16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:59
Siyosat 👁 2,648

Saylovlarda demokratiya ustuvor

Saylovlarda demokratiya ustuvor

Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

105-moddasidan


Saylovlar bugungi muhim ijtimoiy-siyosiy voqea sifatida koʻpchilikning diqqat-eʼtibori markaziga koʻchdi. Har bir mahalla ahli fikri xayolida yangi oq-soqolimiz kim boʻlarkan degan savolli mulohazalar kezib yuribdi. Saylov boʻlib oʻtgan mahallalarda esa bu savolga javob topilib, koʻngillari taskin topmoqda va yangi oqsoqolning yanada faolroq ishlab fuqarolarning manfaatlarini koʻzlagan holda har bir oilaning, har bir xonadonning va nihoyat butun mahalla ahlining tinch-totuvligini, ogʻizbirchiligi va har ishda hamjihatliligini saqlagan holda uning barqarorligini taʼminlash yoʻlida, el-yurt farovonligi va obodligi borasida yanada koʻproq jon kuydirishiga amin boʻlmoqdalar. Saylangan oqsoqollarga bildirilgan ishonch asosli albatta. Negaki saylangan yangi oqsoqollar yangi tahrirdagi Qonun talablariga muvofiq demokratik tamoyillarga tayangan holda ochiq oshkoralik (ochiq ovoz berish yoʻli bilan), muqobillik va teng huquqlilik negizida saylovchi vakillarining erkin tanlashlari boʻyicha koʻpchilik ovoz bilan saylandilar. Bunga yorqin misol sifatida "Qangli” OFY tarkibidagi "Qumyop” MFYning yangi oqsoqoli Norboy Oʻrozimbetov Qurbonboyevichni koʻrsatishimiz mumkin. Chunki, bu yangi oqsoqol oʻtgan saylov davrida mazkur mahalla posboni sardori boʻlib faoliyat koʻrsatib, oʻz zimmasidagi vazifalarni bajarishga masʼuliyati kuchliligi va fidoyiligi bilan koʻpchilikning ishonchini qozongan. Mana shunday saylovchi vakillarining saylovda faol qatnashib oʻzlarining tanlash erkinligidan toʻla foydalangan saylov misoliga "Xolimbeg” OFY tarkibidagi "Oyoqchi” MFYda oʻtkazilgan saylovni ham koʻrsatishimiz mumkin. MFY saylovchi vakillari hukmiga oqsoqollik uchun uchta nomzod qoʻyildi. Shulardan oʻtgan saylov davrida mahalla oqsoqoli boʻlib faoliyat koʻrsatgan Komiljon Boboniyozov nomzodi uchun saylovda qatnashayotgan 47 vakildan 12 vakil ovoz bergan boʻlsa, Amu-daryo xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi Allayar Qalandarov Aminovich nomzodi uchun mazkur 47 vakildan 29 nafari yakdillik bilan ovoz berdi va koʻpchilik ovoz olganligi bois Allayar Qalandarov Aminovich "Oyoqchi” MFYning yangi oqsoqoli qilib saylandi. Muqobillik asosida uning 8 nafar maslahatchilari ham saylandilar.

Shuningdek, "Doʻrman” OFY tarkibidagi "Qoramon” va "Boʻzsolma”, "Kuyukkoʻpir” OFY tarkibiga kiruvchi "Oʻzbekiston”, "Qizilcholi”, "Bobur” OFY tarkibidagi "Jumur ovul”, "Qipchoq” OFY tarkibiga kiruvchi "Daryo boʻyi”, "Uyshin”, "Besh tom” mahalla fuqarolar yigʻinlarida ham saylovlar demokratik tamoyillarga tayangan holda oʻtkazildi. Saylovlarda demokratiya ustuvor boʻlib, oshkoralik, muqobillik va tenghuquqlilik tamoyillariga toʻla amal qilindi. Bugungi saylovlar jarayonlari nafaqat MFY rahbariyati tarkibidagi xodimlar va mutaxassislarning va mahalla faollarining, bal-ki oddiy fuqarolarning ham siyosiy va huquqiy ongi ancha oʻsganligidan, demokratiya tushunchalari va koʻnikmalari shakllanayotganidan, atrofimizda, butun mamlakatimizda va jahon miqyosida yuz beryotgan muhim voqealarga oʻz munosabatlarini bildirishga qodir boʻlyotganidan hamda oʻzlari ongli ravishda kuchli fuqarolik jamiyati bunyodkorlariga aylanayotganidan darak beradi.

Qobul Shomurodov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026