16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:58
👁 2,897

Ezgu maqsadlar bilan

Ezgu maqsadlar bilan

Obodlik - koʻngildan boshlanadi. Qalbimizdagi pok niyatlar bizni ezgu maqsadlarimiz sari yetaklaydi. Maqsadga erishish uchun esa xohish-istak, fidoyilik, sabr-qanoat, qatʼiyat, iroda ham zarurdir.

Oramizda shunday insonlar borki, ular bilan suhbatlashib, hayotiy  fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashib, maʼnaviy ozuqa olasan. Umri davomida qizgʻin mehnat faoliyati, erishgan va erishayotgan yutuqlari haqida eshitib, havas qilasan kishi.

Tumanimizning "Xizr eli” mahallasidagi 46-sonli umumtaʼlim maktabi  direktori Aminboy aka Yoʻldoshev ham ana shunday dilkash, samimiy, halol mehnati ortidan rohatu farogʻat koʻrib yashayotgan insonlardan biri. Uning oilasi bilan tanishar ekanmiz, xonadon egalarining samimiy dil soʻzlari, ochiq chehrasi, totuv hayot kechirishidan diyorimizning ibratli xonadonlaridan biri ekanidan faxr hissini tuydik. Zotan, ahillik, totuv hayot qalbimiz gulshanidir.

Oila tinch boʻlsa, u mustahkam boʻladi. Oilaning tinchligi – shu oiladagi oʻzaro hurmat, hamkorlikda ishlash, ijtimoiy va maʼnaviy omillarga ham bogʻliq.

Aminboy aka ham umr yoʻldoshi bilan bir maktabda ishlab, farzandlarini el-yurt ishiga kamarbasta boʻlishga davʼat etib kelmoqda. Mahallada ham oʻqituvchilar oilasi degan obroʻ-eʼtiborga ega.

Uning umr yoʻldoshi Gulora opa Toʻliyevaning fikricha, farzand tarbiyasida milliy qadriyatlarning oʻrni alohida ahamiyatga ega.

- Bundan tashqari, xalq farzandlarini oʻz farzandingdek sevish, oʻquvchilarga nisbatan talabchan va mehribon boʻlish oʻqituvchilar zimmasiga yuklangan masʼuliyat, - deydi u.

Odamzod dunyoga kelibdiki, yaxshi yashashga, hayot lazzatlaridan imkon boricha toʻlaroq foydalanishga intilib kelgan. Har kim qayerda va qanday yashashi, qayerda ishlashidan  qatʼiy nazar, birinchi navbatda oʻz turmushidan, oʻz ishidan, oʻz yurish-turishidan xursand boʻlishi kerak. Baxtli boʻlishning birinchi sharti ham mana shu.

Obod turmush tushunchasi azaldan tinchlik, osoyishtalik, farovonlik, qut-baraka degan maʼnoni anglatadi. Istiqlol yillarida bu tushunchalar yanada chuqur maʼno-mazmun bilan boyib, Vatan ravnaqi, yurt-tinchligi, biz uchun eng aziz hamda muqaddas boʻlgan qadriyatlarni asrab-avaylashni ham oʻzida mujassam etmoqda.

Aminboy aka Yoʻldoshevlar oilasining har bir aʼzosi ana shunday ezgu maqsad bilan yashaydi.

 

Sharifa RAJABOVA.

Suratda: A.Yoʻldoshev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026