18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 08:26
Jamiyat 👁 886

1945-yilgi Moskvada oʻtkazilgan Gʻalaba paradining ishtirokchilarida biri Amudaryoda tugʻilgan

1945-yilgi Moskvada oʻtkazilgan Gʻalaba paradining ishtirokchilarida biri Amudaryoda tugʻilgan

... Urushni eslash ogʻir, umuman, oʻsha yillarda kishini quvontiradigan voqealar oz boʻlgan. Deyarli barcha oilalarga kulfat oralagan davrlar. Oʻsha suronli kunlar dahshatini his qila olsam-da, qiziquvchanligim sababli Ikkinchi jahon urushi Gʻalaba paradi ishtirokchisi, I, II, III darajali  Ulugʻ “Vatan urushi” ordenlari sohibi, Xolimbeg qishlogʻining fidoyi farzandi, amakim Madamin Rajabovni urush xotirlalaridan gapirib berishga undadim. Uning hikoyasiga Siz ham quloq tuting:

– Bolaligim qiyin kechgan. Uni quvonib gapirib berolmayman. Lekin padari buzrukvorimiz Rajabboy ota biz farzandlarini ilmga, maʼrifatga qiziqtirgan  inson edi. Oʻzi savodsiz boʻlib, katta er egasining qoʻlida ishlasa-da, bizlarning shu yoʻldan ketishimizni istamadi.

Shu bois, oldin boshlangʻich maktabda, soʻngra maktab-internatda saboq oldim. Oʻqishni bitkazgach, muallimlik qila boshladim. Falakning gardishini qarangki, otam jamoalashtirish yillarida shirkat xoʻjaligi raisi, soʻng uzoq yillar irrigator-mirob boʻlib xizmat qilgan.

Volidai muhtaramam Saodat aya toʻgʻrisida eng yorqin xotiralarni yuragimda saqlab kelaman. Mehnatkash, mushfiq, mehribon, jafokash ayol timsoli onamda mujassam edi.

Onam urush yillarida mendan qora xat kelganida yuragi dosh berolmagan. Mashʼum xatni oʻqib, shu joyning oʻzida bu dunyoni tark etgan. Oʻsha xatni koʻrsatishmaganida nima boʻlardi, axir men tirikman-ku, deb hayqirgim keladi baʼzan.

... Meni dastlab urushga olishmadi. “Oʻqituvchisan, sen front ortiga keraksan”, deyishdi. 1942-yilning iyunigacha maktabda ishladim. Nihoyat, shu yilning kuzida biz tengi yoshlarga ham navbat etib keldi. Frontga otlandik. Buxoroda qisqa fursatli tayyorgarlikdan soʻng asosiy janglar chizigʻiga etib keldik. Bu paytda nemis fashistlar Moskva ostonalariga yaqinlashib qolgan edi.

Biz qatnashgan Kalinin fronti mustahkam istehkomga ega, dushmanning hamlasini qaytara oladigan oldingi marrada edi. Bir kuni menga “til” olib kelish vazifasi topshirildi. Yoshman, quvvat bor. Sheriklarim bilan fashist ofitserini asir qilib tutib, olib kelayotganimizda otishma boshlandi. Men toʻsiq boʻlib, dushmanning oʻtishiga yoʻl qoʻymadim. Lekin ablahlar meni yaralashdi. Tutib kelgan asirimiz qimmatli maʼlumotlar berdi.

Bu voqea  dovrugʻi butun 1131-oʻqchilar polki boʻylab yoyildi. Afsuski, bu paytda gospitalda edim. 1942-yilning 16-noyabridan 1943-yilning 23-yanvarigacha davolandim. Sogʻayib chiqqach, 155-maxsus Moskva diviziyasiga yuborishdi. Keyin esa saralangan boʻlinmada “Kursk xalqasi” olishuvida qatnashdim. Xalqadagi mislsiz hayot-mamot kurashidagi jasorati uchun bir guruh jangchilar qatorida meni ham birinchi darajali “Ulugʻ Vatan urushi” ordeni bilan mukofotlashdi.

Urushda nimalar boʻlmaydi. Urush odam, shahar tanlamaydi. Qancha shaharlar vayron boʻldi, koʻz oldimda qancha quroldosh doʻstlarimning joni uzildi. Bularni soʻz bilan taʼriflashning oʻzi qiyin. Qirq yil qiron kelsa ham, ajali etmagan oʻlmaydi, deganlari rost. Bir gal fashist roʻparamdan chiqib, pistoletdan oʻq uzmoqchi boʻldi, otilmay qoldi. Orqadagi quroldosh doʻstim meni muqarrar oʻlimdan saqlab qoldi, dushmanni er tishlatdi.

Behushlikdan xiyol oʻzimga kelganimda, shifokorning “oʻzbekning qonini quy”, deganini elas-elas eslayman. Ular meni shu yoʻl bilan saqlab qolishgan.

Menga 1945-yilning 24-iyunida Moskvada oʻtkaziladigan Gʻalaba paradida oʻzim jang qilgan Transilvaniya polkining bayrogʻini koʻtarib oʻtishni topshirishdi. Oʻsha daqiqalarda qanday hayajonlanganimni soʻz bilan ifodalashim qiyin.

... Urushdan 1946-yilning oktyabr oyida qaytib keldim. Yana muallimlik faoliyatimni davom ettirdim. Keyinchalik jamoa xoʻjaligida partiya tashkiloti kotibi vazifasida ishladim. 1947-yil Moskvada 9 oylik oʻquv kursida malaka oshirib kelganimdan soʻng, bir oz ishlab, 1949-1951-yillarda Toshkent oliy partiya maktabida oʻqidim. 1955-yildan boshlab yuqori rahbarlik lavozimlarida ishlay boshladim.

Vaqt – uchqur ot. Mana, oʻsha yillar ham tarixga aylandi. Baʼzan xayol surib, qaysi yuqori vazifalarda ishlashdan qatʼiy nazar, odamlarni rozi qila oldimmi, ogʻirini engil qilishga koʻmaklashdimmi, degan oʻylar girdobiga tushib qolaman. Balki keksalikdir, odam bunday paytlarda birga ishlagan doʻstlarini, elkadoshlarini sogʻinib qolarkan.

Gohida bevaqt oʻtgan quroldoshlarimni, yaqin doʻstlarimni, onaizorimni eslaganda yuragimni alam oʻrtaydi, koʻzlarimga yosh quyiladi. Ularning pok ruhlari oldida hamisha taʼzimdaman.

Shukrki, bugun baxtiyor, dorilomon zamonda yashayapmiz. Bu kunlarga etganlar bor, etmaganlar bor. Mustaqilligimizga koʻz tegmasin! Bu kunlarning qadriga etish kerak. Farzandlarimizga, avlodlarimizga har daqiqada ogoh turish, yurtimizni gʻarazli kuchlardan asrash toʻgʻrisida aytib turishimiz lozim. Oʻzbekiston – jannatmakon yurt. Qoʻshiqda kuylanganidek, bunday yurt yana qaerda bor? Uning koriga yarash, nufuzini tobora oshirish, boyligiga boylik, chiroyiga chiroy qoʻshish, asl fuqarosi boʻlish har birimizning farzandlik burchimizdir.

Eng muhimi, dunyoda tinchlik, barqarorlik boʻlsin! Alloh yurtimiz taraqqiyotini bardavom, xalqimiz ahilligini mustahkam aylasin. Biz keksa avlodning dildagi niyatimiz, duodagi tilaklarimiz ana shu...

Muallifdan: Hozir amakim Toshkent shahrida istiqomat qiladi, tabarruk  97 yoshdalar. Uning yurtimiz tinchligi yoʻlida koʻrsatgan qahramonliklarini tinglab, shunday ulugʻ insonning jiyani ekanimdan doimo faxrlanib yuraman.

Inobat RAJABOVA, 17-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026