16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:55
Adabiyot 👁 3,888

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Bolani yoshidan...

Bolalarni mudom tergab turmasang,

Ulgʻayganda bebosh boʻlib ketadi.

Gʻisht qolipdan koʻchgach qilgan pushmoning,

Oʻz-oʻzingga dushman boʻlib keladi.

Yosh niholni egsang agar mabodo,

Egilar va bukilar har tomonga.

Fikr qilsang bolalar ham nihol-da,

Toʻgʻri oʻssa, yetarsan-ku murodga.

Shomurod Saidov, Toʻlqin ovuli.

 

UMR

Quyosh chiqqaniga quvonmagin sen,

Umring varagʻidan yirtilar bir bet.Quyosh botganiga qiynalmagin sen,

Kun tunga oʻrnini berar ketma-ket.

Shunday oʻtaverar kunu tunlaring,

Bir kun qarabsanki, qarib qolibsan.

Har kuni bir savob egasi boʻlsang,

Ikki dunyong obod, mutloq gʻolibsan!

Farhod AVEZOV, Namuna mahallasi.

 

DOʻSTLARGA TILAK

Dunyoga keldingmi, insonday yasha,

Yaxshi xulqing bilan beza umringni.

Hatto koʻzingga tor koʻrinsa dunyo,

Ezgulikka baxsh et qalbing qoʻrini!

Tilingdan qochsa gar bir soʻz beoʻrin,

Bermasalar senga davraning toʻrin.

Beldan quvvat ketsa, koʻzlaringdan nur,

Sabr-u qanoatga dildan ber oʻrin!

Doʻst, deb kitobni oʻzingga doim,

Ota-yu onangga boʻlgin muloyim.

Odamiylik seni tark etmasin hech,

Xulq-u odobingni isloh qil doim!

Mohira YOʻLDOShEVA,

70-sonli maktab oʻquvchisi.

 

KENG BANDARGOH

Odam koʻp,

Kemalar undan koʻproq,

Mening kemam eng yiroq,

Mening yukim ogʻirroq.

Bandargoh keng – olam keng,

Odamlar koʻzida baxt,

Qoʻllarida kular gul.

Sen qanisan,

Sen qayon,

Menga silkigin-da qoʻl.

Bandargoh keng, kema tor,

Eshkaklarida charchoq,

Maysalarga dil mushtoq –

Qanisan,

Topmaysanmi,

Mana,

Mana men,

Kemamda oppoq bayroq.

Vaqt yugurar

Sen haliyam yoʻq...

Vaqt yeladi

Sendan yoʻq xabar...

Vaqt tugadi,

Xushtak chalindi.

Endi

Kema keng, bandargoh tor...

Dildora XUDOYBERGANOVA.

 

YaNA ShEʼR YoZGIM KELAVERADI

Dardimni ichimga hech sigʻdirolmay,

Baribir yana sheʼr yozaveraman.

Boʻldi, oʻylamayman, yashayman yozmay,

Deyman-u yozolmasdan yuraolmayman.

Yana armonlardan sheʼrlar bitaman,

Yulduzli falakdan umid kutaman.

Kutganim kelgaydir ilhom meni deb,

Men kutgan dunyoda qolsin meni deb.

Yozib chiqqanlarim umr yoʻllari

Tovonlarim tilar chagʻir toshlari.

Men bosib oʻtgan yoʻl oʻng-u soʻllari,

Qalamdan toʻkilgan sabrim yoshlari.

Shahnoza HAYITBOYeVA,

Yoshlar ittifoqi faoli.

 

ORZU

Hamma yaxshi xislatlar

Jamdir onamda.

Uning kabi mehribon

Yoʻqdir olamda.

Ilm-u hunar oʻrganib

Katta boʻlaman.

Vatanim va onamni

Rozi qilaman.

Mohitobon TURSUNBOYeVA,

2-sonli maktab oʻquvchisi.

 

SOAT

Chiq-chiq, chiq-chiq,

Urib turadi soat.

Kecha-yu kunduz demay,

Yurib turadi soat.

Ertalab maktabimga,

Ketmoqchi boʻlganimda.

Kech qolmagin, deb doim,

“Chiq-chiq”laydi muloyim.

Sadoqat BOZORBOYeVA, 14-maktab oʻquvchisi.

 

IQROR VA TILAK

Yuzimda tabassum, koʻzimda kulgu

Lekin ich-ichimda yigʻlaydi yurak.

Nega yosh boshimga bunchalar qaygʻu,

Ha, deganda amalga oshmaydi tilak.

Hayot avval boshdan shunday yaralgan,

Gohida baland-u, gohi pasti bor.

Bu oʻtkinchi dunyo aytar oʻz soʻzin,

Kimgadir yolgʻon-u, kimga rosti bor.

Allohim butun bir yer shari uzra,

Yaxshi-yu yomonni barobar sochgan.

Insonga: “Oʻz yoʻling oʻzing tanla”, deb,

“Oq-u qora”, deya ikki yoʻl ochgan.

Qoʻlingdan kelsa gar yaxshilik qilgin,

Kimgadir yordam ber, hojatin chiqar.

Yaxshi boʻlish qoʻlingdan kelmasa, unda,

Yomon boʻlishni ham esingdan chiqar.

Bu hayotni odamga sinovga bergan,

Sinovdan sabrli yuraklar oʻtar.

Ochkoʻz-u badbaxtning qilgan ishlari,

Oxir doʻzax tomon yetaklab ketar.

Boshga tushar gohi qorongʻi tunlar,

Alam, armon, ogʻriq bagʻringni tilar.

Ammo, shunday zulmat tunlar ortidan,

Baxtga toʻlgan nurli tonglar ham kelar.

Orzu qilishdan hech toʻxtama bir zum,

Mayli, u amalga oshsin, oshmasin.

Mayli, qalbing sheʼrga toʻlib toshsin-u,

Lekin koʻzing yoshga aslo toʻlmasin.

Gulruh AHMEDOVA,

Doʻrman ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019