16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:52
Salomatlik 👁 6,979

ZAXM – YuQUMLI TANOSIL KASALLIGI

ZAXM – YuQUMLI TANOSIL KASALLIGI

Mamlakatimizda tibbiyot sohasining jadal rivojlanishi, ayniqsa odamlarga ayrim kasalliklar boʻyicha bepul tibbiy xizmat koʻrsatilishi natijasida birqancha turdagi yuqumli kasalliklar sezilarli darajada kamaydi.

Masalan tanosil kasalliklari turkumiga kiradigan zaxm kasalligini olaylik. Bundan 30-yillarcha oldin aholi orasida ancha koʻp boʻlgan bunday kasallik hozirgi kunda kamdan kam uchraydi.

Ammo toʻqlikka shoʻxlik deganlaridek ayrim yurtdoshlarimiz ichkilikka ruju qoʻyishib, mast holda notanish ayollar bilan jinsiy yaqinlik qilishlari sababli shunday baloga giriftor boʻlishadi.

Xoʻsh, bu turdagi kasallik haqida biz nimalarni bilamiz?

“Zaxm” soʻzi fors tilida “jarohat”, lotin tilida esa “yuqumli manba” degan maʼnoni bildiradi. Zaxm – bu oqish treponema mikrobi bilan chaqiriladigan, asosan, jinsiy yoʻl orqali yuqadigan, naslga oʻtuvchi surunkali tanosil kasalligi hisoblanadi.

Dastlabki bosqichlarda bu kasallik faqat terini shikastlantiradi, keyingi bosqichlarda esa jamiki ichki aʼzolarda ogʻir jarohat oʻchoqlarini paydo qilishi mumkin.

Zaxm bilan ogʻrigan bemor kasallikning yuqumli bosqichlarida boshqalar uchun juda xavfli hisoblanadi. Kasallik turli yoʻllar bilan yuqishi mumkin. Ammo 95-98 foiz hollarda u faqat jinsiy aloqa orqali yuqadi.

Odam organizmiga yemiruvchan taʼsir koʻrsatuvchi kasallik qoʻzgʻatuvchilari – rangsiz spiroxetalar terining tirnalgan, shilingan joylaridan oʻtib, xastalikni yuzaga keltiradi. Koʻpincha kasallikning ilk alomatlari teriga yuqumli manba tushganidan 20-25 kun oʻtgach paydo boʻladi. Bu – zaxmning yashirin davri hisoblanadi. Hali ilk belgilar paydo boʻlmagan shu davrda ham bemor jinsiy aloqa yoʻli bilan oʻz kasalligini boshqalarga yuqtirishi mumkin. Kasallikning yashirin (inkubatsion) bosqichi oʻrtacha 3-4 haftaga teng deyilsa-da, goho bu davr uzoqroq yoki aksincha qisqaroq davom etishi ham mumkin.

Zaxmning birlamchi davri yashirin bosqichdan soʻng, yaʼni zinokorlikdan 3-4 hafta vaqt oʻtgach boshlanadi. Bu payt oqish treponemalar kirgan joyda yara paydo boʻladi. Qattiq shankr deb ataluvchi bu yara koʻpincha jinsiy aʼzolarda paydo boʻladi. Qattiq shankr yumaloq yoxud oval shaklli, deyarli ogʻriqsiz, pushtisimon rangli, qoʻl bilan paypaslab koʻrilganda qattiqligini sezish mumkin boʻlgan yara koʻrinishida ifodalanadi.

Zaxmning birlamchi davri oʻrtacha 6-7 hafta davom etadi. Odatda, yara paydo boʻlgandan 5-8 kun oʻtgach, yaqin tegradagi limfa tugunlarining shishib kattalashishi kuzatiladi. 3-4 hafta oʻtgach esa birlamchi, faol zaxmda barcha limfa tugunlarining kattalashishi roʻy beradi.

Kasallik dastlabki bosqichdayoq aniqlanib, davo choralari koʻrilmasa, zaxmning ikkinchi davri boshlanadi va 7-10 hafta oʻtgach, badan hamda oyoq qoʻllarga och qizgʻimtir toshmalar toshadi. Buning xavfli tomoni shundaki, toshmalar odamni unchalik bezovta qilmaydi. Shuning uchun ham koʻpchilik unga beparvo boʻlib, kasallikni navbatdagi bosqichga oʻtkazib yuborishi mumkin.

Bu davrda baʼzi bemorlarda soch toʻkilishi, boʻyin, toʻsh terisi rangining oqarishi kuzatiladi. Bemor bu davrda ham davolanmasa, kasallik yuqqanidan 3-4-yil oʻtgach, zaxmning uchunchi davri boshlanadi. Bu davrda terining chuqur qatlamlari, suyaklar, ichki aʼzolar shikastlanadi. Suyaklar yemirilishi natijasida burun egarsimon boʻlib qolishi mumkin.

Shuningdek, tomirlar yupqalanishi natijasida yorilib ketib, bemorning halok boʻlishi hollari ham uchraydi. Zaxm yuqumli manbasi orqa miyaga oʻtib ketganda, odam koʻr, telba yoki falaj boʻlib qolishi ehtimoldan holi emas.

Kasallik ayniqsa zurriyotga oʻta salbiy taʼsir koʻrsatadi. U naslga ham oʻtishi mumkin.

Zaxm tanosil kasalliklari shifokori tomonidan aniqlanib, maxsus reja asosida, muttasil va uzoqroq vaqt davolashni talab etadigan oʻta xatarli dard hisoblanadi. Oʻzida ushbu dardning belgilari mavjudligini gumon qilgan shaxslar zudlik bilan teri tanosil kasalligi shifokorlariga murojaat qilishlari lozim.

Karimboy Masharipov,

tuman koʻp tarmoqli markaziy

poliklinikasi shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019