16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:29
Adabiyot 👁 1,286

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

VATAN

Bahoringning shamolida tarqar achchiq alamlar,

Yurt baxtini allalaydi pari-paykar sanamlar,

Oʻtinchim shul, eng avvalo inson boʻling, odamlar,

Shunda bizdan bobolar shod, Vatan rozi boʻlajak,

Qoʻlingizda burda non cheksiz shodlik berajak.

Tanim aro Toʻmaris-u Bibixonim qoni bor,

Soʻzlaganda soʻzlarimda Buyuk Temur shoni bor,

Jon asragan yuragimda, Paygʻambar imoni bor,

Vatan, sening ashʼoringda, bir soʻz boʻlib yashayin,

Hech boʻlmasa, tuprogʻingda, bir iz boʻlib yashayin.

Oʻzga yurtning gavharidan tuprogʻing gardi aziz,

Ming qoʻyli vijdonsizdan gadoning mardi aziz,

Imonsizning quvonchidan pok inson dardi aziz,

Vatan, sening zarrang aziz, bir zarrangda yashayin,

Dunyolarni lol qoldirib, ming qirrangda yashayin.

Xayolimda bir chinorsan, ildizlari mustahkam,

Ajdodlarning duosini avlodlarga saqlagan,

Shul sababdan mana bugun, el-u xalqing shod, xurram.

Imondan-u eʼtiqoddan, kuch oladi ildizing.

Sadoqatdan hikmat soʻzlar, tunda har bir yulduzing.

Yoʻling yorugʻ, ortga qaytma, mardona yoʻlboshching bor,

Toʻfon kelsa asraguvchi, buyuk yelkadoshing bor,

Bobolardan saboq olgan dovyurak Yurtboshing bor.

Vatan, sening bagʻring aro baxtdan toʻlib yasharman,

Qarogʻimda asrab mangu seni suyib yasharman!

Mahbuba MAHMUDOVA, 17-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

 

Doʻstimga

Muqaddasdir, azizdir

Bobolarning merosi.

Qadriga yet, ey doʻstim,

Buyuk ular merosi.

Qoʻshil, sen ham safiga,

Ijoding-la, yuksalgin.

Navoiy dunyosiga

Muhabbat-la, berilgin.

Nima qilding sen, doʻstim,

Yurtga tegdimi, foydang?!

Bu hayotda sen tuzgan,

Bormi oltin qoidang?

Hayotingni oʻzing qur,

Ketma nomard izidan.

Soʻngra xulosa chiqar,

Allomalar soʻzidan.

Dildora PAJABOVA.

 

VATANIM - YaGONAM

Vatanim yagona, koʻzimdagi nur,

Vatanim, keraksan hammaga birdek.

Oʻzing bor ekansan, yashayapmiz hur,

Axir ilk qadamni bagʻringda qoʻydik.

Vatanim – yagonam, or-u nomusim,

Ulgʻaytirding onamday asrab-avaylab.

Tun-u kunlarimga nur elab sim-sim,

Ulugʻvor orzular yoʻliga boshlab.

Hayotim mazmuni oʻzingsan, Vatan,

Umid-ishonchlarim mehringga payvand.

Seni deb yashayman, har lahza, har dam.

Boʻlmoq-chun oʻzingga fidoyi farzand.

Shohsanam SOATBOEVA,

Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

BAHOP

Yomgʻir yogʻar yurakni ezib,

Dilimdagi alamni sezib.

Armonlardan yuragim bezib,

Bugun seni sogʻindim, bahor.

Sogʻindim, tong sabolarini,

Bogʻlarning sof havolarini.

Ona Vatan maʼvolarini

Bagʻringga ol, onajon Bahor!

Komila BAXTIYoPOVA,

2-maktab oʻquvchisi.

 

Qalblar malhami – ona

Shundayin bir tush koʻrdim,

Atrofim toʻla gullar

Men gullardan soʻradim,

Soʻzlashar ekan ular:

– Bilasizmi, dunyoda

Bir moʻʼtabar zot bordir.

Olam sigʻar qalbiga

Unda mehr bisyordir.

Gullar asta shivirlab:

– U kim, u kim? – deyishdi.

Soʻngra bargin tebratib,

– U onadir, – deyishdi.

Ha, onalar moʻʼtabar,

Udir bizga madadkor.

Hayotning fayzi ona,

Qalblar malhami –ona.

Mohichehra XOLBOYeVA, 33-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Buvijonim

Shirin soʻzni ayamaydi,

Duo qilib charchamaydi.

Oʻz oromin oʻylamaydi,

Buvijonim – chin farishtam.

Maslahati dilga mador,

Soʻzlarida zoʻr hikmat bor.

Mehri bilan uyda bahor,

Buvijonim – chin farishtam.

Shoira Pahimboyeva, 31-maktab oʻquvchisi.

 

OQ TULPOP

Oq tulporim bor mening,

Hamma havas qilishar.

Baquvvat tuyogʻining

“Dupur”idan oʻt chaqnar.

Chopsa, lochin etolmas,

Boychiborga oʻxshaydi.

Oramizdan qil oʻtmas,

Meni koʻrsa, kishnaydi.

Humoyun JUMATOV, 17 – maktab oʻquvchisi.

 

YuP, KITOBGA KETAMIZ

Kitob etgan qoʻllarda ziyodan nishon koʻrdim,

Puhi, joni pokiza, eʼtiqod, ishonch koʻrdim,

Sobit, bardam iroda, gʻamda ham quvonch koʻrdim,

Yur, oftobga ketamiz, yur, savobga ketamiz.

Uning koʻngli ulugʻdir, samoga sirdosh boʻlgay,

Har on qilib ezgulik, duoga sirdosh boʻlgay,

Yuzidan nur yogʻilgay, yuragi baxtga toʻlgay,

Yur, oftobga ketamiz, yur, savobga ketamiz.

Qay yurt eli gʻaribdur, yomonga mezbon oʻtgan,

Ichib shayton sharobin, shaytoniy sarbon oʻtgan,

Buzib Xaqning soʻzini, buzgʻunchi karvon oʻtgan,

Yur, oftobga ketamiz, yur, savobga ketamiz.

Vatan tuqqan, xalq tuqqan, daholar ovoz bersin,

Vatan bayrogʻin tutib, samoga parvoz bersin,

Gʻubor ichra kelganning, umriga pardoz bersin,

Yur, savobga ketamiz, yur, kitobga ketamiz!

Shohzod ANVAP.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019