16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:27
Adabiyot 👁 3,817

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

ShIJOAT KOʻRSAT

Sizga boqsam, yurtning ey, yosh avlodi,

Bir oddiy haqiqat koʻzga tashlanar:

Siz xalqimga Haqning buyuk imdodi –

Yurtning kelajagi sizdan boshlanar.

Sizday sher yurakli yoshlar qoshida,

Ne asov muammo ham yuvoshlanar.

Shaxdam qadam tashlang yoʻlning boshida,

Yurtning kelajagi sizdan boshlanar.

Bugun sizga qancha berilsa imkon,

Olgʻa shuncha dadil qadam tashlanar.

Sizning tashrifingiz kutmoqda jahon –

Yurtning kelajagi sizdan boshlanar.

Yoshlik – ilm olishga eng yaxshi fursat,

Kechiksang bosh afsus bilan qashlanar.

Demak, har sohada shijoat koʻrsat –

Yurtning kelajagi sizdan boshlanar.

Sizning jasoratni madh etmoq uchun,

Har kuni necha qalam taroshlanar.

Koʻrsating shu bugun yoshlikning kuchin,

Yurtning kelajagi sizdan boshlanar.

A.NAFASOV,

«Jayxun ilhomlari» NNT raisi.

 

MUROJAAT

Kalta yubka, tor shimlarni kiyib olib,

Koʻchalarda yurishadi qoʻl ushlashib.

Oʻzbek qizi, deyolmaysiz nazar solib,

Turishlarin qaranglar-a, gap talashib.

Qayda qoldi oʻzbegim xon atlaslari,

Momolarim ardoqlagan adraslari.

Koʻz tashlasang, odob-ibo yoʻqolibdi,

Zamon emas, oʻzbek qizi oʻzgaribdi.

Bilib oling, zamonaga ayb yoʻqdir,

Axir koʻplar zamonni pesh qilishadi.

Farmonbibi momom asli juda haqdir,

Xoʻrozqandni chetniki deng, yalashadi!

Ey doʻstlarim, koʻzingizni oching katta,

Shirin soʻzlab va iboli boʻlingiz-da.

Tor yubkaning puliga koʻp kitob olib,

Ilm oling va maʼnaviy boʻling gʻolib!

Oynura JIYaMURODOVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

 

OZODLIK

Qanot yozar, shodumon yayrab,

Anov koʻkda uchib yurgan qush.

Yotar edi qafasda qaqshab,

Kechagina mungʻayib, xomush.

Endi esa ozoddir, erkin.

Bagʻrin ochgan unga keng ochun.

Quyoshga intilgan gullar singari,

Hayot nurin ichmogʻi mumkin.

Maftuna KENJABOYeVA, “Doʻrman” ovuli.

 

KITOB

Kitoblardan oʻrganaman ilmni,

Kitob oʻqib, koʻpaytaman bilimni.

Kitobsiz hech yerga borib boʻlmaydi,

Men u bilan topdim yoʻlimni.

Kitoblar bor, jahon unda koʻrinar,

Kitoblar bor, yashaganing bilinar.

Varaqlasang, sahifalar ichida

Mir Alisher, Bobur bobom koʻrinar.

Dildora SOBIROVA,

19- maktab oʻquvchisi.

 

VATAN BAYROGʻI

Vatanimning bayrogʻi

Koʻklarda xilpiraydi.

Xalqimning mard oʻgʻloni

Shu Vatanda ulgʻayadi.

Bizning bayrogʻimizga

Tabiat rangi singgan.

Har bir rangda ezgulik,

Mujassamdir tinchlik.

Tomirlarda oqqan qon,

Kindik qon tomgan makon.

Poklikdan yaralgan dil,

Sadoqatli, oq koʻngil.

Xalqimning oydin yoʻli

Aks etgandir iqboli!

Sardorbek KENJABOYeV,

20-sonli maktab oʻquvchisi.

 

KIM GUNOHKOR?

Ajralishdi yosh kelin-kuyov,

Sabab bormi, deya izladim.

Ikkovi ham oʻzicha oppoq,

Kim gunohkor, shuni bilmadim.

Ikki oylik tanish edilar,

Dabdabali toʻy ham qildilar.

Qaynota-yu qaynona xursand,

“Koʻz tegmasin!” – deya suydilar.

Qiz chiroyli, yigit ham koʻrkam,

Norozilik boshlandi birdan.

Sovuqchilik tushdi oraga,

Bir-birini tushunmaslikdan.

Janjal chiqdi toʻqlik - shoʻxlikdan,

Mehnatga yor boʻlmadi ikkov.

Qiz ota uy eshigin qoqdi,

Haydab soldi noshukur kuyov.

Kuyov biron hunarni bilmas,

Roʻzgʻor nima, aslo tushunmas.

Shunday goʻzal qoʻrgʻon buzildi,

Mehr degan rishta uzildi.

Ho-yu havas oila boʻlmas,

Axir, hayot oʻyinchoq emas.

Eh, ikki yosh xatosi sabab,

Farzand ota neligin bilmas.

Tengdoshlarim, dugonalarim,

Bu sizlarga koʻp saboq boʻlsin.

Tilagim shu, barcha oila –

Eng goʻzal va mustahkam boʻlsin.

Ajralishdi yosh bir oila,

Azobini chekmoqda bola…

Dildora RAJABOVA,

“Bogʻ” mahallasi.

 

BILIM KONI

Qunt-la oʻqisang agar,

Koʻp narsani oʻrgatar.

Bilarsan odob-axloq,

Bilim koni bu – kitob.

Qoʻlimdan hech qoʻymasman,

Oʻqib-oʻqib toʻymasman.

Kelajakni oʻylayman,

Yoʻlimda chiroq – kitob.

Laylo Ilyosova, 75-sonli maktab

oʻquvchisi.

OLDINGA INTIL

Senga turli sinov yuborar taqdir,

Ulardan birma-bir sekin oʻtaver.

Orqangga qarama, yuraver dadil,

Koʻzlagan maqsading sari ketaver.

Kun kelib yuzingni bosadi ajin,

Qaltiroq qoʻllaring tutadi hassa.

Basavlat qomating egilgan sayin,

Qop-qora sochlaring oqarar asta.

Kun kelar, orqangga boqarsan, balki,

Eslarsan yoshlikda kechgan damlaring.

Oʻshanda oʻkinma bu nurli kunga,

Yetgan-etmagandir yaqin doʻstlaring.

Aslida yuzingda ajin emas u,

U hayot keltirgan eng ulugʻ tuhfa.

Oʻtmish hayotingdan qolgan chuqur iz,

Halol mehnatingdan qolgan bir meva.

Mehnat qil, bogʻ qilib, daraxt koʻkartir,

Sendan dogʻlar emas, qolsin nurli nom.

Qarigan paytingda toʻldirib tandir

Aziz farzandlaring yopar bugʻdoy non.

Gulruh AHMEDOVA, Doʻrman ovuli.

 

ORZU

Mudrab yotgan yaqin-yiroqlar,

Bogʻlariga bitib butoqlar.

Bayramlashar nurli kunlarni,

Koʻklamlashar koʻklam gullari.

Bor boʻlsin, “Kel!”- degan oʻtloqlar,

Orzuga soz ekan bu chogʻlar.

Jonga orom berar, aylanib –

Yursang arzir yurtingni tanib.

Jumaboy Hidoyatov.

 

VATAN MUQADDAS

Jang aro jangchilar topsa jarohat,

Joni azoblarda qolganda hayhot.

Ona yurt tuprogʻin bosib taniga,

Misli malham kabi topgaylar rohat!

Sayyoh oʻzga yurtda bemor boʻlsa gar,

Yemishin gohida unut qoldirar.

Lek yurtin suvini bosar koʻksiga,

Demishlar: «yurt suvi tanaga mador!»

Vatan quchogʻiga sigʻdira olar,

Uning quchoqlari kengdir shunchalar.

Shuning-chun muqaddas, oʻchmas yurakdan,

Har zarra tuprogʻi aziz, moʻʼtabar!

Navbahor RAHIMOVA, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

YOʻQLOV (Ustozimiz Maqsud aka Matnazarov xotirasiga)

Umr daftarining har bir varagʻin,

Faqat gul-u gʻunchadan bezamoq istab,

Bunyodkor maqsading misoli chaqin –

Qoʻymadi gʻaflatda qolishni uxlab.

Har inson umri-chun mehnatdan ortiq,

Baxt uchun eltuvchi yoʻlning oʻzi yoʻq.

Zahmatlar ortidan kelgaydir tortiq,

Ortingizda qolgan rahmat cheki yoʻq.

Yurgan yoʻllaringiz kuzatdi sizni

Qora koʻzlaringiz uzatdi sizni.

Maktab hovlisiga siz ekkan nihol,

Bugun soya berib eslatdi sizni!

Sh. XOLMURODOVA,

32-maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026