16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:34
Salomatlik 👁 929

Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar va oʻzgarishlar inson baxt-saodati, uning farovon va mazmunli hayot kechirishi uchundir.

Shu boisdan ham yurtimizda har yili ijtimoiy sohalarga, xususan, tibbiyot sohasiga davlat byudjetidan ulkan xarajatlar ajratiladi, aholining sogʻ-salomat yashab, uzoq umr koʻrishi yoʻlida gʻamxoʻrlik qilinadi. Chunki sogʻlom odamgina oʻzini baxtiyor his qiladi, davlat va jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshadi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahnamoligida sogʻlikni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, sifatli dori-darmon vositalari bilan taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar natijasida sohada koʻplab ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotir.

Aholi salomatligini saqlash, ularning tibbiyotga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, har bir kishining oʻz sogʻligiga masʼuliyatini oshirish, sogʻlom yashashga ragʻbatlantirish borasidagi olib borilayotgan keng miqyosdagi ishlar tufayli aholining umri davomiyligi oshib, sogʻlomlik darajasi yaxshilanmoqda.

Xalqning kayfiyati, hayotidan roziligi, avvalo, uning sihat-salomatligiga bogʻliq. Mamlakatimiz tibbiyotiga jahon tibbiyotida erishilayotgan yutuqlarni joriy etish, xalqaro ilgʻor tajribalarni oʻrganish, jahon sogʻliqni saqlash tizimiga integratsiyalashish va shu asosda tibbiy xizmat sifatini oshirish bugungi kunda tibbiyotimizning asosiy faoliyat mezoniga aylanmoqda. Keyingi ikki yil mobaynida sohani yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar koʻlami va sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan Prezidentimiz va davlatimizning 40 tadan ortiq Farmon, Qarorlari qabul qilingani fikrimizning isbotidir.

Oʻzlarining hayotini xalqimizning sogʻligini saqlash va tibbiy xizmat koʻrsatishdek ezgu ishga baxshida qilayotgan tumanimiz tibbiyot xodimlari ham sohaga bugungi kunda qoʻyilayotgan talablarga monand mehnat qilmoqdalar.

Ayni kunda tumanimiz Tibbiyot birlashmasida 297 nafar shifokorlar, 1150 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyat koʻrsatishadi. Aholiga 1 ta koʻptarmoqli markaziy poliklinika, 7 ta qishloq oilaviy poliklinikasi va 2 ta qishloq shifokorlik punktlari orqali patronaj tibbiy xizmat, 379-oʻrinli tuman markaziy shifoxonasi va 36-oʻrinli xoʻjalik hisobidagi pullik reabilitatsiya boʻlimida statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.

Joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyi davomida 19 ming 701 nafar bemor statsionar sharoitda davolanib, oʻz sogʻligini tikladilar.

Issiq jon isitmasiz boʻlmas, deydi dono xalqimiz. Ha, chindan-da, baʼzan odam oʻziga salgina beparvoligi tufayli, baʼzida hayotdagi baxtsiz hodisalar tufayli, baʼzan esa arzimagan muammolarga ortiqcha asabiylashish tufayli tibbiy yordamga muhtoj boʻlib qoladi. Dard bilan olishayotgan insonning undan xalos boʻlishiga koʻmaklashish, sogʻlom hayotga qaytarish – naqadar sharafli ish. Shu boisdan ham tumanimizda tibbiyotni rivojlantirishga, tibbiy xizmat sifatini oshirishga alohida eʼtibor berilmoqda.

Birlashmamizga qarashli muassasalar zamonaviy diagnostika va davolash jihozlari bilan taʼminlanmoqda. Shu kungacha birlashmamizning 55 nafar shifokorlari, shu jumladan uch nafari MDH davlatlarida oʻzlarining kasbiy mahoratlarini oshirish uchun malaka oshirish kurslarida oʻqib qaytdilar.

Bundan tashqari, tuman hokimligining yordami bilan birlashmamizning joriy yilda 1 ta UZD, 2 ta IVL apparatlari bilan taʼminlanganligi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani, 7- va 5-qishloq oilaviy poliklinikalarining joriy taʼmirlangani oʻz navbatida faoliyatimiz samarali boʻlishiga sezilarli taʼsir koʻrsatayapti.

Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanayotgani esa soha xodimlariga faxr-iftixor bagʻishlaydi, oʻz kasbida sidqidildan mehnat qilishga undaydi.

Fursatdan foydalanib, men tumanimizning, yurtimizning barcha tibbiyot xodimlarini mazkur sana – kasb bayramlari bilan qizgʻin tabriklayman, bemorlarga najot bagʻishlayotgan qoʻllaringiz dard koʻrmasin, xalqimizning duosini olib uzoq yashang, deyman.

Endirboy ABDULLAYeV, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori,

Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026