16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:02
Maqolalar 👁 868

KONSTANTIN MIXAYLOVICh OGAY – UNI HAMMA KOSTYa AKA, DEP EDI

KONSTANTIN MIXAYLOVICh OGAY – UNI HAMMA KOSTYa AKA, DEP EDI

1935-yilda Primore oʻlkasida yashovchi oddiy xonadonlarning birida oʻgʻil farzand dunyoga keldi. Ota-onalari, albatta, farzandining yaxshi inson boʻlib yetishishini orzu qilib duo qilganligi aniq. Lekin oʻgʻlonning kelajakda olis Oʻzbekiston diyoriga kelib oʻqib, ulgʻayib katta bir tumanga bosh shifokor boʻlishi hech kimning yetti uxlab tushiga ham kirgan emas. Ha, xuddi shunday boʻldi ham. Taqdiri azaldan inson qochib qutula olmaydi deganlaridek, Konstantin Mixaylovich Ogayning ota-onalari tarixiy sabablar va shart-sharoitlar bilan Primore oʻlkasidan Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi “Sunde Xun” (sobiq “Kommunizm” jamoa xoʻjaligi hududi) sholikorlik xoʻjaligiga koʻchib kelishadi. Yoshgina Kostya mahalliy bolalar bilan tezda kirishib ketadi. Umumtaʼlim maktabining rus tilida oʻqitiladigan sinfida 10-sinfni bitirib chiqadi. Maktabni aʼlo baholarga bitirgan zehnli bu yigit 1954-yilning oʻzidayoq olis Novosibirsk Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetiga oʻqishga kiradi. Oradan olti yil oʻtib, Konstantin Ogay mazkur institutni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Institut taqsimot hayʼati unga oʻzi oʻsib-ulgʻaygan olis Xorazm viloyatiga ishga yoʻllanma berdi. U oʻzining tibbiyot sohasidagi ilk ish faoliyatini Mangʻit shahridagi markaziy kasalxonada terapevt-shifokor boʻlib ishlashdan boshladi. Mehnatkashligi, halol va rostgoʻyligi, oʻz ustida tinimsiz izlanishi hamda bemorlarga va atrofidagilarga xushmuomalaligi bilan tezda mehnat jamoasida, el orasida obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻla boshladi.

Natijada Konstantin Mixaylovichdagi oʻziga xos tadbirkorlik va atrofdagilar bilan muomala madaniyatining nihoyatda yuksakligi, har bir masalaning yechimini topish borasidagi odilona ilmiy yondashish xususiyatlarini hisobga olib, tuman rahbariyati ulkan jamoaning bosh shifokori oʻrinbosari lavozimiga tayinlashdi.

Uning qoʻlidan davo topganlar soni esa kundan-kun oshib, aholi orasida katta obroʻ qozondi. 1970-yilga kelib Konstantin Mixaylovich birinchi toifali terapevt darajasiga erishdi. Uni kasbdoshlari, ayniqsa, amudaryoliklar oʻzlariga yaqin olib Kostya aka, deb chaqiradigan boʻlishdi.

Mixaylovichning kasbiy salohiyati 1975-yilda Davlat attestatsiya hayʼati tomonidan oliy toifali terapevt maqomiga loyiq deb topildi. Shu tariqa u haqiqiy oʻzbek farzandi, mangʻitlik boʻlib qoldi, bu rost gap. 1978-yilda Konstantin Mixaylovich Ogayga “Qoraqalpogʻiston ASSPda xizmat koʻrsatgan shifokor” Faxriy unvoni berildi. Bu yuksak mukofot inson mehnatining qadrlanishi va millatlararo oʻzaro tinch-totuvlikning, qolaversa, sogʻliqni saqlash tizimida fidoyilik qilayotgan ilgʻor kadrlar mehnatining davlat tomonidan munosib baholanishi edi.

Biz ushbu maqolamizda Kostya akaning davolovchi shifokor sifatida jonkuyarlik koʻrsatib ishlagani, rahbar sifatidagi tashkilotchilik qobiliyati, boy bilimi, jamoatchilikning hurmatiga sazovor boʻlgan koʻp qirrali faoliyatini yoritish barobarida u kishidagi insoniy fazilatlar naqadar yuksak boʻlganini alohida eʼtirof etishni lozim topdik. U oʻz huzuriga ilinj va ishonch bilan kelgan insonlarning koʻngliga dalda berib, sogʻayib ketishiga ishontira olish qobiliyatiga ega shifokor edi.

Umr – oqar daryo. Yorugʻ dunyoga kelibmizki, uning soʻnggi manzili borligi barchamizga ayon. Lekin bu lahzani Yaratganning oʻzidan boshqa hech kim bilmaydi...

Modomiki, shunday ekan, oramizda Konstantin Mixaylovichdek el eʼzozida boʻlgan insonlarni eslab, Allohga iltijo qilamizki, ularning qabrlari nurga toʻlsin!

Qodirbergan xoji JUMAMUPOD oʻgʻli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019