Madaniyat
👁 974
Qilichboy Madaniyat markazida bayram tadbiri oʻtkazildi

Qilichboy Madaniyat markazida Qurolli kuchlar tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Madaniyat markazi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda Vatanni, qudratli Armiyamiz va jasur yurt himoyachilarini ulugʻlovchi qoʻshiqlar, harbiy-jangovar chiqishlar, dilrabo raqslar ijro etildi.

Bayram dasturida namoyish etilgan sahna koʻrinishlari hamda Vatan madhi tarannum etilgan qoʻshiqlar ona yurtga mehr-muhabbat, milliy armiyamizga faxr-u iftixor hislarini yanada yuksaltirdi.
Vatan himoyachilari sharaflanib, yurt madhi kuylangan tadbir ovul ahlida katta taassurot qoldirdi.

Nasiba Eshchonova,
tuman Madaniyat markazi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶