16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:42
Jamiyat 👁 3,141

Inson – hayot gultoji

Inson – hayot gultoji

Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi.Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar.

(Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda)

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, yillar oʻtgani sayin biz Konstitutsiyamizning ahamiyati va mohiyatini, hayotimizdagi oʻrni va taʼsirini, qadr-qimmatini yanada chuqurroq anglab bormoqdamiz. Konstitutsiya har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligi rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi oʻrni va turmush tarzini belgilab beradigan asosiy qonundir.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqimizning inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqligini ifoda etib, milliy davlatchiligimiz rivoji, demokratiya va ijtimoiy adolat, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalariga asoslangan, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishning mustahkam yoʻli belgilab berildi.

Asosiy qonunimizda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga boʻlinishi eng muhim tamoyil sifatida belgilangan. Inson huquq va erkinliklari Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgani mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining asosiy mohiyati insonni ulugʻlashga qaratilgan. Konstitutsiyamizning ikkinchi boʻlimi bevosita "Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlangan boʻlib, unda insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquqlari, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquqlari alohida boblar va moddalarda mustahkamlangan.

Darhaqiqat, inson – hayot gultoji. Uni eʼzozlash, haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish haqiqiy demokratik, adolatli davlatga xosdir. Bu oʻzaro mehr-oqibatli boʻlish, yon-atrofdagilarga hurmat-ehtirom koʻrsatish hayot tarziga aylangan xalqimizga xos fazilatlardandir.

Konstitutsiyamizning gʻoyasi, asosiy tamoyillari va qoidalari umumeʼtirof etilgan xalqaro talablar bilan birga, xalqimizning ming yillar davomida shakllanib kelgan qadriyatlariga toʻla mos keladi. Unga koʻra, davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, inson – oliy qadriyat va davlat siyosatining asosiy maqsadi ekanligi, demokratizm, davlat bilan fuqaroning oʻzaro masʼulligi, qonuniylik, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, hokimiyatlar boʻlinishi, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan faol tashqi siyosatning amalga oshirilishi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish va boshqa printsiplari – bularning barchasi Asosiy qonunimizning bosh gʻoyalaridir. Mamlakatimizda har qanday qonun va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ana shu printsiplarga mos holda qabul qilinadi.

Asosiy qonunimiz nafaqat yuridik norma, yaʼni majburiy xarakterga ega boʻlgan qoida va printsiplari, balki maʼnaviy jihatdan yuksak qoidalari bilan ham alohida ajralib turadi. Xalqimizga xos koʻplab umumbashariy qarashlar qoida sifatida Bosh qomusimizda belgilangani uning milliy xarakterini koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga asoslangan, tom maʼnodagi demokratik Konstitutsiyadir. Unda inson huquqlariga oid bir qator xalqaro hujjatlar – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Ijtimoiy, iqtisodiy huquqlar toʻgʻrisidagi pakt, Siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi pakt, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya, Ayollar teng huquqligi toʻgʻrisidagi konventsiya va boshqa hujjatlarda belgilangan asosiy tamoyillar oʻz ifodasini topgan. Jumladan, Bosh qomusimizning 3-bobi Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga bagʻishlangan. Davlatimiz tomonidan chiqarilgan qonunlarning bajarilishi barcha uchun shartdir. Qonun oldida har qanday fuqaro millati, ijtimoiy kelib chiqishi, tili, dini, irqidan qatʼi nazar, teng huquqlidir. Konstitutsiyaning birorta qoidasi Oʻzbekiston Respublikasi huquq va manfatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.

Inson huquq va erkinliklari Konstitutsiyada muayyan tizimda, alohida bob va moddalarda mustaqil normalarda aks ettirilgan. Yaʼni, insonga tegishli boʻlgan, xalqaro standartlar darajasidagi – uning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa huquqlari mustahkamlangan. Davlat boshqaruvi tashkil etilayotganda, avvalo, inson huquqlariga oid tamoyil va qarashlardan kelib chiqib, boshqaruv amalga oshiriladi.

Inson huquqlarining himoya qilinishida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish va hal etish muhim oʻrin tutadi. Buning uchun fuqarolarning oʻz huquqini yaxshi bilishi, qonunlarga rioya etishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan qonun doirasida munosabatga kirishishi, buzilgan huquqlarini tiklashda bevosita sudlarga murojaat qilish madaniyatini yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarga bevosita huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida advokatura institutining rolini yanada oshirish, advokatlarning sud jarayonida protsessual ishtirokini yanada kengaytirish borasidagi izchil ishlar oʻzining yuksak samaralarini bermoqda. Bularning barchasi qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Qonun ustuvorligini taʼminlash amalda inson huquqlarining himoyasini taʼminlash demakdir. Inson huquqlarini himoya qilishning asosiy talabi ham aynan qonunlarga ogʻishmay rioya etish, qonunlarni tushuntirish, qonunbuzarlikka qarshi kurash va boshqalarga asoslanadi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish hamda jamiyatni yangilash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli izchil islohotlarning bosh maqsadi ham inson huquqlari va manfaatlarini yanada kengroq taʼminlashdan iboratdir.

Boboqul Toshev,Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019