16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,126

YuKSAK XIRMON – FIDOYI MEHNATLAR SAMARASI

YuKSAK XIRMON – FIDOYI MEHNATLAR SAMARASI

2013-yilning 29-sentyabr sanasi tumanimiz hayotida quvonchli kun boʻldi. Paxtakorlarimiz 33 ming 50 tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, katta mehnat gʻala-basini qoʻlga kiritdilar. Dehqonlarimizning yil davomidagi fidokorona mehnatlari hamda butun xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib qilgan saʼy-harakatlari evaziga qoʻlga kiritilgan bu ulkan zafar bugun har bir ovul va mahalla, har bir xonadon va hatto har bir dalada oʻziga xos koʻtarinki ruhda nishonlanmoqda.

Bugungi mehnat zafariga asos boʻlgan omil va mezonlar haqida gapirganda, avvalo, yurtimizda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida istiqlolning ilk yillarida boshlangan agrar sohadagi chuqur islohotlar, taraqqiy topgan davlatlar tajribasida oʻzini har tomonlama oqlagan fermerlik harakatiga oʻtish, soha rivoji uchun barcha tashkiliy-huquqiy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish kabi amaliy ishlar bugun oʻzining mevasini berayotganini eʼtirof etish joiz.

Bundan olti yil oldin boshlagan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturi doirasida birgina joriy yilda tumanimiz boʻyicha 3,2 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, yerlarimizning hosildorlik darajasi oshishiga zamin yaratilgani, selektsiya masalasiga eʼtibor qaratilib, mutaxassislar va olimlarimizning amaliy yordami natijasida hududimizning iqlim va tuproq sharoitiga mos boʻlgan yangi navlar ekilgani, gʻoʻza parvarishida zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanilib, ilgʻor agrotexnologiyalar amaliyotga joriy qilingani dehqonlarimizning qoʻlini uzun qildi.

Qishloq xoʻjaligi sohasi yuqori unumli texnika va agregatlar bilan taʼminlanib, yonilgʻi-moylash materiallarining yetarli miqdordagi zahirasi yaratilgani, mavsum davomida 3,5 ming tonnadan ortiq yonilgʻi-moylash materiallarining dala boshlariga keltirib berilishi texnika va mexanizmlarning uzluksiz ishlashini taʼminlash orqali ish unumdorligini oshirishga hissa qoʻshdi.

Eng asosiysi, yer unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa organik va mineral oʻgʻitlar bilan agrotexnika talablari darajasida ishlov berildi. Bu boradagi ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilib, gʻoʻza nihollariga karbamid yordamida 3-marta suspenziya sepilgani, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish jarayonida tumanimiz boʻyicha jami 3955,2 tonna azotli, 758,6 tonna fosforli va 235,8 tonna kaliyli mineral oʻgʻitlar berilgani, hamda dalalarning har gektariga 10 tonnadan mahalliy oʻgʻit chiqarilgani hosildorlikning oshishiga katta turtki boʻldi.

Bu yil ob-havoning zararkunanda va hasharotlar uchun qulay kelishi yetishtirilayotgan hosilga xavf tugʻilish ehtimolini oshirdi. Joylarda faoliyat yuritayotgan 16 ta biolaboratoriyalardagi tajribali mutaxassislarning xizmatlari tufayli bu xavflar bartaraf qilinib, moʻl hosil yaratildi.

Defoliatsiya ishlarining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilgani koʻsaklarning barvaqt ochilishini taʼminlab, davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejani qisqa muddatlarda - 18 ish kunida bajarish imkonini berdi.

Joriy yigʻim-terim mavsumiga puxta hozirlik koʻrilib, 261 ta terim otryadlari tashkil etilgani, yigʻim-terim ishlariga jalb qilingan korxona, muassasa va tashkilotlarning 1540 nafar ishchi-xizmatchilari, litsey va kollejlarning 5080 nafardan ortiq oʻquvchilari, ovul va mahallalarning 14594 nafardan ortiq uyushmagan aholisi, fermer xoʻjaliklarining 10472 nafardan ortiq ishchilari, Ajiniyoz nomidagi NDPIning 4000 nafar talabalaridan iborat jami 35686 nafar terimchilarning ogʻzibirchilikda qilgan mehnati samarasi sifatida bugungi yuksak xirmon yaratildi.

Har bir otryadga xizmat koʻrsatish uchun transport vositalari ajratilib, tibbiyot, bank va savdo xodimlari biriktirilgani, terimchilarga ish haqi har besh kunda bevosita dalaning oʻzida tarqatilib, hasharchilarning dam olish paytlarida madaniy tadbirlar va koʻchma savdo doʻkonlari tashkil qilingani terimchilarni yanada gʻayrat-shijoat bilan ishlashga chorladi.

Ana shu birdamlikdagi mehnat va tizimli faoliyat natijasida tumanimiz paxtakorlari mamlakatimizda birinchilardan boʻlib davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejasini bajardilar.

Bugungi zafarli lahzalarda davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajarib, moʻl hosildorlikka erishgan "Oʻrta qalʼa” ovulidagi "Yusuf xoʻja”, "Xoʻjaniyozov Otajon”, "Ram Haytimbat”, "Qilichboy” ovulidagi "Rajabov Omonboy”, "Doʻrman” ovulidagi "Oʻrazboyev Ulugʻbek”, "Beshboyev Qurbongʻali”, "Kamoliddin Bekniyoz”, Bobur nomli ovuldagi "Umid-Azimxoʻja”, "Choykoʻl” ovulidagi "Yuldoshev Anvar”, "Qipchoq” ovulidagi "Tursunboyeva Umida”, "Toʻlqin” ovulidagi "Amu sohili”, "Boʻz yop” ovulidagi "Aytboy Otaxon”, "Xolimbeg” ovulidagi "Usta Ollayor”, A.Temur nomli ovuldagi "Oʻrozboyev Allambergan” va boshqa koʻplab fermer xoʻjaliklarini kiritish mumkin. Muhimi, tumanimizda paxta hosildorligi yil sayin oshib bormoqda. Oʻtgan yili har gektardan 40 tsentnerdan oshirib hosil olgan fermer xoʻjaliklari soni 26 ta boʻlsa, bu yil ularning safi 54 taga yetishi kutilmoqda.

Mavsum davomida fermerlarga amaliy yordam berib, ularning ogʻirini yengil qilgan Yoʻldosh Oʻrozboyev nomli, "Turkmaniston”, "Qipchoq”, "Mangʻit”, "Qilichboy”, "Toshyo yop” va "Doʻstlik” muqobil mashina-traktor parklarini fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi ilgʻor MMTPlar sifatida tilga olish oʻrinlidir.

Eng muhimi, terilgan paxta hosili toʻliq yuqori navlarga topshirildi va uni davlatga sotishdan olingan daromad 34 milliard soʻmga yaqinlashdi. Shu kungacha 7 milliard soʻmga yaqin naqd pul mablagʻlarining terim puli sifatida berilishi paxtakorlarning moddiy manfaatdorligini oshirdi.

Paxta – kafolatlangan byudjet demakdir. "Obod turmush yili”da bunyod etilgan "oq oltin” xirmonidan keladigan daromadlar evaziga kelgusida shahar va qishloqlarimizda yangi-yangi taʼlim va tibbiyot maskanlari, namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, ijtimoiy-madaniy binolar va ijtimoiy infratuzilma obʼektlari qurilishi, ulardan kelajagimiz egalari boʻlmish yoshlar va bunyodkor xalqimiz foydalanishi, bu mablagʻlar turmushimizning obod, hayotimizning farovon boʻlishiga katta hissa boʻlib qoʻshilishi dehqonlarimizning oʻz kasbidan faxrlanish tuygʻularini yanada oshiradi.

Shartnomaviy reja - chegara emas. Hali dalalarimizda hosil moʻl. Paxtakorlarimiz "oq oltin”ning bir misqolini ham dalada qoldirmay, yigʻib-terib olib, tumanimizning paxta xirmonini 43 ming tonnaga, hosildorlikni gektaridan salkam 27 tsentnerga yetkazish yoʻlida mehnat qilmoqdalar. Fursatdan foydalanib, oʻz muvaffaqiyatini yurt nomi bilan bogʻlaydigan, mehnat maydonidagi har bir zafarini elning yutugʻi deb hisoblaydigan dehqonlarimizni, paxtakorlarga madad boʻlayotgan hasharchilarni va butun tumanimiz ahlini bugungi yuksak xirmon bilan tabriklayman.

Xirmoningizga baraka, aziz paxtakorlar!

Rajabboy Yoʻldoshev,

tuman hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019