16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Iqtisodiyot 👁 3,024

Tadbirkorlik – bugungi dolzarb vazifa

Tadbirkorlik – bugungi dolzarb vazifa

Men yarim asrdan ortiq umrimning katta qismini qishloq xoʻjaligisiz tasavvur qilolmayman. 1978-yilda Xitoy qishlogʻi markazidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabini bitkazishim bilanoq qishloq xoʻjaligiga oʻralashdim va sobiqOxunboboyev nomli kolxozda paxtakor dehqon boʻlib ishlab kelayotgan rahmatlik dadam Yaxshiboy Eshchonovning eng yaqin yordamchisiga aylandim. Dadamdan yer sirlarini va dehqonchilik hadisini oʻrgandim. Dadam bir umr oddiy paxtakor boʻlib ishlab, ziroatchilik ilmini puxta egallagan, bu boradagi tajribalarini barchaga oʻrgatishga harakat qiladigan bagʻrikeng saxiy inson edi.

Keyin oddiy paxtakorlikdan paxtachilik brigadasi ish boshqaruvchisi, soʻngra paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishladim. 1993-yili qishlogʻimizda "Namuna” urugʻchilik xoʻjaligi tashkil etilgach, xoʻjalik boshqaruvi kotibi, 1998-yildan esa yana mazkur xoʻjalikda paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishladim. 2002-yil mart oyidan boshlab esa "Shoʻrqalʼa” fermer xoʻjaligini tashkil etib, to ayni kunlargacha paxtachilikni rivojlantirishga oʻzimning baholi qudrat hissamni qoʻshib kelmoqdaman.

Fermer xoʻjaligimizda har yili paxtadan moʻl hosil yetishtirib kelinadi va oldingi saflarda paxta tayyorlash boʻyicha yillik shartnomaviy rejamizni ortigʻi bilan bajarib kelmoqdamiz. Joriy 2013-yilda 87 gektar paxta maydonidan yillik shartnomaviy rejadagi 181 tonna oʻrniga 210 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini davlat xazinasiga yetkazib berdik. Paxtadan olgan daromadimiz ham 200 million soʻmdan oshib ketdi.

Ona zamin – bizning bitmas tuganmas boyliklarimiz xazinasidir. Faqat ishning koʻzini bilib yerni ishlasak, ekinlarimizni risoladagidek parvarish qilsak ziroatimiz moʻl, daromadlarimiz moʻmay boʻladi. Buni yakunlanayotgan 2013 yishloq xoʻjalik yili natijalari yaqqol koʻrsatib turibdi.

Endilikda faqat paxtaning daromadiga koʻz tikib oʻtirish yaramaydi. Bunday bir nuqtaga tikilib umid qiladigan turgʻun holatlar davri oʻtib ketdi. Oʻzlarimizning ichki rezerv va imkoniyatlarimizni ishga solib, fermer xoʻjaligimizni koʻp tarmoqli xoʻjalikka aylantirish, har bir ishga, har bir ishlab chiqarish quvvatiga, har bir yashirinib yotgan rezerv va imkoniyatlarga ijodiy yondoshib tadbirkorlikni rivojlantirgan holda yangi quvvatlarni ishga tushirish hisobiga yangi ish oʻrinlari yaratish bugungi shiddatkor davrning qatʼiy talabi boʻlib qoldi.

Biz hozirgi kunda oʻz ishimizni mana shu talablar asosida tashkil qilib, bu sohada ham bir qancha yaxshi natijalarga erishmoqdamiz.

Deputatlik faoliyatimga toʻxtaladigan boʻlsam, deputatlik vakolati menga ijtimoiy hayot jarayonlariga yanada chuqurroq kirib borishga, davr nafasini teranroq anglashga, xalqimizning kundalik turmushini, yashash tarzini atroflicha oʻrganish va tahlil qilishga undadi, oilalardagi ogʻizbirchilik, ayniqsa yangi oilalarda tinchlik-totuvlik masalalarini joylardagi oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rahbarlari va mahalla faollari bilan hamkorlikda hal qilish yaxshi samara bermoqda. Negaki oilalardagi ogʻizbirchilik va mehr-oqibat muhiti elimiz tinchligi, osoyishtaligini, farovonligi va obodligini taʼminlaydi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va keng miqyosda rivojlantirish, bu boradagi yangi-yangi loyihalarni amalga oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan ekan, joylarda bu borada hali juda koʻp ishlarni bajarishimiz, shart-sharoitlar va qulayliklar yaratishimiz, tadbirkor boʻlmoqchi boʻlgan kishilarni, ayniqsa yoshlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlashimiz zarur. Buning uchun joylarning oʻzida imkoniyat yaratishimiz, turmushning, aholining talab-ehtiyojlarini yanada chuqurroq oʻrganishimiz, yanada yaxshiroq, yanada farovonroq yashash imkoniyatlarini ishga solishimiz lozim. Negaki, davr, dunyo shiddat bilan rivojlanish yoʻlidan bormoqda. Biz uchun, qolaversa tadbirkorlar uchun davrdan orqada qolish mumkin emas. Aslida bu hayotda har birimiz tadbirkor, ishbilarmon boʻlishimiz kerak.

Men faoliyat olib borayotgan 14-Xitoy saylov okrugida bir qancha tadbirkorlar aholining kundalik hayotlari uchun zarur boʻlgan savdo maishiy va texnikaviy servis xizmatlarini bajarmoqdalar. Masalan, Xitoy qishlogʻi markazida tadbirkor Olimboy Qurbonboyev sholi va bugʻdoy un xarozi ishlatib, aholining hurmatini qozonmoqda. Hayitboy Reyimov va Davlatyor Xolmenovlar oʻz doʻkonlarida aholining kundalik ehtiyoj mollari bilan savdo-sotiq qilmoqdalar. Olimboy Saparboyev va Ergash Hayitboyevlar yengil mashinalar uchun texnikaviy servis xizmati koʻrsatmoqda.

Fermerlarimiz iqtisodiyotimizning bosh tayanchiga aylanayotgan hozirgi kunda fermer xoʻjaliklarini koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirish dolzarb vazifa boʻlib turibdi. "Ashirboyev Aminboy”, "Sobirov Xidirboy”, "Oyjanov Oʻngʻarboy” va oʻzim boshqarayotgan "Shoʻrqalʼa” fermer xoʻjaliklarida paxtachilik, gʻallachilik va pillachilikdan tashqari chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish yoʻlida saʼy-harakat qilinmoqda va dastlabki ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bu natijalar hali davr talabi darajasida emas, albatta. Bu borada amalga oshiradigan koʻlamdor ishlarimiz, ishga solinadigan imkoniyatlarimiz va yangi-yangi loyihalar hali orldinda. Buning uchun belni mahkam bogʻlab, zoʻr gʻayrat-shijoat bilan ishlashimiz kerak.

Jabbor EShChANOV,

"Shoʻrqalʼa” fermer xoʻjaligi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019