16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:53
Salomatlik 👁 5,224

OIV infektsiyasi va kelajak avlod

OIV infektsiyasi va kelajak avlod

Odam immunitet tanqislik virusi (OIV) kasalligi butun dunyoni qora bulut singari egallamoqda. Jahon sogʻlikni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra bugungi kunda jahonda 34 mln. dan ziyod inson OIV infektsiyasi bilan zararlangan. Ilk bor bu xastalik 1981-yilda AQShdagi kasalliklarni nazorat qilish markazi tomonidan qayd qilingan. Bizning Respublikamizda mahalliy aholida mazkur kasallik bilan kasallanish 1989-yilda boshlangan. Bu dahshatli ofatdan har yili dunyoda 3 mln.ga yaqin kishi vafot etyapti, shundan bolalar 600-700 mingni tashkil etadi

Oʻzbekistonda OIV infektsiyasi bilan yashayotganlarning soni 16 mingdan ziyod. Ularning 70 foizini erkaklar, 30 foizini ayollar tashkil qiladi. Bemorlarning aksariyati 20-30 yoshdagilar. Har yili oʻrtacha 2000-2500 nafar yangi kasallanganlar roʻyxatga olinmoqda. Kasallik narkotik moddalarni inʼektsiya qiluvchi shaxslar orasida tez tarqalishi kuzatilmoqda.

Odam OIV bilan zararlangandan keyin kasallikning yashirin davri 3 oydan 10-yilgacha va undan ortiq vaqt davom etadi. OIV infektsiyasi inson organizmida mavjudligi, virusning borligi, ammo kasallik alomatlari hali namoyon boʻlmagan davrda bunday inson virus tashuvchi hisoblanadi. OITS - kasallikning soʻnggi bosqichi boʻlib, bu davrda inson organizmi har qanday kasallikka bardosh berish xususiyatini yoʻqotadi. Bu davr yuqish yoʻllariga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Yashirin davri oʻtgach, kasallikning ayrim belgilari asta-sekin rivojlanadi: jismoniy mehnat qilganda tez charchash, boʻyin, quloq osti, tirsak va chov limfa bezlarining kattalashishi, ishtaha va uyquning buzilishi orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)ning dastlabki belgilari hisoblanadi. Vaqt oʻtishi bilan kishi ozadi, meʼda-ichak faoliyati buzilib, ich ketishi kuzatiladi. Keyinchalik bemorda zotiljam rivojlanib, lab, burun, ogʻiz boʻshligʻi va jinsiy aʼzolar shilliq qavati atrofiga toshmalar toshadi. Bular bir-biri bilan qoʻshilib, yiringli yaraga aylanadi, ular uzoq vaqtgacha tuzalmay, bemorning ahvolini yanada yomonlashtiradi. Bu orada bemordagi himoya vositasi boʻlgan immunitet tobora kuchsizlana boradi. Natijada OITS oʻlim bilan tugaydi.

Kasallikning virusi odamga qondan, erkaklarning shahvatidan, ayollar jinsiy ajralmalaridan, kasallangan onadan bolaga oʻtish yoʻli bilan yuqadi.

Kasallik asosan quyidagi holatlarda yuqadi:

- virus bilan zararlangan qon va qon tarkibiy qismlari quyilganda;

- giyohvand moddani qon tomirlarga yuborayotganda umumiy shprits va ignadan foydalanilganda;

- kasallangan shaxs bilan jinsiy aloqada boʻlganda;

- kasallangan onadan homiladorlik davrida homilaga, tugʻruq jarayonida hamda koʻkrak suti bilan emizganda goʻdakka yuqib qolishi mumkin.

Virus quyidagi holatlarda yuqmaydi:

- qoʻl berib soʻrashganda, oʻpishganda, quchoqlashib koʻrishganda;

- havo tomchi yoʻli bilan - yoʻtalganda, aksirganda;

- kasalxonaga bemorni koʻrgani borganda;

- qon soʻruvchi hasharotlar chaqqanda;

- umumiy hojatxonadan foydalanganda;

- suv havzasi, hammom, vannalardan birgalikda foydalanilganda;

-ichki va ustki kiyim orqali.

Mabodo, oʻzingizga OIV yuqib qoldi, deb oʻylasangiz nima qilish kerak?

Bunday hollarda eng avvalo tushkunlikka tushmasdan, tuman koʻp tarmoqli poliklinikasining yuqumli kasalliklar xonasi, teri-tanosil kasalliklari va ishonch xonasi shifokorlariga murojaat qiling, OIV infektsiyasi boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob topasiz. Bu yerda bemor shaxsini sir saqlagan xolda xizmat koʻrsatiladi. Istasangiz, tegishli laboratoriya tekshiruvidan oʻtishingiz mumkin va barcha xizmatlar bepul.

J.YaVQAShEV.

tuman "Salomatlik markazi” direktori.

(Foto: http://soglom.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019