16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:09
Adabiyot 👁 4,143

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

KITOB BERING

Dunyolar tinch boʻlsin, desangiz,

Nur – ziyoga toʻlsin, desangiz.

Koʻp narsani bilsin, desangiz,

Kitob bering bolangizga Siz.

Kitob – bilim oʻrtogʻi, derlar,

Hayotingiz mayogʻi, derlar.

Yoʻlingizning chirogʻi, derlar,

Kitob bering bolangizga Siz.

Farzandingiz dono boʻladi,

Soʻzlarida maʼno boʻladi.

Balki Ibn Sino boʻladi,

Kitob bering bolangizga Siz.

Bilmaganin oʻqib biladi,

Yaxshi, ezgu ishlar qiladi.

Sizga olqish olib keladi,

Kitob bering bolangizga Siz.

Yashnar doim oʻng-u soʻlingiz,

Charogʻondur oydin yoʻlingiz.

Dard koʻrmagay bergan qoʻlingiz,

Kitob bering bolangizga Siz.

Qornimiz toʻq, yupun ustimiz,

Boʻlmaydi hech kam-u koʻstimiz.

Kitob sirdosh, odil doʻstimiz,

Kitob bering bolangizga Siz.

Nasib qilsa, oʻynab-kulasiz,

Faxr-u iftixorga toʻlasiz.

Savob ishni qilgan boʻlasiz,

Kitob bering bolangizga Siz.

Shomurod XOʻJANOV,

Doʻrman ovuli.

ONAJON

Onajon, aylanay qarogʻingizdan,

Oftobda qoraygan yonogʻingizdan.

Koʻzlarimga surtib, oʻzim oʻrgilay,

Mehnatda qabargan qadogʻingizdan.

Bizni ulgʻaytirib, duo qildingiz,

“Boshing toshdan boʻlsin bolam,” – dedingiz.

“Mehnatsiz boylikni koʻzlama zinhor,

Doim boʻlsin noning halol”,– dedingiz.

Bu kun qoʻlingizga hassa boʻlayin.

Oyogʻingiz tolsa, opichlab yuray.

Ona, poyingizga boshimni qoʻyib,

Izingiz gʻuborin koʻzimga suray.

Dunyoning tinchligin koʻzlovchi Sizsiz,

Farzand quvonchi deb qaddi bukiksiz.

Hayot falsafasi koʻzingizda jo,

Moziydan ertaklar soʻzlovchi ustoz.

Siz ona, Siz ustoz, Siz oddiy inson,

Suyagi mehnatda qotgan dehqonim.

Uyim farishtasi, koʻnglim sarvari,

Hovlimni toʻldirgan xushboʻy rayhonim.

Onajon, Siz uchun sheʼr yozmoq boʻldim,

Qalamim soʻz topmay boshini egdi.

“Dunyo tashvishlarin ortmoqlab yurgan,

Onalar buyuk va tabarruk” – dedi.

Goʻzalxon SAFARBOEVA,

13-maktab oʻqituvchisi.

Uctozim

Sinf rahbarim G.Yusupovaga

Oʻrgatdingiz ilmga,

Joyladingiz dilimga.

Quvonaman ustozim,

Foydam tegsa elimga.

Necha yillar oʻtsa ham,

Unutmaymiz aslo, hech.

Doim yodimizdasiz,

Eslaymiz erta-yu kech.

Oʻttiz ikki oʻquvchi,

Sizni qiynadik ancha.

Barchamiz birgalikda,

Rahmat aytamiz qancha.

Koʻrib qolsak baʼzida,

Biz shogirdlar taʼzimda.

Boʻling doim sogʻ-omon,

Sizga boʻlsin sharaf-shon!

Iroda YeRDOShEVA,

38-maktab oʻquvchisi.

RAYHON

Savlat toʻkib boʻylaring,

Olam oʻpar hidlaring.

Men koʻzingni nam koʻrdim,

Rayhon, nega yigʻlading?

Barglaring shamol silab,

Xush boʻying eslab-eslab

Bogʻimga sochilgan dam,

Rayhon, nega yigʻlading?

Iforingga choʻmilgan,

Qara, chamanim kulgan.

Bilsam, rayhon, koʻzingda,

Yosh emas, shabnam ekan!

Maftuna QURBONBOYeVA,

Choykoʻl ovuli.

Yashnasin dunyo!

Oradan oy-u yil, asrlar oʻtar,

Kimlardir tugʻilar, kimlardir ketar,

Kelajak bizlardan ezgulik kutar,

Obodlik, shodlikda yashnasin dunyo!

Tun qaʼrini tilib yulduz uchganda,

Boylik uchun kimdir jonin yoqqanda,

Sheʼrlarida Berdaq bobom aytgandek,

Ayting, yuz yildan soʻng ne boʻlur, dunyo?!

Tun-kun oh chekadi munglugʻ Orolim,

Sahro iskanjasida bagʻri – yarolim,

Qayon ketdi kiyik, saygʻoq, marolim,

Buning oqibati ne boʻlur, dunyo?

Taʼrifingiz yetib eldan-ellarga,

Tariximiz koʻchsin tildan-tillarga,

Koʻz surinsin har qadamda gullarga,

Kamalakka doʻnib ketsin bu dunyo!

Hayotda...

Oltin deganlaring mis boʻlib chiqar,

Gohi ekinlaring puch boʻlib chiqar,

Doʻstim, deb yurganing baʼzida iblis,

Ming bor aldanursan turfa hayotda.

Qarchigʻay ham qasd qilganin ololmas,

Baxt qushi bezsa takror qoʻnolmas,

El ichida hamma yaxshi boʻlolmas,

Yaxshi va yomonlar boʻlur hayotda.

Qalbing yaxshilikning boʻlsin anhori,

Shunda fazilat-u maʼno oqadi.

Yurakka dard solur doʻstning yomoni,

Yor-birodar topa biling hayotda.

Jabborbergan ShOMURODOV,

Qoʻngʻirot tumani.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019