16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:58
Siyosat 👁 4,226

Sogʻlom bola - millat kelajagi

Sogʻlom bola - millat kelajagi

Yurtboshimiz tomonidan "Obod turmush yili” deya eʼlon qilingan 2013-yil ham poyoniga yetmoqda. Koʻngillarimizda olam-olam taassurotlar, quvonchlar, natijalar, yangi-yangi rejalar bilanyangi yilga yuz tutmoqdamiz. Bunday paytda joriy yilda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorliklar, yangidan qad rostlab, foydalanishga topshirilgan maʼmuriy binolar, namunaviy loyiha asosida qurilgan, yurtimiz koʻrkiga-koʻrk qoʻshib turgan hovlilar, qishloq xoʻjaligi sohasidagi yutuqlar, sanoatning rivojlanishi va shular asosida iqtisodiyotimizning yuksalib, chin maʼnodagi obodlikka erishayotganimizdan koʻngillarimiz faxru iftixorga toʻladi.

Ayniqsa aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻibqilish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni nikohga tayyorlash, sogʻlom oila qurish madaniyatini shakllantirish, oilada sogʻlom farzandlar dunyoga kelishiga erishish, ularni jismoniy va maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalash borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ezgu orzular ogʻushida qarshi olishga chogʻlanayotganimiz - yangi yilning "Sogʻlom bola yili” deya nomlanishi joriy yilda farzandlar tarbiyasi borasida amalga oshirilgan ishlarimiz mantiqan davom ettirilishi va yanada yangi pogʻonaga koʻtarilishidan darak beradi.

Yurtboshimiz Asosiy Qonunimiz qabul qilinganligining 21 yilligigabagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi maʼruzasida "Bizning mana shu qisqa – yigirma ikki yillik yangi tariximizda mustaqillikka erishish, milliy davlatchiligimiz, ertangi kunimizni qurishda, yurtimizni turli balo-qazolardan asrashda, Oʻzbekistonimizning rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi, jahon maydonida munosib obroʻ topishida eng asosiy omillar nima, deb soʻrasa, men, boshqa mezonlarni inkor etmagan holda, bir fikrni alohida taʼkidlab aytgan boʻlardim: bu yoʻldagi eng muhim omil – bu ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʻlom, hech kimdan kam boʻlmasdan boshini baland koʻtarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni barpo etishga qodir boʻlgan barkamol avlodimiz, desam, ayni haqiqatni aytgan boʻlaman”, - dedilar yangi yilning nomlanishiga taʼrif berayotirib.

Ha, mamlakatimizda yoshlarni komil insonlar qilib tarbiyalash, farzandlar tarbiya topadigan qutlugʻ maskan – oilalarni mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar oʻz samarasini berayotganini bugun hayot tasdiqlamoqda. Oʻzbekiston dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalik, bolalikni muhofaza qilish borasida yetakchi oʻrinlardan birini egallab turgani, Yunisefning sharqiy Yevropa, Boltiqboʻyi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari boʻyicha ofisi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi dasturlarni joriy qilishda Oʻzbekistonning mintaqadagi namunaviy model sifatida eʼtirof etilgani ham bejiz emas.

Dunyoda bizning xalqimizchalik borini bolasiga ataydigan bolajon xalq boʻlmasa kerak. Ota-onaningeng oliy orzusi - farzandining kamolidir. Yangi yilimizning "Sogʻlom bola yili” deya nomlanishi va shu munosabat bilan davlatimiz qabul qiladigan Dastur farzandlarimiz tarbiyasi borasidagi ishlarimizni yanada yangi bosqichga koʻtaradi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026