16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:33
Adabiyot 👁 1,341

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

AYoL VASFI

Dilxush oʻtayotgan ushbu damlarda,

Qiziydi siz haqda suhbat tobora.

Bu yerda boʻlmagan kimdir qaydadir,

Sizga sovgʻa tanlash bilan ovora.

 

Koʻngildagi sirdan Yaratgan ogoh,

Shirin soʻzingizga kimdir jon tikkan.

Chunki koʻngillarni zabt etgan nigoh,

Har dilga umidlar urugʻin ekkan.

 

Sizmisol xilqatni topmoq ilojsiz,

Mulki borliq ichra kezib to abad.

Shu sabab oshiqlar boshida tojsiz,

Shu sabab gullar ham qiladi hasad.

 

Siz borsiz – yasharib boradi olam.

Borliq hadya etar inʼomlarini.

Hatto ibrat oling deya tabiat,

Koʻrsatar sadoqat ahkomlarini:

 

– Vafo degan tuygʻu boʻlsin mustahkam,

Har bir oriyatli er yuragida –

deganday milliard yil aylanar Oy ham,

Ona-Yerimizning tevaragida.

 

Shoir zoti borki sarf qilgan umrin,

Shaʼningizga sheʼrlar ayta va ayta.

Sizning borligingiz uchun arziydi,

Kelmoqqa dunyoga qayta va qayta!

Ahmad NAFASOV,

«Jayxun ilhomlari» NNT raisi.

 

SOGʻINCh

(Onam xotirasiga)

Bahor kelsa huzurimizga,

Shoshar edim boladay boʻlib.

Joʻshar edi qalbimda hislar,

Ikki yuzim loladay boʻlib.

Chopar edim, chopaverardim,

Qoʻllarimda bir juft atirgul.

Hozir esa dunyoni gulga

Toʻldirmoqqa tayyorman butkul.

“Bolam!” degan bir ogʻiz soʻzga,

Alishaman borliq-olamni.

Bugun oʻzim onaman, lekin

Sogʻinaman mushfiq onamni.

Menga meros halolligingiz,

Toʻgʻrisoʻz-u soddaliklar ham.

Siz ketdingiz foniy dunyodan,

Tugaganday bolaliklar ham.

Yana bahor kelmoqda, ona,

Yana sizni eslayveraman.

Qoʻllarimda sizga hadyalar,

Diydoringiz istayveraman.

Bahor keldi, biroq siz yoʻqsiz,

Tasallisiz gʻarib qoldim men.

Onasi bor qarimas emish,

Bir bahorda qarib qoldim men.

Xayolimda olis xotira –

Tanish yoʻldan ketayapman jim...

Ota uyda siz yoʻqsiz endi,

Yurakkinam yigʻlaydi sim-sim.

Onaginam, mehribonginam,

Qayta-qayta eslayveraman.

“Aro yoʻlda qolgan bolam,” – deb,

Quchganingiz qoʻmsayveraman.

Necha kunki bormaganimni,

Kunlarimni adashmasdingiz.

Men doimo “adashar” edim.

Yolgʻonimga aldanmasdingiz,

Yana bahor yurtni bezadi,

Yana qushlar kelmoqda qaytib,

Yuragimda armon yigʻlaydi

Endi diydor kelmaydi qaytib.

Guloyim BEGJONOVA.

 

BAHOP TAShPIFI

Gulbahor keldi yana,

Ayozning dilin gʻashlab.

Yashillandi qir-dala,

Vatanga koʻrk bagʻishlab.

Baland uchgan turnalar,

“Quv-quv”lashib sayraydi.

Muzlab yotgan arnalar

Shovullashib yayraydi.

Yeroʻchoqlar qurilib,

Doshqozonlar joylandi.

Momolar yeng shimirib,

Sumalakka shaylandi.

Yurtimning har goʻshasi,

Oldi bayram tusini.

Dilda mehnat nashʼasi,

Koʻz-koʻzladi oʻzini!

Sayyora XOLBOYeVA, Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

ZULFIYaXONIMGA

Vafo-yu sadoqat malikasisiz,

Sizdan oʻrnak olgay har bir ayol-qiz.

Ortingizda qolgan nurli, oʻchmas iz,

Men ham izingizdan boray izma-iz.

Qalbimda joʻsh urar nurli bir tugʻyon,

Ey doʻstim, qalbingning oynasiga boq!

Buyuk shoiramiz yashaydi uygʻoq,

Mehr-u muhabbatdan bergancha saboq.

Yuraklar toʻrida ismingiz mangu,

Dillarga sochasiz nurlarni, ezgu.

Nazmiy osmon aro joʻshqin qasida –

Abadiy porlaydi yulduz – Zulfiya!

Aziza OʻPOZBOYeVA, 32-sonli

maktab oʻquvchisi.

 

AYoLLAPGA BAYPAM HAZILI

“Quyosh kulib boqqan kun,

Bahor tanga yoqqan kun”,

Choʻntaklarim boʻshatgan,

Xarajatlar «chaqqan» kun.

Sakkizinchi mart bu kun.

Yigitlarga dard bu kun.

Choʻntaklarda aqcha yoʻq,

Plastik ham boʻshagan.

Yigitlar yerga qarab,

Boshlarini qashlagan.

Kiyim yuvib, dazmollash,

Hamma joyni tozalash,

Ovqat vaqti boʻlibdi,

Hali qancha ish qalash.

Sigir sogʻib, non yopish,

Oʻchoqqa oʻtin yoqish,

Oʻylaydi er bechora:

“Mumkinmasmikan qochish?”

Ayol dashnom beradi,

Er ham bazoʻr kuladi.

Koʻnglidan oʻtganini,

Faqat oʻzi biladi.

Ovqat tagiga olgan,

Choy ham qaynab, toʻkilgan.

Chala yuvgan kiyimlar,

Panglari soʻlib qolgan.

Aylanmaydi soʻzga til:

«Erkak zotin hurmat qil,

Erkak uyda bosh boʻlsa,

Oilang baxtidir shul».

Bugun sizlarga atab,

Bayram bilan tabriklab,

Yozdi kichik bir hazil,

Hurmati bisyor Odil.

Adilboy AMETOV, 27-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

ONAMGA

Mehribon onajonim,

Bayramingiz muborak!

Eʼzozlab bugun sizni,

Aytayin sheʼriy tilak.

Qaygʻurasiz biz uchun,

Yonib-kuyib yashaysiz.

Tinim bilmay tun-u kun,

Baxtimizni oʻylaysiz.

Mehribon onajonim,

Taʼzim qilaman sizga.

Tilagim shu, sogʻ boʻling,

Kiringiz albat yuzga.

Sevinch Toʻliboyeva, 2-sonli maktab oʻquvchisi.

 

QIZLAP

Uyni ozoda tutmoq,

Shirin taom pishirmoq,

Ish buyursa, “xoʻp”, demoq,

Yarashadi qizlarga.

 

Qizlar, qizlar, jon qizlar!

Goʻzallikka boy qizlar.

Gap yoʻq ular ishiga,

Oʻzbegim qizlariga.

Sabohat Bozorboyeva, 14-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchisi.

 

VOLIDA

Poyiga arziydi gullar toʻshasang,

Asli jannat ular poyida, axir.

Siringni aytsang ham sira sotmagan,

Eng yaqin doʻsting ham volidang, axir.

 

Sening uchun umrini baxshida etgan,

Kerak boʻlsa kechgan shirin jonidan.

Tunni-tongga ulab, ertaklar bitgan,

Jondan kechmoqqa ham tayyor, volidang.

 

Ona mehri – daryo, chashmasi- zilol,

Sen shu chashmadan suv ichgan nihol.

Yuragida qancha dard-alam boʻlsa,

Shuncha azoblarga chidagan ayol!

Husnora JALGʻAShOVA, 40-maktabning 8-sinf oʻquvchisi.

 

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026