16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Adabiyot 👁 4,651

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

IFTIXOR

Mustaqillik bayrami – dilda tugʻyondir bugun,

Sarhisob aniq, yorqin. Reja ayondir bugun,

Inshoolloh, xalqimga yoʻllar ravondir bugun,

Yigitlar yovqur, qizlar mohitobondir bugun,

Kamolingga mahliyo jumla jahondir bugun!

Har tolibi ilmga ochildi jahonga yoʻl,

Tadbirkor-u ijodkor, oqil har insonga yoʻl,

Yaxshi niyat, tashrifi xoʻb aziz mehmonga yoʻl,

Tojik, qirgʻiz, qozogʻim, hind-u turk, afgʻonga yoʻl,

Himoyat kafolatli, xurram zamondir bugun.

Shiordir: “Birodarlik!” Koʻrarmiz baxtni baham,

Millat-u irq-u dinda tafovut topgan barham.

Yigit-qiz eʼtiborda, oqsoqollar mukarram,

Yetmoqda Ulugʻ niyat – Haji muborakka ham,

Sobit eʼtiqod ila toza iymondir bugun.

Tugalar toʻrachilik, poraxoʻr yer taʼzirin,

Qonun olar hayotiy adolatli taʼbirin,

Davlat idoralari xalqqa xizmat taʼsirin,

Qachon, kim koʻrgan shunday “Qurʼon”, “Hadis” tavsirin,

Bunda oshkor-u pinhon, qudrat ayondir bugun.

Muhim: el manfaati, ulugʻ va aziz – Inson!

Istilohlar tolʼeing, istiqbolingdan nishon,

Hayqirmoqqa baralla yetdi fursat va imkon:

“Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekiston!”

Shujo, jasur, mardona rahbar Sultondir bugun.

Tursunboy ABDULLAYeV.

 

Bayraming muborak

Zamonam tinch. Yurtim farovon,

Xalqim rozi, boʻlgaydir omon,

Boʻlmagandir bundayin zamon,

Mangu yashna, hur Oʻzbekiston!

Mudom porloq boʻlgay quyoshing,

Qutlugʻ boʻlsin yigitlik yoshing.

Omon boʻlsin dono Yurtboshim,

Mangu yashna, hur Oʻzbekiston!

Mustaqillik bor boʻlsin mudom,

Alloh oʻzi yor boʻlsin mudom.

Yaxshi kunlar boʻlsin bardavom,

Mangu yashna, hur Oʻzbekiston!

Yoshlar borar kelajak sari,

Bir-biridan suluv, dilbari.

Barno yigit, qizlarning bari,

Qutlar bugun, hur Oʻzbekiston.

Dunyoga tanildi qoraqalpoq ham,

Amudaryom mening qaysi yurtdan kam.

Mehnat-u ijodda barchasi hamdam,

Bayraming muborak, hur Oʻzbekiston.

Dalamiz koʻrkidir oppoq paxtalar,

«Oq oltin»i bois oʻzbek maqtalar.

Farhod shukronasi koʻpdir naqadar,

Bayraming muborak, hur Oʻzbekiston!

Farhod AVEZOV.

 

VATAN

Shuhrating-u shoningdan,

Aylanayin boringdan.

Dil shodlikka toʻladi,

Mehr toʻla bogʻingdan.

Dalalarda yugurib,

Sheʼr oʻqiyman gohi men.

Shunda, meni koʻrsangiz,

U eng baxtli qiz-ku deng.

Vatanimni kuylasam,

Onam oʻpar yuzimdan.

Aytadiki: “jon bolam,

Chalgʻimagin soʻzingdan!”

Dildora RAJABOVA,

“Bogʻ” mahallasi.

 

JONIM FIDO

Yagonadir Vatanim mening,

Bunday Vatan olamda yoʻqdir.

Men shu yurtda tugʻilib-oʻsdim,

Kindik qonim toʻkildi mening.

Men shu yurtda tugʻilganim-chun,

Koʻzga surgum gardlarini ham.

Kerak boʻlsa, Vatanim uchun,

Jonimni ham fido qilaman.

Roza MURODOVA,

67-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Yurtim

Oʻzbekiston atalmish,

Yurtim bor goʻzal.

Uning har goʻshasi,

Jonimdan afzal.

Togʻ-u toshlarida,

Gullar yashnaydi.

Hatto choʻp qadasang,

Gullab-yashnaydi.

Bahor kelsa bogʻlarida,

Olmalar pishar.

Oʻrik, olcha, olxoʻrilar

Yetilib tushar.

Bayrogʻida aks etgan,

Oʻn ikki yulduz.

Osmoni musaffo

Kecha va kunduz.

Bobolarim bizlarga,

Qoldirgan meros.

Shu yurtni avaylash,

Mard avlodga xos.

Yorqinoy Kenjaboyeva.

 

Jonajon elim

Ham ozod va obod boʻlib yashnayapsan, jon Vatan,

Tinch hayotning ogʻushida gullagan boʻston, Vatan,

Baxt-u iqbol maskanisan, bulbulga oshyon, Vatan,

Har farzanding oʻziga bek, oʻziga sulton, Vatan,

Ham aziz va yagonamsan, oʻzing jonajon, Vatan.

Jannat misol bagʻring aro bir-birin hurmatlashib,

Yashar shod-u xurram mudom turli millat birlashib,

Yangrar oʻzbekning toʻyida “Dambermes”lar yarashib,

Qoraqalpoq toʻyida “Lazgi”ga oʻynar yayrashib,

Bunda oʻz qadrini topgan har bitta inson, Vatan.

Oʻz kamoling orzusida ilm izlasang qay zamon,

Oʻzbekiston farzandiga ochar quchoq toʻrt tomon,

Qaytsang hunarli boʻlib, zamin kutar neʼmatga kon,

Shu sababdan yurtimizni deydilar dorulomon,

Har yigit, har qizing uchun yaratding imkon, Vatan.

Ahil elda xayrli ishga doim zafarlar yordir,

Dahr aro qay yurtga borsak, hurmat-izzat tayyordir,

Chunki dunyo ahli uzra eʼtiborimiz bordir,

Shu sababki oʻzbek eli yaxshilarga hamkordir,

Kechgan har bir on, soniya keltirmoqda shon, Vatan.

Yoshlar izzatda doimo, keksalar ham baxtiyor,

Har bir inson hayotiga qaratilgan eʼtibor,

Kimning agar dardi boʻlsa, boʻlmagay bu dunyo tor,

Chunki unga malham birla shirin soʻz shifokor bor,

Har kimga bu elimizda mehr-shafqat ehson, Vatan.

Neki soʻz kelsa xayolga gul hayot taʼsirida,

Bu koʻngil toʻlmas baridan, qancha ayt tasvirida,

Ne uchunki Yurtboshimiz har chora-tadbirida,

Yuksalishni rejalaydi xalqimiz taqdirida,

Bu bizning yurt, goʻzal oʻlka, bu–Oʻzbekiston, Vatan.

Ahmad NAFASOV,

«Jayxun ilhomlari» NNT raisi.

 

Tuprogʻing muqaddas

Asrlar oshgandir dovrugʻing yurtim,

Zamonlar koʻrgansan tundan ham qora.

Iymoning saqlading, pokiza, butun,

Avlodlar hamisha qilar xotira.

Gulshansan jahonda tengi yoʻq yurtim,

Onamday muqaddas asragum seni.

Nomingdir eng toza va oliy maqom,

Alla-la boshlangan har bitta kuni.

Muqaddas tuprogʻing koʻzimga suray,

Sajdada hattoki choʻlda yantogʻing.

Aslida men sening gʻuloming boʻlay,

Navoiyni koʻrgan ona tuprogʻim.

Jahongir Mirzoning avlodlarimiz,

Olqish olgaydirmiz yurtim, madhingga.

Navoiy bobomning zuryodlarimiz,

Aslo koʻz tegmasin goʻzal husningga.

Zafar quchayotir har bitta yoshing,

Bayrogʻing ufqqa, xalqim, yetajak.

Erking oʻz qoʻlingda, omondir boshing,

Kutmoqda xalqimni buyuk kelajak.

Iymonni saqlagan yuqtirmasdan gard,

Sotmagan bir qarich tuprogʻin yovga.

Taxti Sulaymondir boshida bor baxt,

Odamlari pokligi oʻxshagan qorga.

Noming ulugʻ erur daholardan ham,

Islom bobom jannatda buyuk qoʻrgʻonim.

Mumtoz yurtni qancha taʼriflasa kam,

Aziz va yagona Oʻzbekistonim!

Mardona JUMAMURODOVA,

12-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi.

 

Boʻston boʻlajak

Qoʻlni qoʻlga berib, ahil yashasak,

Butun olam goʻyo boʻston boʻlajak.

Millatlar tinch-totuv, birdam yashasak

Albatta, kutadi nurli kelajak!

Hamjihatlik, mehr-oqibat boʻlsa,

Vatan deb atalmish oilamiz tinch.

Qayerdaki tinchlik hukmron ekan,

Odamlarga yordir baxt, omad, sevinch.

Ayyoming muborak, ey aziz yurtim,

Bolalar bagʻringda shodon oʻynasin!

Oqniyat, toʻgʻrisoʻz, mehnatkash xalqim

Moʻl xirmon yaratib, xurram toʻylasin.

Ziyoda BEKMURODOVA,

20-sonli maktabning

ingliz tili fani oʻqituvchisi.

 

XALQIM

Taʼrifing aytmoqqa

ojizdir tilim,

Qancha aytsam shuncha

yayraydi dilim.

Goʻzalim, betakrorim,

jonajon elim,

Muqaddas Vatanim –

oʻzbegim manim!

Jahon aro hamisha

yangragay noming,

Hech qachon oʻchmasin

shuhrat-u shoning.

Hamisha azizdir

bugʻdoy-u noning,

Muqaddas Vatanim –

oʻzbegim manim!

Oʻzbegim elsevar

xalqimdir mening,

Dillarda madhiyang

yangraydi mangu.

Or-nomusim, tayanchim,

suyanchim mening,

Insonlaring hamisha

duoda ezgu.

Donolarning donolari

yetishgan,

Jahon senga

tasannolar aytishgan.

Sportda birinchi,

yuksakdir ilm,

Muqaddas Vatanim –

oʻzbegim manim!

Onalaring sokin

aytadi alla,

Boyliging mujassam

paxta, gʻallada.

Bosh egib hamisha

aylaymiz taʼzim,

Muqaddas Vatanim –

oʻzbegim manim!

Chin farzandlik burchim

doim saqlayman,

Bildirgan ishonching

doim oqlayman.

Ravnaqingga doim

qoʻshaman hissa,

Oʻzbek xalqim yashnayver,

mangu hamisha.

Aziza OʻROZBOYeVA,

32-sonli maktab oʻquvchisi.

 

SENDAN YIROQ KETOLMASMAN...

Ey, mening diyorim, jonajon oʻlkam,

Ertaklar aytmasang, hech uxlolmasman.

Misli bir jannatsan, doimo koʻrkam,

Qancha tasvirlasam hamki tolmasman.

Ne qilay, sendan olis ketolmasam,

Ketsam gar, sogʻinaman bir lahzada.

Bolaligim oʻtgan koʻchalaringni,

Eslasam, tuygʻular kelar larzaga.

Menga tunlarda ertak aytgan Vatan,

Ertaklaring eslashdan tolmasman.

Oylar, uzun yillar ham oʻtmas sensiz,

Bir on ham sendan yiroq ketolmasman!

Ey, mening Vatanim, jonajon oʻlkam,

Dunyoda tengsizsan, hammadan koʻrkam!

Raʼno ISMOILOVA.

 

BULBULGA GUL HAMDAM

Yangi oy chiqsami kulimsirab koʻkdan,

Quvonchni quchganim koʻksimni oʻpgan.

Kuylari jahd etib chiqqay chamanga,

Qushlarday qoʻnarlar zebo Vatanga.

Ayni qish boʻlsa ham boʻsagʻam boʻston,

Boʻlgandek oyogʻim ostida osmon.

Sanoqli davrimda sogʻliq berib Haq,

Hurlikni his etib yasharman xushvaqt!

Haqqimdan ziyoda, insofdan emas ,

Soʻrasam idrokim aslo yoʻl bermas!

Yangi oy kashf etgan Haqqa sevgim bor,

Qadamsiz damgacha qilgum ixtiyor.

Sevgisiz yashagan bormi bu bogʻda,

Jayhunim koʻrk tuqqan koʻhna qirgʻoqda.

Men ham bir oʻgʻilman shul yoqdan chiqqan

Bulbulga gul hamdam qishloqdan chiqqan...

Jumaboy HIDOYaTOV.

 

ALPOMIShLAR OʻLKASI

Alpomishlar oʻlkasi bu – koʻhna Turon,

Matonatga timsoldir har bitta oʻgʻlon.

Buyuk davlat bunyod etgan sohibqiron –

Amir Temur, Navoiydan meros makon!

Taxtdan tushsa, otda yurgan mardi-maydon,

Al-Buxoriy, Bobur Mirzo – sobit iymon.

Vatan, degan sharaf tojin kiyib oʻtgan

Jaloliddin Manguberdi kabi oʻgʻlon!

Ilm-u irfon nurin sochib jahon ichra,

Dong taratdi magʻrib, mashriq Shom-u Chinda.

Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino,

Forobiyning irfonlari dil ichinda!

Alpomishlar oʻlkasi bu – koʻhna Turon,

Istiqlolning qanotidir botir oʻgʻlon.

Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron –

Temuriylar oʻlkasidir Oʻzbekiston!

Sherzod Rahimboyev,

Kuyuk koʻpir ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019