16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:57
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,762

OʻRMONLAR - YaShIL BOYLIGIMIZ

OʻRMONLAR - YaShIL BOYLIGIMIZ

Har yili sentyabr oyining uchinchi yakshanbasida oʻrmon xoʻjaligi xodimlari oʻz kasb bayramlarini nishonlaydilar.

Muxbirimiz Qobul Shomurodov shu munosabat bilan Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori I.Xolboyev bilan suhbat uyushtirdi. Quyida shu suhbat mazmuni bilan tanishasiz:

- Oʻrmon xoʻjaligimiz katta maydonni, yaʼni, 16288 gektarni tashkil etadi. Shundan oʻrmon bilan qoplangan maydon 3082 gektardan iboratdir. Xoʻjaligimizning asosiy maydonini Nazarxon boʻlimi egallaydi. Bu boʻlim tarkibida "Bekboy toʻqay” va "Xoʻjakoʻl” toʻqayzorlari mavjud. "Bekboy toʻqay”ning umumiy maydoni 5203 gektar boʻlib, shundan oʻrmon bilan qoplangan maydon 1357 gektardan iborat. "Xoʻjakoʻl” toʻqayzorlarining umumiy maydoni birmuncha kattaroq boʻlib, 8625 gektarni tashkil etadi va shundan oʻrmon bilan qoplangan maydon 1081 gektardir. Bu ikkala toʻqayzorlar juda koʻp yillik toʻqayzorlar boʻlib, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham juda boy. Yosh toʻqayzorlar sirasiga esa Qipchoq oʻrmon boʻlimi kiradi. Bu boʻlimning tashkil etilganiga endigina 17-yil toʻlmoqda. Bu boʻlimning 3-aylanmasi koʻproq daryo atovlaridan iborat boʻlib, 1220 gektar maydonni tashkil etadi. Shundan oʻrmon bilan qoplangan maydon 869 gektarni egallaydi. Qipchoq oʻrmon boʻlimining yana bir aylanmasi 4-Qilichboy aylanmasi deb ataladi. Uning maydoni 560,6 gektar boʻlib, oʻrmon bilan qoplangan maydoni esa 454 gektarni tashkil etadi.

Mamlakatimizda oʻrmon xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, uning oʻsimliklar va hayvonot dunyosi bioxilma-xilligini boyitish, yangi madaniy oʻrmonzorlarni kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustda "Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 243-qaroriga muvofiq Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligining asosiy oʻrmon bilan qoplangan maydonlaridan 3536,5 gektari davlat biosfera rezervati tasarrufiga oʻtkazildi va oʻrmonzorlar ustidan davlat nazorati kuchaytirilib, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi bioxilma-xilligi muhofazasi yaxshilandi. Bioxilma-xillikni yanada boyitish boʻyicha yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Shu jumladan, qoʻshni Beruniy tumanidagi "Baday toʻqay” qoʻriqxonasidagi Xongul, yaʼni Buxoro bugʻularining bir qismini biosfera rezervati tassarrufidagi "Bekboy toʻqay” toʻqayzorlariga oʻtkazish loyihasi amalga oshirilish arafasida. Ayni kunda biosfera rezervati hisoblangan "Bekboy toʻqay”da juda kam, noyob parranda qushiga aylangan qirgʻovullarning, quyonlarning va boshqa yovvoyi hayvonlarning koʻpayayotganligi sezilmoqda. Bu albatta mazkur toʻqayzorlarda oʻsimliklar dunyosining boyiyotganidan, qushlar va turli yovvoyi hayvonlarning koʻpayishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganidan darak beradi. Kelgusida biosfera rezervatiga taalluqli boʻlgan toʻqayzorlarning avaylab-asralishi va rivojlantirilishi natijasida bu maskanlardagi flora va fauna olami yanada boyiydi.

Tabiiy toʻqayzorlarni rivojlantirish uchun albatta madaniy oʻrmonzorlar ham barpo qilish kerak. Bu borada dastlabki qadamlar qoʻyilmoqda. Joriy 2013-yilning erta koʻklamida madaniy oʻrmonzorlar barpo qilish uchun 33 gektar maydon hozirlandi. Shundan 30 gektariga qumloq hududlarga saksovul nihollari ekildi.

Qolgan uch gektar yerga nektarbop yapon saforasi va jiyda koʻchatlari ekilib, parvarish qilinmoqda.

Madaniy oʻrmonzorlarni barpo qilish va kengaytirish uchun birinchi navbatda niholxonalar zarurdir. Xoʻjaligimizning Qilichboy 4-aylanmasida 2 gektarga yaqin niholxonamizda manzarali va mevali daraxt koʻchatlari yetishtirilib, buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda.

Oʻrmon xoʻjaligi tarkibida asalarichilik, baliqchilik va chorvachilikni rivojlantirish juda qulay. Negaki, bu sohalarning rivojlanishi uchun oʻrmon xoʻjaligida moddiy baza mavjuddir. Asalarichilik oʻtgan yilga nisbatan ikki barobarga rivojlantirilib, asalari oilalari 100 taga yetkazildi. Shunga yarasha asal mahsulotlari ham koʻpayib, oʻrmon xoʻjaligi xodimlari uchun 1 mln. soʻmlik arzon narxdagi asal tarqatib berildi. Asalning qolgan qismi isteʼmolchi – buyurtmachilarga joʻnatildi. Kelgusida asallarichilikni yanada rivojlantirishning istiqbolli loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Kezi kelganda bizning qiyin ekologik sharoitimizni ancha yumshatish, aholining ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida BMTning Taraqqiyot Dasturi mintaqamizda faoliyat koʻrsatayotganligini aytib oʻtish joizdir. Bu Dasturga muvofiq bizning Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi mehnat jamoasi Oʻzbekiston miqyosida oʻtkazilgan tenderda faol qatnashib, 37,1 million soʻmlik grant mablagʻini yutib olishga muvaffaq boʻldi. Bu mablagʻlarning asosiy qismi asalarichilikni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

- Sermazmun suhbatingiz uchun rahmat. Barchangizni kasb bayramingiz bilan qizgʻin muborakbod etamiz.


(Foto-http://muloqot.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026