16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
Sport 👁 1,064

SPOPT HAFTALIGIDA 36 MING 600 NAFAPDAN ZIYoD YoShLAP IShTIPOK ETDI

SPOPT HAFTALIGIDA 36 MING 600 NAFAPDAN ZIYoD YoShLAP IShTIPOK ETDI

Jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda Prezidentimiz tomonidan respublika taqvim rejasi doirasida har yili ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazib borish vazifasi berilgan edi. Shunga koʻra, birinchi boʻlib Qoraqalpogʻiston Pespublikasida namuna tarzida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Yoshlar sport haftaligi” tashkil etildi.

Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi barcha tumanlardagi kabi bizning tumanimizda ham oʻtkazilgan ushbu haftalikda turli sportlar boʻyicha musobqalar tashkil etildi. Sportning stol tennisi, gimnastika, voleybol, shaxmat-shashka, kurash va boshqa turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda 600 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdilar. Haftalik davomida oʻtkazilgan ertalabki badantarbiya mashgʻulotlariga esa jami 36 mingdan ziyod yoshlar qatnashib, kunni zavqli boshladilar.

1 va 2-oktyabr kunlari tuman sport maktabida stol tennisi boʻyicha ochiq birinchilik oʻtkazildi. Unda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablaridan 81 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Qizgʻin oʻtgan musobaqada 1-oʻrin gʻolibligi 40-son maktab oʻquvchisi Shahzod Jumaboyevga, 2-oʻrin 5-son maktab oʻquvchisi Diyorbek Allaberganovga, 3-oʻrin 15-son maktab oʻquvchisi Doston Jumanazarovga berildi. Qizlardan esa 31-son maktab oʻquvchisi Hurshida Qoʻchqorovaga 1-oʻrin, 36-son maktab oʻquvchisi Iroda Qurbonboyevaga 2-oʻrin, 27-son maktab oʻquvchisi Gulmira Bayramboyevaga 3-oʻrin gʻolibligi berildi.

3-oktyabr kuni tuman Madaniyat va aholi dam olish markazida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha oʻtkazilgan ochiq birinchilikda 5-7, 8-9, 10-13 yosh toifadagi sportchi qizlar ishtirok etdilar. Musobaqalarda gimnastika usullarini nafis harakatlar bilan namoyish etib, oʻz mahoratini koʻrsatgan qizlardan gʻoliblar saralanib olindi. Yakuniy natijalarga koʻra, 5-7 yoshdagilar toifasi boʻyicha 31-son maktab oʻquvchisi Zuhra Jumaboyeva 1-oʻrin, 6-son maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi Lobaroy Arrabboyeva 2-oʻrin, 17-son maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi Sugʻdiyona Bektemirova esa 3-oʻrinni egalladilar.

Shuningdek, 8-9 yoshdagi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda 30-son maktab oʻquvchisi Mahliyo Toirova 1-oʻringa, 55-son maktab oʻquvchisi Asaloy Arabova 2-oʻringa, 1-son maktab oʻquvchisi Sevinch Murodboyeva 3-oʻringa ega boʻldilar. Musobaqaning 10-13 yoshdagilar toifasi boʻyicha esa 31-son maktab oʻquvchisi Sevara Jabborbergenova 1-oʻrin, 55-son maktab oʻquvchisi Puxshona Muhammadsoliyeva 3-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar.

Sport haftaligi bellashuvlari 4-oktyabr kuni ham davom ettirildi hamda 160 nafardan ziyod yoshlar Amudaryo akademik litseyi sport zali va maydonchalarida voleybol, futbol boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqalarda ishtirok etdilar. Voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji jamoasi 1-oʻrin, NDPI qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyi jamoasi 2-oʻrin, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji jamoasi 3-oʻrin gʻoliblari boʻldilar. Futbol musobaqalarida esa Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji jamoasi 1-oʻrin Mangʻit iqtisodiyot kolleji 2-oʻrin, Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchilari 3-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdilar.

Haftalikning 5-oktyabr kuni shashka boʻyicha oʻtkazilgan musobaqasi Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va Nogironlar jamiyati tuman boʻlimi tomonidan tashkillashtirildi. Undan tashqari, tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi bilan hamkorlikda shaxmat boʻyicha ham musobaqa oʻtkazildi.

“Yoshlar sport haftaligi” 6-oktyabr kuni davom ettirilib, Ittifoqning tuman Kengashi va tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamkorigida yoshlar oʻrtasida kurash musobaqalari oʻtkazildi. Musobaqalarning barcha gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan “Faxriy yorliq” va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Haftalik doirasida oʻtkazilgan barcha musobaqalarda sportchi va sportga qiziquvchi yoshlar bellashish bilan birga oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni ham mustahkamlashdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019