16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:09
Adabiyot 👁 3,693

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Chiroq

(Yaqin oʻtmish gurungi)

Bekat. Toʻrt-besh yigit davrani oʻrab,

Turibdi “taksist”dan yolvorib soʻrab:

Akkumulyator toʻzsa, tashlama sira,

Eskirgan boʻlsa ham menga ber, joʻra.

...Sutkada uch soat yonadi chiroq,

Yorugʻlik amalin qilish shart, biroq.

Solyarka falon soʻm! Ha, undan koʻra,

Akkumulyatoring menga ber, joʻra.

Tong bilan yumushga bormasak boʻlmas,

Yuz-qoʻlga iliq suv olmasak boʻlmas.

Minnatsiz, turtinib yurgandan koʻra,

Akkumulyatoring menga ber, joʻra.

Oʻninchi lampaning shishasi qurum,

Olmasam boʻlmaydi piligin gulin.

“Svetodiod” zoʻr lampadan koʻra,

Akkumulyatoring menga ber, joʻra.

Mashaqqatlar yomon, aytasan nesin,

Ketkazib boʻlmaydi qoʻlingdan isin.

Menga ishonmasang, qoʻshnidan soʻra,

Akkumulyatoring menga ber, joʻra.

Endi elektr tok qachon keladi,

Qachon uy yorishar, Xudo biladi.

“Bilmayman!”–dedi-ku hov fermer toʻra,

Akkumulyatoring menga ber, joʻra.

Koʻrdim, starterga yetmaydi kuchi,

Itarib yoqmoq ham uyat sen uchun.

Yangisin ol! Bizdan bir palovtoʻra,

Akkumulyatoring menga ber, joʻra.

–Shukur! Bizda gaz, tok boʻldi farovon,

Qish-u yoz uyimiz issiq, charogʻon.

Puling ham kerakmas, xaltangga oʻra,

Eski akkumulyator seniki, joʻra!

Tursunboy Abdullayev.

 

Tushlarimda sizni koʻray

Yaratgan Egamga iltijo qilib,

Onamning tushimga kirishin soʻrdim.

Necha yillar siymongiz sogʻinib yurib,

Bugun tushlarimda men Sizni koʻrdim.

Siz bilan uygʻondi bugungi tonggim,

Maʼyuslanib yana oʻylarga toldim.

Tashvishli dunyoning gʻalvalari-yu,

Yolgʻon ertagiga aldanib qoldim.

Gʻam choʻkkan koʻnglimni ovutish uchun

Mayliga onajon, aldanib yuray.

Iltijom Egamga yetgan onlari,

Tushlarimda faqat, men Sizni koʻray.

Xushroʻy EShChONOVA.

 

ShUNChAKI EMAS

Men shunchaki tugʻilmaganman,

Men shunchaki yasholmayman, bas.

Yuragim shunchaki urmagay,

Muhabbatim shunchaki emas!

Oʻtirmasman dilimni dogʻlab,

Zogʻlar chiqib olsa tegramga.

Yaxshilikni nonday ulugʻlab,

Sigʻinaman faqat Egamga.

Shunchakimas dardlarim, shaksiz,

Bekorgamas ayriliq, diydor.

Hayot menga yuborgan tashvish,

Sinovlarda bir xosiyat bor.

Qizgʻaldoqlar menga dugona,

Doʻstim erur jumlai bashar.

Men yigʻlasam boʻlib parvona,

Atrofimda aylanar qushlar.

Shunchaki kelmadim dunyoga shu kez,

Hech shunchaki yasholmasman, bas.

Yuragimni oʻrtaydi bir his,

Tuygʻularim shunchaki emas!..

Aziza MADRAHIMOVA.

 

Qachon koʻrishamiz?

Hayot bir imtihon, sinovlari moʻl.

Ajralishdi qoʻllar, ayro tushdi yoʻl.

Koʻrishguncha xayr, jonim omon boʻl.

Qachon koʻrishamiz, Xudo biladi!

Ketaman, deganga sabab shart emas.

Mensiz yashash senga ogʻir dard emas.

Oʻz soʻzidan qaytgan aslo mard emas.

Qachon koʻrishamiz, Xudo biladi!

Men-chi jim, tilimni yutgancha qoldim.

Qoʻlimda gulimni tutgancha qoldim.

“Har doimgi joy”da kutgancha qoldim.

Qachon koʻrishamiz, Xudo biladi!

Bilaman, izingda oshiqlar toʻpdir.

Nigohing koʻzimga qadalgan oʻqdir.

Koʻrsam, senga aytar gaplarim koʻpdir.

Qachon koʻrishamiz, Xudo biladi!

Sen ketding, yoʻlingda qoldim intizor.

Koʻzlarimga sensiz ikki dunyo tor.

Yana koʻrishmoqqa umidlarim bor...

Qachon koʻrishamiz, Xudo biladi!

Bir kun shum shaytonning tegib laʼnati.

Chin dunyoga ketsak, kelib navbati.

Men – bir doʻzaximan, sen – bir jannati.

Qachon koʻrishamiz, Xudo biladi!

Soʻzlarimga quloq osmading, ay, yor.

Oʻzingcha magʻrursan, oʻzingcha ayyor.

Ming marta soʻradim – javobing tayyor:

– Qachon koʻrishamiz?

– Xudo biladi. . .

Komronbek Kamol,

Qangli ovuli.

 

Mehr – koʻzda

Dardga davo istasang,

Shunday shifo bor soʻzda.

Buni unutmang aslo,

Azizlar, mehr – koʻzda.

Qalb tasalli istasa,

Soʻzga boʻladi muhtoj.

Bunday paytda, ey doʻstim,

Qovoq uyma, qalbing och.

Seni kutar oilang,

Ota-onang intizor.

Sogʻingansan-ku axir,

Bir bor sen ham yoʻqlab bor.

Axir diydor gʻanimat,

Ularni sen yoʻqlab qoʻy.

Yaqining gar yoʻqotsang,

Qolar undan shirin oʻy.

Umr – oqar bir daryo,

U hech qachon toʻxtamas.

Baxtli oʻtgan bugunga,

Ertangi kun oʻxshamas.

Yana aytaman takror:

–Mehr – koʻzda, unutma.

Arazlagan yaqining,

Qachon kelishin kutma!

Sen uning yoniga bor,

Koʻnglin olgin va yarash.

Yelkangdan togʻ yiqilsin,

Oʻzgarsin, dunyoqarash.

Iroda Yerdosheva,

38-maktab oʻquvchisi.

 

Ustoz

Kunlar sayin sogʻinchlardan qaynaydi qalb,

Ustozlarim mehri sabab, bilmayman dard.

Ulugʻ neʼmat, ulugʻ qadr sizga boʻlsin,

Siz anglatgan dunyolarga tegmaydi gard.

Shoʻxligimiz koʻtargan ham siz boʻlasiz,

Koʻnglingizga tegar boʻlsak, jim kulasiz.

Shogirdingiz yuragida siz hamisha,

Ustozlarim, mangu porlab turasiz.

Dildora RAJABOVA.

 

Dil isyoni

Xoinlar bor azaldan:

Xiyonatdir quroli.

Nomardlik hech oʻlmagan,

Axrimanning qaroli.

Manqurt misol kimsalar

Tugʻilsa kim gunohkor?

Kimdir emas, butun xalq

Boʻlar dardga giriftor.

Ona, angla kimliging,

Farzandingni oʻldirma.

Ota, sendan ulugʻroq

Koʻngillarni sindirma.

Vatan – bu men, deganlar

Hayot ichra mashʼaldir.

Dil ziyoga yoʻgʻrilsa,

Iblislari qamaldir.

Bedor bilar: yurt nedur,

Uygʻoq oʻtar hamisha.

Jism omon tugʻilgay,

Ruh tugʻilsa pokiza.

Qalbi zahar, til shirin,

Chin oʻgʻlingman demasin.

Maddohlari kerakmas,

Ulugʻ yoʻldan yurmasin.

OʻZI bergan suyuk xalq

Ul kungacha oʻlmaydi.

Bandasining zulmidan

Farishtalar asraydi.

Shahzod Anvar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019