16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:56
Adabiyot 👁 3,991

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Armon

(Ona Vataniga qaytolmagan, 18-19 yoshida shahid ketgan baynalmilalchi quroldoshlarim armoni)

Oʻz yurtimga kelolmadim men,

Orzularim qucholmadim men.

Onajonim, mehringiz tuyib,

Qonib-qonib icholmadim men.

Yurgan joyim togʻ-u tosh boʻldi,

Koʻrganlarim gʻam-hasrat boʻldi.

“Oʻzga yurtda qon kechdim nechun–?”

Degan savol nadomat boʻldi.

Yashamoqqa haqqim bor edi,

Oʻylarimda goʻzal yor edi.

Onajonim, sizga munosib,

Kelin olmoq ahdim bor edi.

Qattol urush oldi jonimni,

Hijron yoqdi xonumonimni.

Oʻn toʻqqizga kirmay toʻkildim,

Koʻrmay soʻldim Onajonimni!

Sovet qurgan zanjir – tuzoqqa

Tushdim, tutdim oʻzni soʻroqqa.

Qaytib keldim temur tobutda,

Kindik qonim tomgan tuproqqa!

Onajonim, ey aziz Yurtdosh,

Bugun Vatan qanday serquyosh.

Shu quyosh va tuproq ostida,

Men yotibman tan beruh, bir losh.

Men Vatanga xizmat qilmadim,

Erta ketdim, davron surmadim.

Rozi boʻling, mendan Vatandosh,

Afsus, mendan bir iz qolmadi.

Mamatsoliy ABDULLAYeV,

tuman Faxriy askarlar uyushmasi ijtimoiy himoya markazi raisi.

 

PAXTAKOR QIZLARGA

Chanoqlarda ochilgan rosa,

Oppoq-oppoq loʻppi paxtalar.

Dalalarda qizlar qoʻshigʻi,

Xirmonlarday koʻkka yuksalar.

Bir-biridan qolishmas aslo,

Etak tutgan terimchi qizlar.

Rizqin bergan Alloh taolo,

Yigʻib olar Oybarchin qizlar.

Sanam qizlar, goʻzal opalar,

Baland boʻlsin oppoq xirmonlar.

Oʻzbekiston nomini olib,

Dunyo kezib ketsin karvonlar!

Zuhra AHMEDOVA.

 

Meni eslarsan

Balki meni eslarsan bir kun,

Koʻzda qatra sogʻinch yosh bilan.

Balki meni eslarsan bir kun,

Xiyonatdan egik bosh bilan.

Balki meni eslarsan bir kun,

Yurakda dard, koʻzda gʻam bilan.

Pushmonlarning oʻtida u kun,

Vujudingda yoʻq bardosh bilan.

Balki meni eslarsan bir kun,

Oʻgʻil-qizim yuziga qarab.

Esga olib mevasi durkun,

Bogʻlarimdan ohista izlab...

Shohsanam OʻROZALIYeVA,

Namuna MFY.

 

HAYoT OFTOBI

Ona tilim – oʻzbek tilim,

Sen-la yayrar bahri dilim.

Millatimiz yuzi, faxri,

Sevar seni ona xalqim.

Falakda gar hilol boʻlsa,

Yerda oʻzing yagona.

Biz uchun suyuklisan,

Ona tilim, dunyoda.

Yorugʻ etar yoʻlimizni,

Misli hayot oftobi.

Dunyolarga tanilgan,

Oʻzbek tilim kitobi.

Ajdodlarim qoni singgan,

Tilimiz-la suyukmiz.

Navoiyni ulugʻlagan,

Shu til bilan buyukmiz.

Nodira QOZOQOVA, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

DILDA EHTIROS

Yam-yashil yashargan dunyoning yuzi,

Amu suvlarida tuygʻular oqar.

Vatanning oftobi qizartib yuzni,

Yurtim, chiroyingga mahliyo boqar.

Shoirona tanholikni istadi koʻngil,

Falakdan yulduzlar oqar yoʻlimga.

Ajib bir sukunat, borliq esa jim,

Qalamim tutqazar kimdir qoʻlimga.

Mustaqil yurtimda koʻngildir mulkim,

Tizilib keladi soʻzlar quyuni.

Tubsiz osmon, poyonsiz moviy olam,

Ochib berar goʻyo nazm yoʻlini.

Oshno qilar tabiatning bor sehri,

Kimgadir zor, tashna qalbda tuygʻular.

Oʻlkam kechasining bormikan mehri,

Yoniq yuragimni oʻziga chorlar.

Tashlagan qalamim bugun qoʻlimda,

Orom olmoqdaman, dilda ehtiros.

Oppoq nurlar toʻshalibdi yoʻlimga,

Shoirligim doʻstlar, ekanmikan rost?

Xolimbat XUDOYoROV,

Jumurtov shaharchasi.

 

Ona tilim

Ona tilim mening, qalbim sururi,

Dilimda joʻsh urgan shirin kalomim.

Xalqimning tengsiz baxt hamda gʻururi,

Oʻzing iftixorim, oʻzingsan orim!

Millat koʻzgusisan, millatning ruhi,

Yigirma asrlik tarixga ega.

Sen bilan barhayot moziy shukuhi,

Ona tilim, seni asramay nega?

Asrayman sendagi buyuk oʻtmishni,

Asrayman, zar misol har bir soʻzingni.

Sharaflab, qadringni tutaman baland,

Aziz va tabarruk bilib oʻzingni.

Ona tilim mening, yasha barhayot,

Zavol koʻrma aslo, oftobdek porla.

Senda hikmatlar bor, koʻp senda bayot,

Qalblarni ezgulik yoʻliga chorla!

Iroda YeRDOShEVA,

38-sonli maktabning

11-sinf oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026