koʻlamdor bunyodkorlik maydonida oʻzlarimizning joʻshqin kuch-gʻayratimizni, ijodkorlik va yaratuvchilik salohiyatimizni sarflab, yangi jamiyat qurilishida faol qatnashmoqdamiz. Bunday faollik va yaratuvchilik bizning barchamizga cheksiz baxtiyorlik va iftixor tuygʻularini baxsh etadi. Mana shunday joʻshqin baxtiyorlik va iftixor tuygʻulari "Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil Oʻzbekiston!” shiori ostida oʻtkazilgan tumanimiz ahlining istiqlol bayramida yaqqol namoyon boʻldi. Joriy 2013-yil 29-avgust kuni Mangʻit shahridagi 3-sonli BOʻSM sport maydonida oʻtkazilgan istiqlol bayramiga ertalabdanoq minglab odamlar tashrif buyurishdi. Ularning koʻpchiligi yoshlardan iborat boʻldi.

Tumanimiz yosh sanʼatkorlari va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan kontsert dasturida jaranglayotgan Vatanni, istiqlol va tinchlik hamda porloq istiqbolimiz, baxtu saodatimizni sharaflab ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar bayram ishtirokchilari qalblariga yoʻl topib, ularga koʻtarinki ruh, shodon kayfiyat bagʻishladi.

Bayram maydoniga kiraverishda tumanimiz xoʻjaliklarining alohida-alohida oʻtovlarida mirishkor dehqonlarimiz, sohibkor bogʻbonlarimiz va mohir chor-vadorlarimiz hamda tadbirkor fermerlarimiz tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari, pazandalarimiz tayyorlagan har xil taomlar va pishiriqlar, qoʻli gul usta hunarmandlarimiz ishlagan uy-roʻzgʻor buyumlari har bir kishining diqqatini oʻziga tortib, bayram tarovatiga tarovat, koʻrkiga koʻrk qoʻshib turdi.

Tadbirda tumanimiz hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Rajabboy Yoʻldoshev barchani istiqlol bayrami bilan tabriklab nutq soʻzladi. U oʻz nutqida mustaqillik sharofati tufayli tumanimizda erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatlar, ayni kunlarda olib borilayotgan koʻlamdor bunyodkorlik ishlari va kelgusidagi yuksak marralar, katta-katta rejalar hamda loyihalar haqida batafsil toʻxtaldi.

Bayram kuy-qoʻshiqlari zamonaviy sport oʻyinlari va anʼanaviy sport turlaridan kurash, arqon tortish, qoʻchqor urishtirish, xoʻrozlar bahsi, itlar olishuvi, dorbozlar oʻyini, masxarabozlar tomoshalariga ulanib, bayram ishtirokchilarining zavqiga zavq, shavqiga shavq qoʻshdi.

Bayram shukuhi barchaning qalblarida joʻsh urdi.

Davru davron, tinch zamon endi seniki,

Hurriyat bayrogʻin baland tut, oʻgʻlim.

Musaffo, osuda osmoning uzra,

Istiqlol quyoshing porlasin, elim.

Qobul ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019